Mavzu: Iqtisodiy inqirozlar tarixi Reja
-yil. Jahon moliyaviy inqirozi
Download 178.02 Kb.
|
Iqtisodiy inqirozlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY INQIROZI MOHIYATI
20. 1987-yil. Jahon moliyaviy inqirozi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1987-yil 19-oktyabrda boʻlib oʻtgan navbatdagi “qora dushanba” (Black Monday). Ushbu kuni fond bozorida Dou-Jons indeksi 22,6 foizga pasayib ketgan edi. Bunday holat nafaqat AQSHni, balki jahon mamlakatlariga ham tarqalib ulguradi. AQSHdan keyin Avstraliya, Kanada va Gongkong fond bozorlarida keskin pasayishlar namoyon boʻla boshlaydi. Xususan, oktyabr oxiriga kelib Avstraliya fond birjasida – 41,8 foiz, Kanadada – 22,5%, Gonkongda – 26,4% pasayish kuzatildi. Standard & Poors 500 global indeksi 22% ga, Gongkong birjasida Xang Seng indeksi esa, 420 punktga pasayib ketdi.Fond bozorida vujudga kelgan bunday holatni birja mutaxassislari gʻayri odatiy hol sifatida baholagan edilar. Ammo bunday tushkunlik iqtisodiy va siyosiy larzalarsiz kechganligi diqqatlidir. Mutaxassislar fond bozorida vujudga kelgan inqirozga bosh sabab sifatida dasturiy treyding (Program Trading), nolikvidlilik va bozor psixologiyasini haddan tashqari ortiqcha baholab yuborilganligi oqibatida yuz berganligini taʼkidlashadi.
Treyding dasturi fond bozoridagi arbitraj va xedj bitimlarni avtomatik tarzda belgilashga moʻljallangan edi.Oʻz-oʻzidan ushbu dastur bozorning barcha qonun va qoidalarini hisobga olmaganligi va texnik kamchiliklarga ega ekanligini namoyon etgan edi. Kompyuter dasturi oʻsha paytlarda fond bozoriga kelib tushgan katta hajmdagi buyurtmalarni va axborotlarni qayta ishlashga ojizlik qilgan.Shu bilan birga inqiroz zamonaviy iqtisodiy nazariyaning koʻplab muhim farazlariga ham soya solishga ulgurdi. Bularga: insonning ratsional qaror qabul qilish nazariyasi; bozor muvozanati va bozorning iqtisodiyotni tartibga solish imkoniyati bilan bogʻliq gipotezalar va h.k. IQTISODIY INQIROZI MOHIYATIIqtisodiy inqiroz - bir mamlakat yoki jamoaning mamlakat iqtisodiyotining keskin, ba'zan tik yomonlashishi. Uning belgilari - sanoat munosabatlarining buzilishi, ishsizlikning oshishi, korxonalar bankrotligi, umumiy pasayishi. Natijada - turmush darajasi va farovonligini pasayishi.Iqtisodiy inqirozni rivojlantirish talab nisbatan tovarlar, xolislik qabul sharoitlari, ommaviy ishdan va boshqa zarba ijtimoiy-iqtisodiy tabiati o'zgarishlar haddan namoyon. Download 178.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling