Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton kpnstruksiyalar texnologiyasi


Download 30.61 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi30.61 Kb.
#1239210
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton kpnstruksiyalar texnologiyas-fayllar.org


Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton kpnstruksiyalar texnologiyasi

OLDINDAN ZO‘RIQTIRILGAN TEMIR-BETON KPNSTRUKSIYALAR TEXNOLOGIYASI

2
+


2
+

FANIDAN TAQDIMOT ISH



Bajardi S12-19 YTB,BK, GURUG TALABASI: I.Umarov
Qabul qildi: X.MAMATOV
FARG‘ONA 2022 YIL

Oldindan zo‘riqtirilgan temir-betondan foydalanish sohalari

2
+


2
+

Temirbeton XXI asrning asosiy qurilish materiallaridan bo‘lib dunyodagi soxa olimlarining e’tiborini qozonib bormoqda. Olimlar o‘z xoxishlariga ko‘ra xossalarini o‘zgartira oladigan sun’iy tosh – betonni yaratib, uning egilishdagi past bo‘lgan mustahkamlik kabi kamchiligining xam oldini olish echimini topganlar. Garchi metall armaturadan foydalanilganda beton buzilmasa ham u darz ketish xossastga ega. Bu esa undan bino va inshootlarda foydalanish vaqtida salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tayyorlash yoki qurilish vaqtida konstruksiyada zo‘riqish xolatini, ya’ni betonda ekspluatatsiya vaqtidagi yukka qarama-qarshi zo‘riqish belgisini hosil qilish XX asr injenerlik tafakkurining eng yirik yutuqlaridan biridir. Bu konsepsiyaning boshida Ejen Freyssine (Fransiya) i Viktor Vasilьevich Mixaylov (Rossiya) turar edilar. 1936 yili V.V. Mixaylovning dissertatsiya ximoyasida uch opponentdan ikkitasi ushbu usulga qarshi bo‘lishgan. Armaturani tortib, keyin konstruksiyaga xisobiy yuklanishni qo‘yish mumkinligi, konstruksiya bu xolatda ishlay olishi va konstruksiyaning cho‘ziladigan zonasida darzlar yuk ko‘tara olish chegarasigacha hosil bo‘lmasligi o‘sha davrning taniqli olimlar uchun ham tushunish qiyin bo‘lgan. V.V. Mixaylov ochiq munozara vaqtida etakchi olimlarni o‘zining xaqligiga ishontira olgan. Oldindan zo‘riqtirishning ba’zi turlari xar hil fikr va muloxazalarga ko‘ra xanuzgacha gumonlar ostidadir. Misol uchun Germaniyada armaturani tortish orqali temirbeton ko‘priklarini segmentli yig‘ish taqiqlangan. Faqat yaqindagina ko‘prik konstruksiyalarida zo‘riqtiriluvchi armaturani betondan tashqarida foydalanish ruxsat etilgan. Yigirmanchi asrning 60- yillari yig‘ma temir-beton, shu jumladan oldindan zo‘riqtirilgan yig‘ma temirbeton sanoatining gurkirab rivojlanishini ko‘rsatdi. SHu vaqtda olimlar va mutaxasislar tomonidan oldindan zo‘riqtirilgan temir-betonni xisoblash, loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha ko‘pgina normativtexnik xujjat va adabiyotlar ishlab chiqildi. Bu esa temirbeton ishlab chiqarish sanoatida yagi yo‘nalishning rivojlanishiga samarali va ishonchli zamin bo‘lib xizmat qiladi.

2
+



Download 30.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling