Mavzu: Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnflanishi Mundarija
Download 211.91 Kb.
|
Mavzu Iqtisodiy faoliyat turlarining sektorlama tasnflanishi Mu
Eksport. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni
qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar sonini 5895 taga yetkazdi va ular tomonidan 17,9 mlrd. AQSh dollari qiymatdagi (2018 yilga nisbatan o‘sish 28,0%) tovar va xizmatlar eksport qilinishini ta’minladi. Eksport tarkibi(2019 yil yanvar-dekabr, ulushi%) 2.2. 1-diagramma Eksport tarkibida tovarlar ulushi 80,1 %ni tashkil etib, ular asosan qimmatbaho metallar (kumush bilan birga 28,2 %), energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (14,1 %), to‘qimachilik buyumlari (9,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,5 %, aksariyat meva-sabzavot – 6,7 %), rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar (5,3 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga eksportning yo‘nalishi bo‘yicha farqlanishlar 29,1 mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, MDH mamlakatlariga eksportning 80 % xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, keyingi o‘rinlarda eksport hajmi bo‘yicha energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (asosan tabiiy gaz) hamda meva-savzavot va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda. MDH mamlakatlari yo‘nalishiga mashina va asbob-uskunalar, qora va rangli metallar, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti nisbatan tezroq o‘sdi, faqatgina paxta tolasi eksportida pasayish kuzatildi. 2019 yilda eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilga nisbatan, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari hamda kimyo mahsulotlari va buyumlaridan tashqari barcha tovar va xizmatlarda o‘sish kuzatilgan Eksportningvalyutasamaradorligiko’rsatkichi, tashqibozordagitovarlar savdosidantushganvalyutadagisofdaromadvadavlatninguniishlabchiqarishga vatransportharajatlarigasarflaganharajatlarinisbatini, shuningdek, agartovarlar kreditgasotilganbo’lsakreditkoeffitsientita’sirihisobgaolinganholdaularning nisbatiniifodalaydi. Odatdamaxsulotlarkreditgasotilgandaeksportsamaradorligi pasayadi, ammousiztashqibozordatovarlarnirealizatsiyaqilish, pullashko’p hollardaanchamushkul, ba’zihollardaesaumumanilojiyo’q. MDH va boshqa davlatlarga eksport tarkibi(2019 yil yanvar-dekabr) 2.2. 1- jadval Import. Respublikada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalgaoshirilayotganislohotlarimportnikeskinoshibketishigayo‘lqo‘ymadi. Shu bilan birga, mamlakatga kiritilayotgan salmoqli investitsiyalar natijasida so‘nggi yillarda import hajmi oshib kelayotganligini kuzatish mumkin. Jumladan, hisobot davrida import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollarni (2018 yilga nisbatan 124,9 %) tashkil etib, valyutani erkinlashtirish boshlangan davrga nisbatan 1,7 barobarga oshgan. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari (43,8 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,2 %) hamda xizmatlar (10,0 %) hisobiga to‘g‘ri keldi. Import tarkibi(2019 yil yanvar-dekabr, ulushi%) 2.2.2-diagramma Import tarkibi (2019 yil yanvar-dekabr, ulush %) 2-diogramma15 2019 yilda import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2018 yilga nisbatan mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari importining ulushi 36,1 % dan 43,8 % gacha o‘sdi, oziq-ovqat mahsulotlari va kimyo mahsulotlari importining ulushi esa 9,1 % dan 7,8 %ga va 15,3 %dan 13,2%ga kamaydi. Umuman olganda, barcha mahsulotlarda o‘sish kuzatilishiga qaramasdan, ularning (mashina va asbob-uskunalardan tashqari) jami importdagi ulushi pasaymoqda. So‘nggi uch yildagi umumiy import hajmining o‘sishi (1,7 barobar) fonida xizmatlar importining mutloq o‘sishiga qaramasdan (1,2 barobar) uning jami importdagi ulushi kamaymoqda (4,1 foiz punkt). Oziq-ovqat mahsulotlarining importi hajmlarining o‘sishiga shakar xomashyosi (6,1 barobar o‘sish), kakao, un va qandolat mahsulotlari (va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) (1,7 barobar), sitrus (2,2 barobar) hamda go‘sht va sub oziq-ovqat mahsulotlari(2,1 barobar) importi ta’sir qilgan. Energiya tashuvchi va neft mahsulotlari importi oshishiga esa qayta ishlangan neft mahsuloti importining oshganligi (125 barobar) bevosita ta’sir etgan. Qishloq xo‘jaligi uchun mashina va asbob-uskunalar (90 barobar), avtomobillar uchun uskuna va ehtiyot qismlar (87 barobar), ekskovator va buldozerlar (119 barobar) hamda tibbiy asbob va moslamalarning (146 barobar) nisbatan yuqori o‘sishi hisobiga jami import hajmini oshishiga olib kelgan.Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti. Xulosa
Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi. O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi. O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi; O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi: Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o`sishi kuzatildi. O`zbekiston rivojlanga va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada rivojlanga va MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq. O`zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O’zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, O’zbekiston-Janubiy Koreya, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim; Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur. Sharqiy Osiyo davlatlari bilan investitsion hamkorlik ham yildan-yilga rivojlanmoqda. O`zbekistonga kiritilayotgan sarmoyaning katta qismi aynan shu davlatlar mablag`lariga to`g`ri kelmoqda. Masalan, 2019-yilning oxiriga kelib, Yaponiyaning mamlakatimizga kiritgan sarmoyasi 2,3 milliard AQSH dollarini, Xitoy Xalq Respublikasining sarmoyasi 4 milliard AQSH dollarini, Koreya Respublikasining sarmoyasi hajmi 5 milliard AQSH dollaridan oshdi. 2000-yildan 2019-yilga qadar o`zaro tovar ayirboshlash hajmi o`sishi kuzatildi. Demak, savdo aylanma hajmi yildan-yilga o`sib, yanada barqaror tus olmoqda. O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko`lami MDH mamlakatlari ichida eng yuqoriligi qayd etildi: savdo aylanmasi 2000-yilda 100 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo`lsa, 2019-yilga kelib 6,6 mlrd AQSH dollariga yetdi. Bu O`zbekiston va Rossiya o`rtasida savdo aylanmasi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini bildiradi. Bugungi kunda O`zbekistonning rivojlangan vaMDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: O`zbekiston va rivojlangan mamlakatlar uchun manfaatli bo`lgan yuqori samarali ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo`llabquvvatlash va ularni rag`batlantirish; Rivojlangan va MDH mamlakatlar investorlarini to`laqonli axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to`g`risida ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo`yicha viloyatlarning investitsiya salohiyati bo`yicha veb-sayt tashkil etish, shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar ko`lamini yanada kengaytirish; Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo`yicha o`quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar hududidagi qo`shma korxonalarga (O`zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, O`zbekiston-Janubiy Koreya, O`zbekiston-Rossiya, O`zbekiston-Qozog’iston,) sayohat va ekskursiyalar tashkil etish; Bu kabi tadbirlar O`zbekiston rivojlangan mamlakatlar o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.- T.:O’zbekiston, 2017-yil 2.O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat” to’g’risida (yangi tahriri)gi qonuni. 26.05.2000 yil 3.O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni. 4. I.A.Hamedov, A.M.Alimov. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari. – T. O’zbekiston, 2008. 5. Taraqqiyot va hamkorlik yo’llarida: O’zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasi. –T.:O’zbekiston, 1993. –376 b. 6. G.G’.Nazarova, Z.M.Iminov. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy 7. Shodmonov I.Alimov. R.Jo‘raev T. “Iqtisodiyot nazariyasi ” T. 2002y. 2.16-boblar. 8. Shodmonov I. Jo‘raev T. “Iqtisodiyot nazariyasi” T. 2000y. 7,13-boblar 9. “Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T.Universitet 2002 y. 7-13- boblar 10. N.Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob. 11. O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar. Internet saytlari 1. http://www.press-service.uz/uz/news/archive/ 2. http://mfa.uz/uzb/hujjatlar/vaz mahk/ 3. http://www.stat.uz 4. http://www.lex.uz 5. http://www.uza.uz 6. http://finless.ru 7. http://www.mof.go.jp Download 211.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling