Mavzu: ipv6 vlan tarmoqlari o‘rtasida marshrutizatsiyani sozlash 1-variant (Aliboyev Umidjon) Ishdan maqsad


Download 0.76 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1342977
Bog'liq
4-lab


Mavzu: IPV6 VLAN TARMOQLARI O‘RTASIDA MARSHRUTIZATSIYANI SOZLASH

1-variant (Aliboyev Umidjon)
Ishdan maqsad: Lokal tarmoqda yaratilgan IPv6 manzillash tizimi asosida VLAN tarmoqlari o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirish va ko`nikmaga ega bo’lish
Nazariy ma’lumotlar
Tarmoqni samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda lokal tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog‘i lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog‘i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta o‘tkazgich yordamida ulangandek bo‘ladi. VLAN tarmog‘i fizik emas, mantiqiy bog‘lanishga asoslangan.
VLAN tarmog‘i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qaerda joylashganligiga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funksiyasi bo‘yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. VLAN dagi qurilma xuddi o‘zining shaxsiy tarmog‘iga ega bo‘lgandek bo‘ladi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo‘lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko‘p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o‘sha VLAN doirasida bo‘ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo‘lmagan stansiyalar paketlarni jo‘natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
VLAN tarmog‘i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli domenni yaratadi. Katta keng eshittirishli domenni kichik tarmoqlarga bo‘lish mmumkin. VLAN tarmoqning samaradorligini oshiradi. bitta VLAN tarmog‘idagi qurilma Ethernet keng eshittirishli kadr uzatsa, bu kadrni ushbu VLAN doirasidagi qurilmalarning barchasi qabul qiladi. Boshqa VLAN dagi qurilmalar bu kadrni qabul qilmaydi. Har xil foydalanuvchi guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN tarmog‘i kirish va xavfsizlikni ta’minlash siyosatini amalga oshiradi:
Xavfsizlik: muhim ma’lumotlarga ega bo‘lgan guruhlarni tarmoqning boshqa qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish extimolligini kamaytiradi;
Xarajatlarni kamaytirish: o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish va qimmat tarmoq inrastrukturalari yangilanishini arzonligi;
Samaradorlikni oshirish: tarmoqni ikkinchi pog‘onada bir nechta mantiqiy guruhlarga bo‘lish (keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi;
Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi: tarmoqni VLANlarga ajratish keng eshittirishli domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi.
Axborot texnologiyalari bo‘limining samaradorligini oshirish: VLAN tarmog‘i tarmoqni boshqarishni soddalashtiradi. Yangi kommutatorni ekspluatatsiyaga kiritishda ko‘rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari VLAN ga tegishli nom bilan tarmoqni funksiyasini tezda aniqlashadi.
Ilova va loyihalarni boshqarishni soddaligi: VLAN tarmog‘i foydalanuvchilar va tarmoq qurilmalarining tarmoqni geografik talabi yoki ishlashi bo‘yicha moslashtirishi uchun birlashtiradi. Amaliy pog‘onada ishlashni va loyihalashni boshqarish funksiyalarni aeratilganligi hisobiga sodda tuzilgan. Masalan bunday amaliy topshiriqqa – o‘qituvchilarni elektron ta’lim olish uchun ilovalarni ishlab chiqish platformasi kiradi.
Ishni bajarish tartibi

Router




Switch0


Switch1

Xulosa
Men bu amaliy ishni bajarish davomida o’zimga kerakli bo’lgan bilim va ko’nikmalarga ega buldim. Bugungi ishni bajarish davomida ipv6 Vlan tarmoqlari o’rtasida marshrutizatsiyani sozlashni o’rgandim. Bunday amaliy ishlar doimo o’zining qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Bugungi ish ajoyib buldi deb uylayman.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling