Mavzu: Iqtisodiy o’sishni prognozlashtirish Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar


Iqtisodiy o’sish 2 usul bilan aniqlanadi


Download 359.21 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi359.21 Kb.
#224111
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu

Iqtisodiy o’sish 2 usul bilan aniqlanadi:

  • 1-usul real YaIM ni (YaMM) o ‘tgan davrga nisbatan o ‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini ifodalash uchun ishlatiladi.
  • 2-usul real YaIM ni (YaMM) o ‘tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakat ijtimoiy rivojlanishi darajasini hamda harakatining sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun foydalanadi.
  • Iqtisodiy o ‘sish sur’atlari va qo‘shimcha o ‘sish sur’atlari bir- biridan farqlanadi:

    Bazis o ‘sish sur’ati = Yi/Yo

    Zanjirli o ‘sish sur’ati = Yi/Yi-1

    Qo‘shimcha o ‘sish sur’atlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.

    bazis qo‘shimcha o ‘sish sur’ati =(Yi-Yo)/Yo

    zanjirli qo‘shimcha o ‘sish sur’ati = (Yi-Yi-1)/Yi-1

Iqtisodiy o ‘sishni saqlab qolgan holda mavjud vaqtli funksiyalar ekstropolatsiya qilinadi va prognozlashtiriladi, so‘ngra ishlab chiqarish yoki alohida omil baholanadi.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

  • Institut 1968 yilda tashkil topgan va makroiqtisodiy , pul-moliya, bank, ijtimoiy muammolarni prognoz qilish va tadqiq qilish bo’yicha 51 yillik tajribaga ega. O’z faoliyati davomida institutning maqsad va vazifalari zamon talablarini hisobga olgan holda o’zgargan:
  • Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti (1968);
  • Hisoblash markazi bilan iqtisodiyot va normalar ilmiy-tadqiqot instituti (1986);
  • Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti (1992);
  • Iqtisodiyot va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (1994);
  • Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti (1997);
  • Samarali iqtisodiy siyosat markazi (2000);
  • Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi (2005).
  • 2008 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga, 2018 yildan – Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuriga o’tkazilda.  2020 yildan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish va kambag’allikni qisqartirish sohasidagi davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to’g’risida" 2020 yil 26 martdagi PF-5975-sonli qaroriga muvofiq, u Iqtisodiy rivojlanish va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga aylandi.
  • Institut har doim iqtisodiyot sohasida eng nufuzli tadqiqot markazlaridan biri bo’lib kelgan.
  • Institutda 4 ta akademik, 30 dan ortiq fan doktorlari va professorlar, 100 dan ortiq iqtisod fanlari nomzodlari faoliyat olib borgan.
  • Hozirgi vaqtda institut 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish bo’yicha konsepsiyalar va strategiyalarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda, chora-tadbirlar va takliflarni asoslash uchun makroiqtisodiy jarayonlar bo’yicha tadqiqotlar olib bormoqda, shuningdek, ichki iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo’yicha prognoz parametrlarini ishlab chiqmoqda.

Download 359.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling