Mavzu: Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim
Download 24.82 Kb.
|
Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmaslikning oqibatlari
Masalan, da’vogar “K” MChJ iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hisobidan 6 569 000 so‘m zararni undirib berishni so‘ragan. Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, “K” MChJ yuk jo‘natuvchi nomidan “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan talabnoma bilan murojaat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi 1993 yil 18 iyunda qo‘shilgan “Xalqaro temiryo‘lda yuk xabarnomasi to‘g‘risida”gi Kelishuvning 5-bandiga ko‘ra, agar talabnoma yuk jo‘natuvchi yoki yukni qabul qiluvchining nomidan taqdim etilsa, talabnomaga ishonch bildiruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma ilova qilinishi lozim. Mazkur holatda da’vogar “K” MChJ talabnomani o‘zining nomidan bergan va ishonchnoma ilova qilmagan. Ushbu kelishuvning 29, 30-bandlariga ko‘ra, temiryo‘lga talabnoma faqat yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qiluvchi tomonidan taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 7-moddasiga ko‘ra, agar xalqaro shartnomada yoki bitimda fuqarolik qonun hujjatlaridagiga qaraganda boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi. Bundan ko‘rinadiki, da’vogar nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilmagan. Temiryo‘lga nisbatan talabnoma olti oy muddatda, jarimani to‘lash haqidagi talabnomalar esa 45 kunik muddatda ustavda nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin. Temiryo‘l ustavi talablaridan kelib chiqadigan temiryo‘lga nisbatan taqdim etiladigan barcha da’volar temiryo‘l tomonidan talabnoma to‘liq yoki qismn qanoatlantirish rad etilgan yoki ustavda belgilangan muddatda temiryo‘ldan talabnomaga javob olmagan taqdirda taqdim etilishi mumkin 2.3.Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmaslikning oqibatlari Iqtisodiy protsessual kodeksning 151-moddasiga ko‘ra da’vo arizasiga nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa. Iqtisodiy protsessual kodeksda nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilmaslik protsessual oqibatlarni keltirib chiqaradi. IPKning 155-modasiga muvofiq shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, sudya tomonidan da’vo arizasini qaytarish uchun asos sifatida belgilaydi va da’vogarga davlat bojini qaytarish masalasini hal etadi. Download 24.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling