3– laboratoriya ishi. VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani sozlash
Ishdan maqsad
Lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirish va ishlash tamoyillarini o‘rganish
Topshiriqlar
Tarmoqni tuzing va qurilmalarning bazaviy parametrlarini sozlang
Kommutatorni VLANlarga va trank aloqasiga sozlang
Trank aloqalarni, VLAN tarmoqlarni, marshrutizatsiya va ulanishlarni tekshiring
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Router-on-a-stick (ROS) usuli bilan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyaga yoki 3 – pog‘onadagi kommutatsiyani sozlashdan oldin bunday marshrutizatsiya turi to‘g‘risidagi bilimga va ko‘nikmaga ega bo‘lish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari Siz tashkilotlarda kichik tarmoqlardagi VLANlar o‘rtasidagi interfeyslardagi marshrutizatsiyalarga to‘qnash kelishingiz mumkin. Ishlatilishini soddaligi bilan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani afzallik usullaridan biri eskirgan usul hisoblanadi.
Ushbu laboratoriya ishida bitta marshrutizatorni beshta tarmoq bilan Fast Ethernet interfeysi orqali sozlash kerak bo‘ladi. Kommutatorlarda jami 5 ta VLAN tarmog‘ini sozlash va ushbu VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |