Mavzu: Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnflanishi Mundarija


Download 211.91 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi211.91 Kb.
#1631081
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnflanishi Mu

Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekistonning iqtisodiy
faoliyat va uni turlarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining predmeti: O’zbekiston iqtisodiy faoliyatlari va uning turlarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2ta bob xulosa hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

I BOB. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari


1.1 Iqtisodiyo faoliyat mazmuni mohiyati va turlari
Kishilar yashashlari siyosat, san'at, adabiyot, fan, ma'rifat , ma'daniyat , ta'lim bilan shug‘ullanishlari uchun xayotiy ne'matlarini iste'mol qilishlari qoniqishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat xayotiy vositalar zarur. Xar bir kishi o‘zining kundalik xayotida bir qancha , ya'ni xayotiy extiyojlari -kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ea bo‘lishi, bilim olish kabi extiyojlari uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan , nima xisobiga topishi kerak degan muammolarga duch keladi. Ana shu oldimizda turgan muammolarni yechish va o‘z talablarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda soxalarda faoliyat ko‘rsatadilar.
Iqtisodiyot faoliyati nima?
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib , kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy vositalarini ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan , bir –biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli –tuman faoliyatlarini yaxlit qilib, (birlashtiruvchi iqtisodiy tizim, iqtisodiyot deb ataladi) bir so‘z bilan, iqtisodiy dalil deb ataladi.Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuing uchun iqtisodiyot degani uy-xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari tushunilgan. Xozirda esa iqtisodiyot degani faqat uy xo‘jaligi, ya'ni indivudial xo‘jalikdan , moliya va xususiy xjalik, jamoa, xissadorlik jamiyati, davlat xo‘jaliklaridan, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lib,juda murakkab organizm xisoblanadi. Buning ustiga barcha resurslarimiz pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari , iste'mol tovarlari xammasi cheklangan miqdordadir.Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, axoliningto‘xtovsiz o‘sib boruvchi extiyojlarini qondirish maqsadida erishish, resurslar va maxsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab , turli davrlarda va turli mamakatlarda iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin. Uning quyidagi turlari ajratiladi:
An'anaviy iqtisodiyot
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan
Bozor iqtisodiyoti
Qamrov darajasiga qarab xam iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, jaxon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyoti, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodyoti, oila iqtisodiyoti. Ba'zan ularni yaxlitlashtirib , makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi.
Iqtisodiyotning bu turlari darajali, shakllari, qanday bo‘lishidan qat'iy nazar ularning xammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u xam bo‘lsa, insoniyatning yashashi, ko‘payishi, va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil xayotiy vositalarni yaratib , ularni extiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Xulosa shuki, iqtisodiyot inson xayotining asosini , uning poydevorini tashkil etib, o‘zi esa insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga xam ega emas.
Inosniyatning iqtisodiyotidagi roli uning tabiatidagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi bilan ya'ni ongli ravishda ma'lum maqsadga qarab ijodiy mexnat olish qobiliyati bilan belgilanadi. Inson tomonidan yaratilgan tovarlar, xizmatlarning resurslarining xarakati bo‘yicha iqtisodiyot turli fazalardan- ishlab chiqarish , ayirboshlash , taqsimlash va iste'mol jarayonlarining birlishidan iboratdir. Bularning ichida asosiysi vaboshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki xamma tovarlar va xizmatlar shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarish bo‘lmasa, taqsimlanadaigan ayirboshlanadigan va nixoyot, iste'mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. Shunday qilib tovar va resusrlar xarakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir.
Kishilarning xo‘jalik faolichyati juda murakkab va chalkash turli tuman xodisalar va jarayonlar majmuidan iborat bo‘lib , unda iqtisodiy nazariya to‘rt bosqichni ajratadi: ishlab chiqarish , taqsimot, ayirboshlash va iste'mol. Ishlab chiqarish – bu insonning xayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish jarayonidir.
Taqsimot- xar bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt maxsulot ishlab chiqarishda ishtirok etganligi ulushini (miqdori, proporsiyalar) aniqlash jarayonidir. Ayirboshlash- moddiy ne'matlar va xizmatlarni bir sub'ektdan boshqasiga xarakat qilish jarayoni, ne'matlarni ijtimoiy ayirboshlashni aks ettiruvchi , ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar shaklidir. Istemol- ma'lum extiyojlarni qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish jarayonidir. Bu barcha bosqichlar o‘zaro bog‘liqlikda va o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar.
Maxsulotlar va xizmatlar turli tuman bo‘lishiga, tez ko‘payib borishiga qarmasdan, bu ne'matlar ishlab chiqarish extiyojlarini : jamiyatning ishlab chiqarish extiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan bo‘linadilar: ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlariga.
Shunga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish xam ikki bo‘linmaga bo‘linadi: (ajraladi):
bo‘linma ,ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish
bo‘linma, iste'mol buyumlarini ishlab chiqarish.
Insonlarning extiyojlarini qondiruvchi ne'matlar va xizmatlar ijtimoiy ishlab chiqarishning turli soxalari va tarmoqlarida yaratiladi. “Ijtimoiy ishlab chiqarish” deganda butun jamiyat, ya'ni makroiqtisodiy miqyosda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tushuniladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish bir –biri bilan bog‘liq ikki soxadan iborat:
Moddiy ishlab chiqarish
Nomoddiy ishlab chiqarish.
1.1. 1-rasm

Moddiy ne'matlarni
ishlab chiqarish

Moddiy
ishlab
chiqarish

Moddiy xizmatlarni
ishlab chiqarish



Nomoddiy xizmatlarni
ishlab chiqarish

Nomoddiy
ishlab
chiqarish

Nomoddiy xne'matlarni
ishlab chiqarish

Xizmat ko‘rsatish soxasi

Ijtimoiy ishlab chiqarishning tuzilishi.



Moddiy ishlab chiqarish

Nomoddiy ishlab chiqarish

Moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish

Moddiy xizmatlarni ishlab chiqarish

Nomoddiy xizmatlarni ishlab chiqarish

Nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish.

Ishlab chiqarish uchun moddiy xizmatlarni ishlab chiqarish



Axoli uchun moddiy maishiy xizmatlarini ishlab chiqarish

Ijtimoiy madaniy xizmatlarni ishlab chiqarish

Xizmat ko‘rsatish soxasi.


Ijtimoiy soxa Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo‘lishi kerak. Uning uzluksuzligini takror ishlab chiqarish jarayoni ta'minlab beradi. Takror ishlab chiqarish tabiatan ikki xil bo‘ladi: oddiy va kengaytirilgan. Oddiy takror ishlab chiqarishdan yil sayin yalpi ishlab chiqarish xajmi o‘zgarmaydi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda yil sayin yalpi milliy maxsulot xajmi ortib boradi. Jamiyat taraaqqiyoti uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarish muxim axamiyatga egadir. Yalpi milliy maxsulot qancha ko‘p bo‘lsa, axolining turmush darajasi shunchalik ortib boradi. Yaratilgan yalpi milliymaxsulot bir qismi jamiyat a'xolarining shaxsiy eyoxtiyojiga qolgan qismi ishlab chiqarishni yangilash va rivojlantirish uchun ishlatiladi. Investitsiya tabiatan ikki xil bo‘ladi: yalpi investitsiya va sof investitsiya Yalpi investitsiya –ishlab chiqarishni yangilash uchun yo‘naltirilgan investitsion tovarlardan tashkil topadi.

1.2 Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari va iqtisodiy o’sish


Jamiyat faoliyatining o‘rta muxim jixati bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jaryonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, maxsulotlardan va xizmatlardan iborat xayotiy ne'matlar yaratiladi. Tabiat inomlari va kuchlarini inson extiyojlarini qondirish uchun moslashtirishdan iborat iqtisodiy jarayon-ishlab chiqarish deb ataladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash uchun ishlab chiqarish omillariga (resurslariga) ega bo‘lish zarur. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat'iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mexnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir, lekin ishchi kuchi insonning o‘zi xam ya'ni , uning mexnati xam emas, balki qobiliyatidan iboratdir. Mexnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mex'nat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalarga aytiladi. (mashinalar, stanoklar, tarktorlar, uskunalar va b).
Mexnat predmetlari esa bevosita mexnat ta'sir qiladigan, ya'ni maxsulot tayyorlanadigan narsalardir.(yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mexnat predmetlari tabiatda tayyor xolda uchrashi mumkin, ya'ni oldingi davrdagi mexnat maxsuloti ya'ni xomashyo tarzida bo‘lishi mumkin. Mexnat qurollari va mexnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mexnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi. Shunning uchun xam ishlab chiqarish vositalari xamma ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining xamma bosqichlari uchun xosdir. Xozirgi fan texnika taraqqiyoti davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mexnat predmetlarining axamiyati ortib bormoqda. Materiallarning tabiatda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqiqyotini xamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta'rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani tarixida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etilib kelindi. Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey ishlab chiqarishning 3 omili nazariyasini asoslab ularga yer , kapital va mexnatni kiritgan. Ularning o‘zaro ta'siri asosida ishlab chiqarish voqye ekanligini qayd etgan. K.Marks ta'limoti xam ishlab chiqarishning 3 omili birligidan kelib chiqadi. Keyin ularni ish kuchi , mexnat predmetlari va vositalari deb ataydi. Xozirgi G‘arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani olg‘a surib, ularga yer, kapital, mexnat va nixoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar. Turli nazariya namoyondalari ishlab chiqarish omillarini mavjudligidan kelib chiqadilar, lekin ularga talqin berishda xar xil jixatlarni asos qilib oladilar.
Marksizm ta'limotida mazkur omillarning sotsial shakligi qayta e'tibor beriladi, ularning ekspluatatsiya qositalari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi e'tiborga olinadi. Boshqa ta'limotlarda omillarning umuman ishlab chiqarishdagi o‘rni baxolanib , ularning sotsial shakli nazarga olinmaydi. Mana shu jixat umuminsoniy, uni marksizm xam inkor etmagan. Ishlab chiqarishning umuminsoniy faoliyatiga qaralishi uning shaxsiy insoniy va moddiy ashyoviy omillarini borligini aytib o‘tish kerak. Ish kuchi - bu insonning mexnat qilishiga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Bu qobiliyat soxibi xar bir mexnatga layoqatli kishidir. Jamiyatda mexnatga qobiliyatli kishilar uning resurslarini tashkil etadi.
Axoli uch guruxga ajratiladi.
Mexnat yoshiga yetmaganlar, ya'ni bo‘lg‘usi mexnat resurslari. Bunga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar kiradi.
Mexnat yoshidagilar, ya'ni amaldagi mexnat resurslari. Bunga 16-59 yoshdagilar kiradi.
Mexnat yoshidan chiqqanlar. Bunga 55 yoshdanoshganayollarva 60 yoshdanoshganerkaklarkiradi.
Ish kuchini faqat jismoniy kuch bilan cheklab bo‘lmaydi. Ish kuchi soxiblari bilim, malaka, maxorat va ish tajribasining xam soxiblari bo‘ladilar. Shundagina ular ishlab chiqarish jarayonidagi maxsulot va xizmatlarni yaratuvchi kuch bo‘la oladilar. Ish kuchining miqdoriy va sifatiy o‘lchami bor. Jamiyatning qancha noz-ne'matlar yarat olishi mana shu ikki jixtaga bog‘liqdir. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili xisoblanadi. (chunki inson mexnatsiz, uning ishtirokisiz, eng mukammal mashinalari bo‘lganda xam, tirikchilikning buyumlarini yaratib bo‘lmaydi). Inson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ishlab chiqarish uchun moddiy shart sharoit talab qilinadi. Ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillari xam borki, ularga boyliklar, yaratilgan ashyolar (mexnat predmetlari) va nixoyat mexnat vositalari qurollari kiradi. Ishlab chiqarish xar doim tabiatga tayangan. yer, suv, yer osti boyliklari, o‘rmonlar va boshqalar unga materiallar yetkazib beradi. Uning uchun moddiy sharoit vazifasini o‘tagan. Tabiat in'omi bo‘lgan narsalar qayta ishlanib, ulardan kerakli maxsulotlar olinadi. Ishlab chiqarish omillari ma'lum tizimni tashkil etadi, ular xar xil unsurlardan iborat, bu unsurlar bajaradigan vazifalar bir xil emas. Ular bajaradigan vazifalar bir - biriga moslashgan sharoitda ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Moddyi ashyoviy omillar shaxsiy - insoniy omil bilan birikgan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz beradi. Xayot ne'matlari yaratiladi.
Ular:
1. Moddiy maxsulotlardan
2. xar xil xizmatlardan iborat bo‘ladi.
O’zbеkistоnda so’m mablaq’larini erkin muоmaladagi valyutaga kоnvеrtatsiya qilish tizimi birinchi navbatda xalq istеъmоli mahsulоtlari va ekspоrtbоp tоvarlarni ishlab chiqarish bilan shuq’ullanuvchi, iqtisоdiqtning asоsiy va еtakchi оbъеktlarin rеalizatsiya qilish bilan bоq’liq, xоrijiy invеstоrlarning fоydasining bir qismi va dividеndlarini rеpatriatsiyasi bilan shuq’ullanuvchi kоrxоnalarning (xоrijiy kapital ishtirоkidagi kоrxоnalar ham shular jumlasidan) ehtiqjini qоndirishga yo’naltirilgan.
Inflaytsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o’sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo’lmagan holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Inflatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflatsiyani keltirib chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan hozirgi bosqichda giperinflatsiyaning oldini olish uchun aholi iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. So‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi kerak. Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi oborot miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini xohlagan miqdorda xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish»1 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohalardagi islohotlardan ham asosiy ko‘zlangan maqsad barcha o‘zgarishlarning natijasi va belgisi milliy valutamiz – so‘mimizni mustahkamlash, uni bosqichma-bosqich jahonning kuchli valutalari bilan konvertatsiyalashga, ya’ni erkin almashuviga erishishdir. Pulning baquvvatligiga erishishga qaratilgan davlat dasturlari:

-ichki bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirish;


-davlat xarajatlarini keskin qisqartirish, qat’iy moliya, bank-kredit siyosatini o‘tkazish;
-eksport imkoniyatlarini keskin kuchaytirish;
-ortiqcha pul emissiyasiga, ya’ni pul bilan ta’minlanmagan ortiqcha pul muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
-mamlakatning oltin zaxirasi bilan;
-mamlakatning butun boyligi bilan;
-tovar massasining hajmi va tarkibi orqali;
-talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni tartibga solish orqali;
-narx-navoni tartiblash orqali;
-pul muomalasi qonunidan foydalanish orqali.
So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomilaga chiqarilgan pul miqdorining o’zvaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishig yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak.
Milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valyutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishdir. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek “…milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini, ya’ni konvertatsiyalarni ta’minlash uchun barcha zaruriy shart sharoitlarni yaratish”2 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatinig oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Ishlab chiqarish omillari (xar doim) doimo bir xil bo‘lib turmaydi, ular sifat miqdor jixatdan o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib borpgan sari smurakkab mashinalar asbob uskualar stanoklar vujudga keladi. Shuning uchun, ish kuchi xam yangi , malkasi oshgan, yangi mashinalarni yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish omillari bir- biriga bog‘liq va o‘zaro ta'sirda bo‘ladi, birining o‘zgarishi ikkinchisiga ta'sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta'sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o‘zgarini ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmun va moxiyatini o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish qo‘shilish usuli iqtisodiyot uchun katta axamiyatga ega. Chunki, shunga qarab, uni o‘stiruvchi kuch paydo bo‘ladi.
Ularning qo‘shilishi (birlashuvi) ikki usulda ro‘y beradi:
Bilvosita biriktirish.
Bunda o‘zgaga tegishli moddiy omillar o‘zagning ish kuchi bilan birikadi. Xar ikkala omilning egasi xar xil bo‘ladi. Mexnat bir tamonda bo‘lsa, vositalar ikkinchi tomonda bo‘ladi. Shu sababli ishlab chiqaruvchida manfatdorlik va ma'suliyat kuchsiz bo‘ladi.
Bevosita birikish.
Bundan moddiy va shaxsiy omillar bir qo‘lda bo‘ladi, mulkchilik ularni bir - biridan ajratmaydi. Xam mulk egasi, xam ishlovchi aynan bir shaxs bo‘ladi.
Mulk egasi moddiy- ashyoviy omilni samarali ishlatishdan manfaatdor bo‘ladi. Chunki ishlab chiqarish natijalari uning o‘ziga kiradi. Ishlab chiqarish natijasi uning omillarining birikish usuli bilan chegaralanib bo‘lmaydi. U eng avval omillarning sifatiga , so‘ngra miqdoriga va nixoyat ularning nisbatiga bog‘liqdir. Moddiy - ashyoviy va shaxsiy omillar bir – biriga mos bo‘lgandagina ishlab chiqarish rivojlanadi. Ma'lumki ishlab ichqarilgan maxsulot xarakati ishlab chiqarishdan boshlanib va taqsimlash ayirboshlash bosqichi o‘tib , iste'molga tugallanadi. Ishlab chiqarish jarayoni qay tarzda bo‘lmasin, ya'ni individual tartibdami, korxona va xo‘jalik doirasidami, tarmoq va xudud miqyosidami, qaerda bo‘lmasin, ko‘zlanga maqsad iste'mol uchun tovar va xizmatlar yaratishdir.Jamiyat a'zolarining ishlab chiqarishdagi (bir yillik) faoliyati natijasi - bu yaratilgan barcha maxsulotlar va xizmatlarning majmuidir. U naflik va foydalilik xususiyatlariga ega. Ularning foydali xossalari kishilarning extiyojlarini qondira bilish xususiyati , ega bo‘lsa, foydaliligi naf keltirishdan iboratdir. Jamiyatdagi ijtimoiy , iqtisodiy va boshqa muammolarni xal qilishning aosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa, xech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kelmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot (progress) yuz bermaydi.
Iqtisodiy o‘sish nima?
Iqtisodiy o‘sish deganda kishilarning talab – extiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy maxsulot va xizmatlarni , ya'ni barcha noz- ne'matlarni ishlab chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Moddiy ne'matlarning o‘sishi tushunchasi nafaqat noz- ne'matlarni, balki ishlab chiqarish vositalarini, ya'ni resurslarning ko‘proq ishlab chiqarish degan ma'noni anglatadi. Chunki o‘sish jamiyat a'zolarining joriy iste'molini qondirish bilangina chegaralanmaydi, balki kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi iste'molni qondirish xam mo‘ljallanadi. Ishlab chiqarishf aoliyati jamiyat xayotining birlamchi asosi bo‘lganidan iqtisodiy o‘sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar (chuqur va sifat) iqtisodiy o‘sish sur'atlariga qarab yuz beradi. Ijtimoiy o‘sish real yalpi milliy maxsulotni (YaMM) axoli jon boshiga nisbiy narxlarda taqsimlash yoki jamiyat yalpi ishlab chiqarish xajmi ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy o‘sish mikro va makro ko‘lamda yuz beradi. Mikroiqtisodiy o‘sish xo‘jalik bo‘g‘inlari, firma yoki tarmoq doirasidagi o‘sishni, makroiqtisodiy o‘sish esa jamiyat miqyosidagi. Ya'ni mamlakat miqyosidagi o‘sishni bildiradi.
Iqtisodiy o‘sishning xajmini uning ko‘lami va sur'ati ko‘rsatadi. Iqtisodiyo o‘sish ko‘lami yaratilgan tavar va xizmatlar xajmini bildirsa, uning sur'atlari esa, o‘sish tezligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sishning natijasi jamiyat a'zolarini ta'minlovchi foydali real moddiy ne'matlardir. Aynan ular iqtisodiy o‘sishning xaqiqiy mezonidir. Ijtimoiy taraqqiyotning oliy mezoni ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasidir. Bu mezonga iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi ko‘rsatkichlar muvofiq kelishi kerak. Ular o‘z navbatida statik (statistik ) va dinamik xamda miqdor, sifat ko‘rsatkichlariga egadir.
Iqtisodiy o‘sishning ikki jixati borki, ularni bir –biridan farqlash kerak.
Birinchidan , uning ko‘lami ishlab chiqarish xajmini bildiradi, aniqrog‘i, butun jamityada qancha maxsulotlar va xizmtalar yaratilishi, ularni o‘sishi qanday kishilarda bo‘lishini ko‘rsatadi. O‘sishning ikkinchi tomoni uning sur'atlari bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni nisbiy jixatdan ifodalaydi, mutloq o‘sishda emas balki, o‘sish tezligini ko‘rsatadi. U o‘sish tezligi ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me'yori xam mavjud. Shu sababli yaratilgan maxsulot va xizmatdan miqdoriy ko‘payibgina qolmasdan, o‘z sifati jixatidan talab extiyojni qondirishga qodir bo‘lishi talab etiladi.
Iqtisodiy o‘sishga qarab, jamiyatning iqtisodiy axvoliga baxo berish mumkin.
1.Tabiiyresurslarning miqdori va sifati
2. Mexnat resurslarining miqdori va isfati
3. Asosry kapitalning miqdori va tarkibi
4. Texnologiya darajasi
Mazkur omillar ishlab chiqarishning miqdoran o‘sishini ta'minlovchi taklif omillari deb ataladi. Iqtisodiy o‘sish talab va taklif omillariga bog‘liq. Resurslarning cheklangan bo‘lishi iqtisodiy o‘sishni xam chegaralaydi. Iqtisodiy o‘sish omillarining ishlab chiqarish taraqqiyotidagi axamiyati xar xil. Masalan: Saudi Arabiston - neft, Yaponiya - ishchi kuchi malakasi. Iqtisodiy o‘sishning ikki turi mavjud: ekstensiv va intensiv.
A) Ekstensiv rivojlanishda iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan xolda ishlab chiqarish omillari miqdorini o‘sishi xisobiga maxsulot xajmi ortadi.
Masalan: Iqtisodiy o‘sishning bu turi ishlab chiqarish samaradorligiga olib kelmaydi.
B) Intensiv iqtisodiy o‘sish yo‘lida yaratilgan maxsulot va xizmatlar miqdorini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, resurslardan tejamli foydalanish, fan-texnika yutuqlarini tadbiq etish va mexnat unumdorligini oshirish xisobiga amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Bu yo‘l ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga uzviy bog‘liq. Ishlab chiqarishni intensivlashtirish unga jalb etilgan resurslarning xar qaysi birligidan olinadigan samaradorlik pirovad maxsulot miqdori va sifatining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Samaradorlik ishlab chiqarish natijalarini xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.
Samaradorlik qancha resurs sarflab, qancha va qanday sifatli maxsulotlar va xizmatlar yaratilganini ifodalaydi. Makroiqtisodiyotda ishlab chiqarish samaradorlikga YaMM- pirovad natija bilan o‘lchansa, makroiqtisodiyot miqyosida esa (korxonada) yaratilgan sof maxsulotning yoki fondning maxsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlandi. Garchi iqtisodiy o‘sish samaradorligini intensiv usullar zaminida amalga oshirilganda barqarorlikga erishilsa xam, barqarorlik doimiy tus olmaydi, chunki iqtisodiy o‘sishda uzilishlar xam bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tishlar xam bo‘lib turadi.
Bunday xolat iqtisodiy o‘sishning davriyligi deyiladi.
Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning gox tez sur'atda o‘sishi, gox inflyasiya va baxolar darajasining ko‘tarilib borishi, ya'ni barqarorlik xolatlariningyuz berib turishi iqtisodiy o‘sishning sikli deb ataladi.
Sikl iqtisodiyotning davriy ko‘tarilishi va pasayishi xodisalarini o‘z ichiga oladigan, iqtisodning tebranib turishi bilan tasvirlanadigan tebranma davrdir.
Iqtisodiy sikl xozirgi nazariyalarga ko‘ra 4 bosqichdan iborat:
O‘sish cho‘qqisi;
Pasayish;
Turg‘unlik (depressiya);
Jonlanish.
Shu bosqichlar ketma-ket yuz beradi.
Iqtisodiy o‘sishning asosi moddiy ishlab chiqarishdir. U jamiyatda nafaqat axolining joriy extiyojlarini qondliribgina qolmasdan, shu bilan birga milliy boylikning ko‘payib borishi manbai xamdir.
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning harid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishdamilliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib boorish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshib boradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish zarurki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’yekylarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
So’mning barqarorligini ta’minlashda undan oqilona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi.
Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. Respublikamizda milliy valyutani rivojlantirish va barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyidagi jadval orqali ham ko’rishimiz mumkin
Milliy boylik nima?
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida inson mexnati bilan yaratilgan va butun tarixiy taraqqiyot moboynida jamg‘arib kelinayotgan moddiy va ma'naviy ne'matlar, iste'mol qiymatlarining yig‘indisidir. Millyi boylik jamiyatda axoli turmushi va ma'naviy darajasining negizi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy asosi va pirovad natijasidir.
Millyi boylikni tashkil etadigan moddiy ne'matlarning xosil bo‘lishi jixatidan a) bir qismi inson mexnatining natijasi bo‘lsa, b) ikkinchi qismi ishlab chiqarish jaaryoniga jalb etilgan tabiiy boylik resurslaridan iborat. Tabiiy resruslar jamiyat tasarrufidagi yer, o‘rmon, suv, foydali qazilmalardan iborat. Ular milliy boylik moddiy ne'matlar qismining yaratilishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Millyi boylikning moddiy qismi jamityada avlodlar mexnati, ya'ni ishlab chiqarish va unumli mexnatning natijasidir.
Milliy boylikning o‘ziga xos xususiyatlari:
A) uning mexnat maxsuli ekanligi va ko‘payib borishi.
B) jamg‘arila borish va takror xosil bo‘lishi.
G) muayyan mol-mulk sifatida kishilar tasarrufio‘da bo‘lishidir.
Milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi, uni tashkil etgan qismlarning sifati, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning muxim omilidir, mamlakat iqtisodiy qudratining eng muxim ko‘rsatkichidir. Milliy boylik xajmining ko‘payishi xaq turmush darajasining oshirishi uning muxim shartidir. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida milliy boylik faqat o‘sibgina qolmasdan, yangidan yaratilgan maxsulotlar xisobiga to‘ldirilib va doimo yangilanib boradi. Shu tariqa iqtisodiy taraqqiyotning natijasi yuzaga keladi.
Milliy boylikning bir qismi ishlab chiqarish resurslari sifatida sarflansa, ikkinchi qismi iste'mol vositasi sifatida sarflanadi.
Jamiyat ixtiyoridagi milliy boylik, uning ishlab chiqarish resurslari shu jamiyatning iqtisodiy kuch-quvvatini, ularning iqtisodiy saloxiyatini tashkil qiladi. Iqtisodiy potensial jamiyatning ishlab chiqara olish qobiliyatidir.
Bunday qobiliyat yaratilgan yalpi milliy maxsulotda ishlab chiqarishning pirovard natijasida o‘z ifodasini topadi. Erishilgan iqtisodiy saloxiyat aloxida ishlatilgan saloxiat bo‘lib, uning ishlab chiqarish darajaini bildiradi. Kelajakdagi saloxiyat esa to‘la to‘kis ishlatiladigan saloxiyat bo‘lib, resurslardan maksimal darajada foydalanishni taqazo etadi. Bo‘ljak saloxiyat aloxida erishilgan saloxiyatdan ortiq bo‘ladi. Iqtisodiy potensial quiydagi usullardan iborat: mexnat potensiali , texnika-texnologiya potensiali, ilm-fan (intelektual) va tabiiy saloxiyat mexnat potensiali axolining ishlab chiqarishga layoqatli qismi bo‘lib, uning miqdorini ishga yaroqli kishilar soni tashkil etadi. Sifati esa axolining bilish darajasni, kasbiy va malka tajribasiga bog‘liq. Rivojlangan mamlakatlarda bu usul iqtisodiy o‘sishning ta'minlashdagi xissasi 20-25% ni tashkil etadi. Texnika-texnologiya potensiali jamiyat ixtiyoridagi mashinalar, asbob uskulnalarning miqdori, ularning texnik va texnologiya darajasi va tarkibidan iborat. Tabiiy potensial cheklangant bo‘lib, u yer, suv zaxiralari, o‘rmon va yer osti boyliklari, suv boyliklari, iqlimiy qulayliklardan iborat. Tabiiy resurslarning kamyobligi tufayli vujudga keladigan qiyinchilik va to‘siqlarni texnik – texnologik potensial yordamtda bartaraf etish mumkin. Masalan: Yaponiya tabiiy resusrlarining kamyobligini o‘zining yuksak texnik-texnologik potensiali yordamtda qoplaydi. O‘zbekiston boy tabiiy moddiy va mexnat resurslariga ega. Vazifa bu resurslardan oqilona, tejamkorona va samarali foydalanish kerak.

1.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari


Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish
jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va
faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining
xilma-xil shakllari tizimidir.10 Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va
turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining
kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va
yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli
va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga
solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo
xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdoiqtisodiy bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi,
transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari
xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro
bog’liq masalalrni kompleks hal etish zaruratini anglamoq lozim.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish
mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan
boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga
solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir : - xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning
qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi
davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid
xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi;
BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar,
konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga
solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul
qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk
himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular
jumlasidandir; - tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi –Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi.
Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq,
investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot
almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan
o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro
iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama
maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta
boshladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida
quyidagilarni ajratish mumkin: - maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo; - ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash; - ishlab chiqarishni joylashtirish; - investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar; - axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar; - mehnat resurslari harakati yo’nalishlari.
Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki
mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta
almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi
transport - ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga
aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart.
Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar kiradi:
-xalqaro savdo;
-ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv;
-fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash; mamlakatlar o’rtasidagi
valyuta
moliyaviy hamda kredit aloqalari; kapital va ishchi kuchining harakati;
-xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global
muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar
kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma
korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa
shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.).
Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt: • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi; • sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgаoshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l qo‘yilmаsligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o^ro mаnfааtdorlik; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqkri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri - tashqi savdo bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro
almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishkr (xizmаtlаr)
sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni,
ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshdi. Uni
tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini
oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi
savdo operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u
quyidagilarga ajratiladi:
1. Tayyor maxsulotlar savdosi
2. Yig’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi
3. Barter operatsiyalari
4. Eskirgan uskunalar savdosi
5. Xom-ashyo savdosi
6. Litsenziyalar savdosi
7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.
8. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat
tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish imkoniyatiga egadirlar. Shuni takidlash joizki, xalqaro savdo tashqi
iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlang’ich,
muvofiqlashtiruvchi va ko’paytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy
faoliyatning horijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning
darajasiga bog’liqdir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va
boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.
9. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa
sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya maxsuloti hisoblanadi. Ular ular
davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu
aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi.
Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning
milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar
ayrboshlashida keskin sakrashni tug’dirdi, bu esa davlat munosabatlarining
iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayrboshlash kengayishi va
chuqurlashishiga olib keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha
turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari
o’rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish –iqtisodiy
munosabatlar tizimini tashkil etadi. ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat
iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo,
investitsiyaga oid vamoliyaviy faoliyatini qamrab oladi.
10.Hozirgi jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini
o’stirish, xalq xo’jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirish omillariga aylanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va uni boshqarish mexanizmining
samaradorligi ko’p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar turi - bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining
yo’nalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir. Tovar
oqimining yo’nalishi bilan bog’langan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning
bir mamlakatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib
chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatga olib kirilishini belgilaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy
manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan
bog’langan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga ko’ra tashqi iqtisodiy
aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga
bo’linadi. Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot intellectual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga doir mutloq huquqlar (intellektual mulk) bilan xalqaro ayrboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda
tovar deganda har qanday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan
energiyaning barcha turlari) va ko’chmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo
faoliyatining predmeti bo’lgan havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari
hamda fazoviy ob’yektlar tushuniladi. Xalqaro tashishlar to’g’risidagi
shartnoma chog’ida foydalaniladigan transport vositalari tovar hisoblanmaydi.
Hozirgi davrda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy xususiyatlari sifatida
quyidagilarni qayd etish o’rinli :
Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning
ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi.
Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot
bozorining shakllanishi.
Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va
unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon
tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari),
xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va
integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement)
hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi
mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik
(IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar
davlatlararo savdo,
investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida
ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat
yuritadi.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan
intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat
hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon
xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati
rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoatmoliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish,qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda.
To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari,
texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga
kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtmatakliflar tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa
yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda.
Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab
chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini
yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish
zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar
tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq,
an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq
sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy
— buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan
bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q,
ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor
munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan birbirlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning
mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l
bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish
mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib
topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi.
Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski
iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga
aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish
mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq
ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki
uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor
iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning
milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor
iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy""
Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.'
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan
foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning
amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega.
Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga
juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning
moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori
ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik
o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik
bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida
samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni
erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida)
o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining
o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga
almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy
islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi.Chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor
qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida
shakllantirilishiga o'tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat
nazoratini pasaytirish.
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik
hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat
nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan
Tashqi iqtisodiy faoliyat hajmi tobora ortib bormoqda. U ayniqsa, davlatlar
o’rtasidagi tovar oborotida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda. Unda ichki
bozordagiga nisbatan ko’proq ishtrokchi qatnashmoqda. Xalqaro iqtisodiy
munosabatlar va uning mexanizmi bozor munosabatlarining sohasi sifatida
quyidagi yangi xususiyatlarga ega bo’lmoqda:
- jahon iqtisodiyoti ko’lamining kengayib borishi, ustiga-ustak sotuvchilar va
iste’molchilarning alohida joylashganligi natijasida transport muammosining ortib
borishi;
- ba’zi resurslarning (asosan yer, tabiiy-qazilma boyliklarning) kam harakatliligi va manzilga bog’liqligi. Bunga davlatning aralashuvi ham ta’sir etadi (migratsiya qoidalarini joriy etish, chet elliklarga yer sotish, chet el investitsiyalarini va firmalar faoliyatini cheklash, tashqi savdoda proteksionizmga yo’l qo’yish);
- xalqaro ayrboshlashda milliy valyutadan foydalanishning zarurligi va valyuta
bozoriga bog’liqlik (ayniqsa, valyuta nazorati va uni tartibga solish masalalarida);
- mahsulotlarni xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirishga e’tiborning
ortishi;
- axborot muhiti va uning haqqoniyligiga e’tiborning ortishi. Axborot manbalari,
uni to’plash va qiyoslash uslubiyatida muammolarning yuzaga kelishi, milliy va
xalqaro statistikaga e’tiborning ortishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar unifikatsiya
qilinishiga bo’lgan intilish.
Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va
sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy
to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va
tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga
solish va boshqalar.
3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni
qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy
sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari,
investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini
yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish
va boshqalar.
4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda
xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan
nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan.
Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va
tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni
ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki
u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez
o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki,
ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda
moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi.
Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal
qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri
iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish
chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti
taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash
tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan. Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.

II BOB. O’zbekistonda Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko’rsatkichlari va istiqbollari


2.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi
ko’rsatkichlar.
Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaro
murakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy
hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid
bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizi mining
asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Yalpi ichki mahsulot(YaIM) - bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida
faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard
maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy
maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i,
elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat
turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi.
Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM)
ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda
yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy
shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni
aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning
daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi
xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat
korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm
bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik
ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki,
YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan).
Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus
amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va
qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga
tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi -bu narxlar ana shu
subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy
mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati
uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi,
shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi.
Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining xilmaxilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagona ko’rsatkich orqali
baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlar dan
foydalaniladi:
1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli jon boshiga hisobi.
2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi.
3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish
(ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi).
4. Aholining turmush darajasi va uning sifati.
5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari.
Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon
boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM
rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa
ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda
asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu
mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini
juda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita -mamlakatda
asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati,
darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlari
quyidagilardan iborat:
1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va
turlari bo’yicha);
2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi;
3) Asosiy fondlar qaytimi koeffitsienti;
4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo sarflanadi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning
tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak,
mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy
taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi.
Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir
sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin.
Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay
darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi
orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi.
Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport
kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport
kvotasi esa 25-30%, Yaponiyada 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur
davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning
uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real
eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning
ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga
teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib
chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham
aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik
birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi
chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi
barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati
shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga
keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari
ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator
ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish
mumkin:
• Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
• Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
• Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi
• Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari
• To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari:
• Savdo balasi
• Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi
• Kapital harakati va kredit balansi
• Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobi

Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni


2.1. 1-rasm

Manba: O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.

Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar


savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga
va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar
kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning
nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi
pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p
hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.
Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining
ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib
berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan
ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida
aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi
koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va
tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.
Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan
olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat
bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni
ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik
harajatlari.
Tashqi savdo aylanmasi. Hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat borasida so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019 yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2018 yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta’minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi dinamikasi (mlrd. AQSh doll.)
2.1. 2-rasm

O‘zbekiston Respublikasining TSA dinamikasi tahlili 2019 yilda o‘tgan yilga nisbatan eksport va import hajmlarini o‘sishini ko‘rsatdi. 2017 yilga nisbatan TSA 1,6 barobarga oshdi va import (1,9 barobar) esa eksportga (1,3 barobar) nisbatan tezroq o‘sdi.


O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (yanvar-dekabr, mlrd. AQSh doll.) 2.1. 3-rasm
TSAning uchdan bir qismini MDH davlatlari tashkil etib, so‘nggi yillarga nisbatan kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy munosabatlarning geografiyasi kengayotganidan dalolat bermoqda. Respublikamizda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,6 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 120,0 %ni tashkil etdi. O‘sish sur’atiga ega bo‘lishiga qaramay, MDH davlatlarining ulushi 2018 yilga nisbatan 1,7 foiz punktga kamaygan.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning hajmlari dinamikasi (yanvar-dekabr, mln. AQSh dollari, ulush %da)




2019 yilda boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi MDH davlatlariga nisbatan tezroq o‘sdi (o‘sish sur’ati 129,7 %) va jami TSAdagi ulushi 65,4 %ni tashkil etdi. Xususan, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlar bilan TSAda so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatildi. Misol uchun, so‘nggi uch yilda TSA Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan 3 barobarga hamda Tojikiston va Qozog‘iston bilan 2 barobarga oshgan. Afg‘oniston bilan tashqi savdo aylanmasi yiliga 600 mln. AQSh dollari darajasida saqlanib qolmoqda. Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilganini mamlakatning tashqi savdodagi faoliyatini ijobiy natija sifatida baholash mumkin. Boshqa davlatlar (qo‘shni davlatlardan tashqari) bilan esa TSAda eng yuqori ulush Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya va Germaniya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy hamkor-davlatlar qatorida Eron va Fransiya bilan faol tashqi savdo balansi ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasining yirik hamkor-davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (yanvar-dekabr, mln. AQSh. dollari)

2.1.1-jadval



Davlatlar

2017-yil

2018-yil

2019-yil

Xitoy Xalq Respublikasi

4 754,2

6 433,5

7 620,9

Eksport

2 025,5

2 875,4

2 519,0

Import

2 728,7

3 558,1

5 101,9

Saldo

-703,2

-682,7

-2 582,9

Rossiya Federatsiyasi

4 728,7

5 655,9

6 626,9

Eksport

2 019,2

2 117,3

2 492,5

Import

2 709,5

3 538,6

4 134,4

Saldo

-690,3

-1 421,3

-1 641,9

Qozog‘iston

2 055,8

2 919,6

3 367,7

Eksport

1 057,6

1 352,2

1 429,7

Import

998,2

1 567,4

1 938,0

Saldo

59,4

-215,2

-508,3

Koreya Respublikasi

1 387,6

2 159,2

2 755,4

Eksport

143,3

108,7

93,6

Import

1 244,3

2 050,5

2 661,8

Saldo

-1 100,9

-1 941,8

-2 568,2

Turkiya

1 552,5

2 057,6

2 525,2

Eksport

877,8

944,8

1 203,6

Import

674,7

1 112,8

1 321,6

Saldo

203,1

-168,0

-118,0

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har


tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan
ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr
mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va
moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar
jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining
nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi
iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda,
mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga
muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar
va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta
zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va
notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi.
Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va
tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini
ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy
holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida
mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo
saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u
salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi.

2.2 O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish istiqbollari


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`z tashqi siyosatini o`zi belgilash
uchun keng imkoniyatga ega bo`ldi. O`tgan yillar davomida milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini
mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari
belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro
tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o`rin tutadi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan
yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O`zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi
O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy
asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O`zbekiston Republikasi
Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning
daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa
qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish,
hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib
chiqishi mumkin”. O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda
huquqiy normalar asosida o`z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida
davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi.
Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy
harakatlantiruvchi kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosati
tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda ko`rish mumkin:
1. O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda
jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi.

2. O`zbekiston Respublikasi o`z iqtisodiy munosabatlarini ikki


tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar
ustuvorligini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratdi.
3. O`zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning
global va mintaqaviy tizimlariga faol qo`shilib, mamlakatda tinchlikni,
barqarorlikni ta’minlamoqda.

4. O`zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan


ijobiy hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o`z nufuzini oshirib bormoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan Oʻzbekiston


Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi.
“Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish,
biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo
faoliyatini samarali tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish
yakuniy koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat
boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga
solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni
qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan:
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini
kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab-
quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va
boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini
muvofiqlashtirish; tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.

Download 211.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling