Iqtisodiy o’sish 2 usul bilan aniqlanadi: - 1-usul real YaIM ni (YaMM) o ‘tgan davrga nisbatan o ‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini ifodalash uchun ishlatiladi.
- 2-usul real YaIM ni (YaMM) o ‘tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakat ijtimoiy rivojlanishi darajasini hamda harakatining sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun foydalanadi.
Iqtisodiy o ‘sish sur’atlari va qo‘shimcha o ‘sish sur’atlari bir- biridan farqlanadi: Bazis o ‘sish sur’ati = Yi/Yo Zanjirli o ‘sish sur’ati = Yi/Yi-1 Qo‘shimcha o ‘sish sur’atlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. bazis qo‘shimcha o ‘sish sur’ati =(Yi-Yo)/Yo zanjirli qo‘shimcha o ‘sish sur’ati = (Yi-Yi-1)/Yi-1 Iqtisodiy o ‘sishni saqlab qolgan holda mavjud vaqtli funksiyalar ekstropolatsiya qilinadi va prognozlashtiriladi, so‘ngra ishlab chiqarish yoki alohida omil baholanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti - Institut 1968 yilda tashkil topgan va makroiqtisodiy , pul-moliya, bank, ijtimoiy muammolarni prognoz qilish va tadqiq qilish bo’yicha 51 yillik tajribaga ega. O’z faoliyati davomida institutning maqsad va vazifalari zamon talablarini hisobga olgan holda o’zgargan:
- Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti (1968);
- Hisoblash markazi bilan iqtisodiyot va normalar ilmiy-tadqiqot instituti (1986);
- Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti (1992);
- Iqtisodiyot va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (1994);
- Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti (1997);
- Samarali iqtisodiy siyosat markazi (2000);
- Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi (2005).
- 2008 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga, 2018 yildan – Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuriga o’tkazilda. 2020 yildan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish va kambag’allikni qisqartirish sohasidagi davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to’g’risida" 2020 yil 26 martdagi PF-5975-sonli qaroriga muvofiq, u Iqtisodiy rivojlanish va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga aylandi.
- Institut har doim iqtisodiyot sohasida eng nufuzli tadqiqot markazlaridan biri bo’lib kelgan.
- Institutda 4 ta akademik, 30 dan ortiq fan doktorlari va professorlar, 100 dan ortiq iqtisod fanlari nomzodlari faoliyat olib borgan.
- Hozirgi vaqtda institut 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish bo’yicha konsepsiyalar va strategiyalarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda, chora-tadbirlar va takliflarni asoslash uchun makroiqtisodiy jarayonlar bo’yicha tadqiqotlar olib bormoqda, shuningdek, ichki iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo’yicha prognoz parametrlarini ishlab chiqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |