Mavzu: Iqtisodiy inqirozlar tarixi Reja
-1958 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi
Download 178.02 Kb.
|
Iqtisodiy inqirozlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18. 1973-1975 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi.
17. 1957-1958 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi inqiroz 20-asrning 1957-58 yillarida qayd etiladi. Inqiroz AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Belgiya, Gollandiya va boshqa koʻplab mamlakatlarni qamrab olgan boʻlib, 1958-yilning oʻrtalariga qadar davom etgan. Inqirozning kelib chiqishiga oʻsha paytdagi ortiqcha ishlab chiqarish, mustamlakachilik tizimlarining barbod boʻlishi, neft narxining koʻtarilishi qaysidir maʼnoda taʼsir koʻrsatgan ekan. Manbalarning qayd etishicha, inqirozning kurtaklari 1956-yilda Isroil, Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlarining oʻzaro ittifoqchiligi asosida Misr davlatiga boshlagan xurujidan boshlangan.AQSHda koʻplab temir yoʻl kompaniyalarning ommaviy bankrotga uchrashi natijasida qimmatli qogʻozlar bozori jiddiy tanazzulga uchragan. Fond bozoridagi beqarorlik bank tizimiga ham oʻz taʼsiri oʻtkazgan. Inqirozning toʻlqini Yevropa mamlakatlaridan Lotin Amerikasiga oʻtib, ushbu mintaqada ham koʻplab mamlakatlar iqtisodiyotiga zarar yetkazgan.
Tarixning guvohlik berishicha, inqiroz davrida AQSHda choʻyan ishlab chiqarish hajmi – 20 %ga, paxta isteʼmoli hajmi – 27 foizga pasayib ketgan ekan. Buyuk Britaniyada eng koʻp talofat koʻrgan tarmoqlardan biri – kemasozlik sanoati boʻlgan ekan. Inqiroz hukm surgan davrda ishlab chiqarish hajmi 26 foizga pasayib ketganligi qayd etiladi. Shuningdek, Germaniyada choʻyan isteʼmoli hajmi 25 foizga, Fransiyada choʻyan va paxta isteʼmoli hajmi 13 foizga, Rossiyada ham choʻyanni eritish sanoati 17 foizga va paxtani qayta ishlash sanoati oʻrtacha 14 foizga pasayib ketgan edi. 18. 1973-1975 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi. Neft inqirozi. Ushbu yillarda sodir boʻlgan mazkur inqiroz ham “Buyuk depressiya”ga oʻxshagan holda, dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy putur yetkazgan. 1973-yilning oxirgi oylarida AQSHda boshlangan ushbu inqirozning koʻlami, uning davomiyligi va dunyo mamlakatlarining oʻz domiga tortganligi bilan 1957-1958-yilda boʻlib oʻtgan inqirozga qaraganda ancha jiddiyligi va 1929-1933-yillarda sodir boʻlgan inqirozga yaqinligi bilan xarakterlanadi. Statistik raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, inqiroz davrida AQSHda sanoat ishlab chiqarish hajmi 13 foizga, Yaponiyada – 20 %, GFRda – 22 %, Buyuk Britaniyada – 10 %, Fransiyada – 13 % va Italiyada – 14 foizga qisqargan edi. 1973-yilning dekabrdan va 1974-yilning dekabriga qadar, yaʼni bir yilning ichida aksiyalar kursi AQSH da – 33%, Yaponiyada – 17 %, GFR da – 10 %, Buyuk Britaniyada – 56 %, Fransiyada – 33 % va Italiyada 28 foizga pasayib ketadi.1974-yilda 1973-yilga nisbatan bankrot boʻlgan korxonalar soni AQSHda 6 %, Yaponiyada – 42 %, GFR – 40 %, Buyuk Britaniyada – 47 %, Fransiyada – 27 %ga oshib, “Buyuk depressiya” vaqtida yuz bergan statistik raqamlarga qariyb yaqinlashib qolgan edi. 1975-yilning oʻrtalariga kelib barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ishsizlarning umumiy soni 15 mln. kishini tashkil qilgan edi. Shu bilan birga 10 mln.dan ziyod ishchilar toʻliqsiz ish vaqti rejimiga oʻtkazilgan edi. AQSHlarida boshlangan mazkur inqirozning kelib chiqishiga bosh sabablardan biri sifatida neftni eksport qiladigan davlatlarning Gʻarb davlatlariga nisbatan qoʻllagan “neft embargosi” taʼsir koʻrsatgan edi. 1973-yilning 17-oktyabrida OPEKka aʼzo boʻlgan barcha arab mamlakatlari, shuningdek Misr va Suriya davlati oktyabr oyida (tarixda “oktyabr urushi” deyiladi) Isroil Respublikasi tomonidan Misr va Suriyaga qarshi boshlagan urushda Isroilni qoʻllab-quvvatlagan bacha davlatlarga neft yetkazib berishni toʻxtatish bilan bogʻliq qarorni qabul qiladi. Bu, asosan oʻsha paytda Isroilni qattiq qoʻllab-quvvatlagan (hozir ham davom etmoqda) AQSH va Yevropaga qaratilgan edi. Ular oʻzaro kelishilgan holda neft qazib chiqarishni keskin qisqatiradilar va neftning narxi 67 foizga koʻtarilib ketishiga olib keladi. Qiymat koʻrinishida neftning narxi 3 AQSH dollaridan 5 dollarga koʻtariladi. 1974-yilning oxiriga kelib neftning narxi 12 AQSH dollariga koʻtarilgan ekan. Buning oqibatida koʻpgina nufuzli banklar neftdollari bilan faol ishlay boshlaydilar. Mana shu kezlarda yevrodollar bozori vujudga keladi va xalqaro kredit bozorida ajiotaj boshlanib ketadi. Oʻsha paytda AQSHning koʻplab banklarining kapitallari va bizneslari hududdan tashqarida yoyilib ketgan edi. Oʻsha paytdagi Amerika Prezidenti Richard Nikson xalqiga murojaat qilib, yoqilgʻini iloji boricha tejab ishlatishni, avtomobillardan foydalanishni qisqartirishni, aviakompaniyalardan esa, imkon qadar reyslarni minimallashtirishni talab etadi. Atrof muhitni himoya qiladigan agentlik vaqtinchalik koʻmirdan foydalanish boʻyicha cheklovni bekor qiladi.Yuqorida taʼkidlanganidek, embargo natijasida Yevropada ham sanoat qattiq zarbaga uchraydi.Ammo “neft embargosi” SSSR deb atalmish katta davlatga qoʻl kelgan edi. Shunda SSSR Gʻarb davlatlariga neft yetkazib beradigan yirik eksportyorga aylanadi. Ikki yilda neft eksporti hajmi 17 foizdan 31 foizga koʻtarilib, “qora oltin” eksportidan byudjetga tushadigan daromad 4-martaga kengayadi. Bunday valyuta tushumini SSSR iqtisodiyoti hali koʻrmagan edi. 1970-yildan 1980-yilga qadar valyuta tushumi 15-martaga oshadi. 1984-yilga kelib SSSRdan Yevropaga eksport qilinayotgan neftning hajmi bir yilda 180 mln.tonnani tashkil qiladi. Tahlilchilarning mulohazalariga koʻra, SSSRning ushbu “qora oltin”ga, yaʼni xom ashyo resurslarini ishlab chiqarishga bogʻlanib qolganligi oxir-oqibatda davlatni nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy jihatdan jar yoqasiga olib keladi. Koʻplab sohalarda, ayniqsa xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda disbalans yuzaga kelib, katta miqdorda tovarlarning yetishmasligi (defitsit) vujudga keladi. Download 178.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling