Mavzu: Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim


Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish tartibi tushunchasi va uning ahamiyati


Download 24.82 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi24.82 Kb.
#1492669
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi

2.1. Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish tartibi tushunchasi va uning ahamiyati.
Ba’zi toifadagi nizolar yuzasidan manfaatdor shaxslar sudga murojaat qilishdan oldin nizolarni kelishuv asosida hal etish uchun tegishli choratadbirlarni amalga oshirishi, boshqacha qilib aytganda, nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilishi lozim.
Masalan: FKning 551-moddasiga ko‘ra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga o‘z majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli.
Sudgacha nizoni hal qilish turlaridan biri talabnoma hisoblanadi. Shartnoma taraflaridan biri tomonidan boshqa tarafning o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarilmaganligi yuzasidan unga talabnoma yuborish orqali o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi va buzilgan mulkiy huquqlarini tiklashni talab qiladi.
Talabnoma (lot. raetensio - talab) – bu kreditorning qarzdorga nisbatan qarzdorlikni to‘lash, zararni qoplash, mahsulotning, bajarilgan ishlarning va ko‘rsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini bartaraf etish haqidagi talabidir.
Sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilish qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollardagina majburiy hisoblanadi.
Izoh: IPKning 148-moddasi birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sud manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina iqtisodiy sudda ish qo‘zg‘atish mumkin. Bunday tartib, xususan O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi, “Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan. Nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi da’vogar uchun faqat qonun va shartnomada belgilangan hollarda majburiy ekanligini nazarda tutish lozim. Agar u nizomlar, qoidalar va boshqa qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa ham qonunda ularni qo‘llash haqidagi havola normalari belgilangan hollardan tashqari unga rioya qilish taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi. Agar shartnomada taraflar tomonidan kelib chiqqan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish haqidagi shart nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo nizoni hal etish tartibi belgilanmagan bo‘lsa, bu holda nizoni talabnoma yuborish yo‘li bilan hal etish tartibi majburiy hisoblanmaydi. Ishlarning prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilishi talabnoma yuborish tartibiga rioya qilinganligidan qat’i nazar, amalga oshirilishini e’tiborga olish lozim.
Qonun bo‘yicha, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasiga ko‘ra soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan, jismoniy shaxslarga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa, o‘ttiz kundan kechiktirmasdan yuboriladigan, soliq to‘lovchi majburiyatini bajarishi zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risidagi talabnoma kiradi.

Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling