Mavzu. Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda mehnat bozorini hududiy axborot tizimi va iqtisodiy mohiyati
Download 224.55 Kb.
|
samad menat bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
MAVZU. IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA MEHNAT BOZORINI HUDUDIY AXBOROT TIZIMI VA IQTISODIY MOHIYATI REJA Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va iqtisodiyotga davlatning aralashuvi. 4. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish – iqtisodiyotning axborot sektorini intensiv rivojlantirish omili sifatida Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati 1. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi Zamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar faoliyatining buzilishiga olib keldi, rahbarlikning har qanday darajasida asoslanmay qabul qilingan qarorlar xo‘jalik ob’ektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo‘lib, uning sub’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi mehnat bozori axborot tizimini shakllantirishdan iboratdir. Mehnat bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va takomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarni ta’minlash hamda transaksion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Axborotlashtirish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish va mehnat bozorida davlat siyosatini yuritish bo‘yicha yangi-yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston mehnat bozoridagi hududiy farqlar ahamiyatli ravishda hududiy bozorlar integratsiyasini ta’minlaydigan hamda hududiy xususiyatlarni hisobga oladigan hududiy ish bilan bandlik siyosatini ishlab chiqishni zarurat etmoqda. Hozirgi vaqtda mehnat bozorida axborotlar roli jiddiy ravishda o‘smoqda. Boshqaruv maqsadlari uchun axborotlarga yuqori ehtiyoj va axborot jarayonlarining shiddatli rivojlanishi uning infratuzilmasi tarkibiy qismlari yaratishni birinchi o‘ringa olib chiqadi. Axborotli infratuzilma hisoblash texnikasi, kommunikatsiya vositalari, uslubiy va dasturiy ta’minlash, faoliyatning yordamchi turlarini qamrab oladi. Hisoblash texnikasi bilan jihozlashni yetarli darajada ta’minlash maqsadida hisoblash vositalari bozorining narxi arzonlashmoqda. Kishilik faoliyatining tegishli sohalarida samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy-texnik, siyosiy, iqtisodiy va har qanday axborotlar hajmining o‘sishi boshqaruvda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Axborot va kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga ulkan va global miqyosda hamda har qanday tarmoq yoki xizmatlarga tegishli firmalarning har bir funksiyasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda 50% ish bilan band bo‘lganlar kompyuter texnikasidan foydalanmoqdalar. Mehnat bozorining yagona axborot tizimi, masalan, 2000 yilda Koreya Respublikasida yaratildi. Mehnat bozorida axborotlarning yo‘qligi yoki yetishmasligi ish bilan bandlikka ko‘maklashish doirasida nomutanosib holatlarni keltirib chiqaradi, agarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishchi kuchi yetishmaydigan joyda ishsizlar mavjud bo‘lsa, qanday qilib bo‘sh ish joylari tuzilmasini to‘ldirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish mumkin. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish bilan bandlik siyosatini samarali amal qilishi uchun hududdagi bo‘sh ish joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy axborot tizimini yaratish zarur. Aholini ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy bandlik xizmati axborot tizmlarini yaratilishida barcha imkoniyatlari bilan yetakchi rol o‘ynaydi. Har bir hududda axborot tizimlarining yaratilishi va qo‘llanishi respublika miqyosida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida mehnat bozorining markaziy axborot tizimiga birikishini nazarda tutadi. Hududiy axborot tizimlarining yaratilishi ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda tarmoqli – axborotlarni taqsimlash xususiyatlari bilan aloqadorlikda ijobiy tashqi samaralarni yuzaga keltiradi. Haqikatdan ham, bunday axborot tizimlari xizmatlariga talab hududiy mehnat bozorini qamrab olish doirasigacha kengayib boradi. Ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda hududiy axborot tizimi ishchilarning bo‘sh ish joylarini izlashda ularning raqobatbardoshligini oshirishga amaliy natija beradigan yordam ko‘rsatishi mumkin. U ishsizlikdan sug‘urtalash tizimi bilan birgalikda davlat ish bilan bandlik xizmatiga mehnat bozoridagi holatlarning hududiy darajada ancha egiluvchan va moslashuvchan ta’sir etishi va faoliyatining samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, mehnat bozorining hududiy axborot tizimlari davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari faoliyatlarida ish joylarini tanlash davrini qisqartirish, ishsizlik bo‘yicha to‘g‘ri va zamonaviy nafaqa to‘lovlarini ta’minlash, ishsizlikning davomiyligini qisqartirish, mavjud ish joylari to‘g‘risida ma’lumotlar banki bilan muvofiqlikda ishchilarni kasbga qayta tayyorlashni ishlab chiqish samaradorligini oshirishda vosita bo‘lib xizmat qiladi. 2. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona хo’jalik yuritishga undovchi dеmokratik iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Bozor iqtisodiyotining ayrim o’ziga хos bеlgilari bor: a) xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi; b) ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Markеting muhim rol o’ynaydi; d) erkin raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini chеklashga qaratiladi. Bundan shunday хulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta‘sir ko’rsatadi. Bozor deganda kishilar ko’z oldida ko’pchilik yig’ilib savdo-sotiq yuz beradigan joy gavdalanadi, lekin ko’pchilik do’kon, birja yoki auksionni bozor tarzida qabul qilmaydi. Aslida "bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsada, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a‘zosidir. Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog’lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya‘ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Bozor bo’lishi uchun oldi-sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo’lishi talab qilinadn. Sotuvchi o’z tovarini yaxshi qo’llasa, xaridor esa kerakli tovarni ma‘qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo’lishga intiladi. Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim bo’lishidan qat‘i nazar (fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo’lsa, boshqa bozorda xaridor vazifasini o’taydi. Xaridorda tovarni ma‘lum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma‘lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir. Uy xo’jaliklari, birinchidan, oddiy iste‘molchilardan (masalan, oila yoki yakka shaxsdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular xaridor sifatida bozordan tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, yer va pul mablag’ini bozorga chiqarib sotadilar. Ish kuchi mehnat bozorida, yer ko’chmas mulk bozorida, pul esa moliya bozorida sotiladi, bular birgalikda resurslar bozori deyiladi. Uy xo’jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar bozoriga chiqarib, u yerdan iste‘mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo’jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat. Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko’radilar. Ular resurs bozoridan ish kuchi, xomashyo, yer, kredit va boshqa shu kabilarni sotib oladilar. Ayni paytda ular bozorga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar. Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir sotish kerak. Demak, xaridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o’tashi lozim. Uy bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go’yo hech narsa sotmadi. To’g’ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin sotilgan tovarning haqidir. Masalan, uning oila a‘zolari o’z ish kuchini firmaga yoki davlatga sotib, ish haqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila bankka pul qo’ygan bo’lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara haqi oladi. Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo’lib, xarid etish operatsiyasi keyin bo’lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin. Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo’lsa, u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari bozorda o’z xizmatini sotadi. Bu xizmatning haqi olinadigan soliqlar hisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan iborat iqtisodiy aloqalarni o’rnatadi. Iqtisodiyotning o’zi tarixan turli shakllarda mavjud bo’lgani kabi bozorda xaridor va sotuvchining mavqei ham o’zgarib boradi. Hozirgi bozor tartiblanadigan bozor, unda stixiyalik, noaniq xaridor uchun ishlash kam uchraydi, mijozlar o’rtasida oldi-sotdi aloqalari muhim va uzoq vaqt uzilmay davom etadi. Bozorga tovarlarni tavakkalchilik bilan yetkazish ham kam uchraydi. Tovar chiqarishdan oldin bozor puxta o’rganiladi, nimani, qancha yetkazib berish belgilab olinadi. Ammo bozorda ma‘lum darajada noaniqlik saqlanib qoladi. Chunki, xaridor va sotuvchi mustaqil bo’lib, nima qilishni o’zlari hal etishadi, ularning maqsad va o’y-xayollari turlicha. Erkin bozor deganda xaridorlar ham, sotuvchilar ham ko’p bo’lib, ulardan hech biri monopoliya mavqeiga ega bo’lmay, bir-birini tezda topa oladigan, raqobat to’la-to’kis hukmron bo’lgan, narxlar erkin savdolashuv asosida shakllanadigan bozor tushuniladi. Keltirilgan ta‘rifdan ko’rinib turganidek. erkin bozorda xaridor va sotuvchi munosabati biron bir tazyiqsiz, iqtisodiy tanlov asosida vujudga keladi, ular orasida murosa mavjud bo’ladi. Erkin bozorga misol qilib O’zbekistondagi qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorini ko’rsatish mumkin. Bu bozorda millionlab kishilar xaridor, sotuvchilar esa fermer xo’jaligi va minglab tomorqa xo’jaliklaridir. Bu yerda kim nimani sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda savdo qilish yuqoridan turib belgilanmaydi, buni bozorning o’zi hal qiladi. Erkin bozorda xaridor va sotuvchilarning tanlovi ularning saralanishiga va ulardan kuchlilarining monopol bozorni tashkil etishiga olib keladi. Monopol bozor deb ozchilik xaridorlar va sotuvchilar: hukmron bo’lgan, monopol narx o’rnatilgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman bo’lmaydigan bozorga aytiladi. Monopol bozorning o’zi uch xil bo’ladi: Monopol raqobatli bozor - son jihatdan ko’p bo’lmagan, bozorga bir xil, o’xshash yoki o’rinbosar tovarlar chiqaradigai firmalar qo’lida bo’ladi, ular o’zaro raqobat qiladilar. Oligolopistik bozor - ozchilik firmalar hukmron bo’lgan bozor, bu yerda raqobat ko’pgina sotuvchilar orasida emas, balki xaridorlar o’rtasida yuz beradi. Sof monopoliya bozori - bunday bozorga tovarni butun bir tarmoqda hukmron bo’lgan ayrim korxonalar yetkazib beradi. O’z turidan qat‘i nazar har qanday bozor o’zining ixtisoslashgan kichik bir qismlariga, segmentlariga ega bo’ladi. Bozor quyidagi belgilariga qarab segmentlarga ajraladi: aholining xarid qobiliyati; yashash sharoiti; yoshi va jinsi; qaysi tovarlarni afzal ko’rishi; kishilarningg mehnat faoliyati, turmush tarzi; inflyatsiya darajasi; bozor infratuzilmasi holati. Shirkat bir necha sohiblarning mulkini birlashtirish va talbirkorlikda olingan foydani baham ko’rishga asoslangan sherikchilik firmasidir. Shirkat, birinchidan, kichik miqdordagi pullarni jamlab katta pul yig’ish va uni tadbirkorlikka qo’yish imkonini beradi; ikkinchidan, tadbirkorlik javobgarligini ko’pchilik zimmasiga yuklab, har bir tadbirkor uchun xatarni kamaytiradi; uchinchidan, ko’pchilikka, hatto, puli ozlarning ham tadbirkorlik bilan shug’ullanishga imkon beradi, ya‘ni u kapitalni demokratiyalashtiradi. Shu afzalliklar tufayli shirkatlar hozir keng tarqalgan. Shirkat firmalar ikki xil bo’ladi: a) mas‘uliyati cheklanmagan firma. Uning mulki sherikchilik asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu mulkka har bir sherik o’z hissasini qo’shadi. Ammo hissadorlar to’la huquqli va huquqi cheklangan sheriklarga bo’linadi, to’la huquqli sheriklar firmaning ham javobgarligini, foydasi va zararini ham baham ko’radilar, ular ustav fondiga qancha pul qo’ysa, hissasiga qarab foyda oladilar. Agar birinchi sherik firma ustav kapitalining 15 foizga teng qismini bergan bo’lsa, u foydaning 15 foizini oladi. Agar ikkinchi sherik 10 foiz qo’ygan bo’lsa, foydaning ham 10 foizini oladi. Bordiyu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko’taradilar, ya‘ni bir sherik boshqasiniig javobgarligini ham zimmasiga oladi. Agar 5 kishi sherik bo’lsayu, ulardan 2 tasi firma zararini to’lashga qodir bo’lmasa, qolgan 3 sherik ular zimmasidagi zararni ham o’zinikiga qo’shib ko’taradi. Bu erda «kemaga tushganlarning joni bir» degan qoidaga amal qilinadi. b) mas‘uliyati cheklangan firma. Uning kapitali sheriklarning ustav fondiga qo’ygan pay (hissasi) hisobidan shakllanadi. Shunday firmalar nomiga «limited» degan so’z qo’shiladi, bu iiglizcha «cheklangan» degan ma‘noni bildiradi. Masalan, «Ko’ksuv LTD» deb nomlanuvchi firma bo’lsa, darhol uning mas‘uliyati cheklangan jamiyat ekanligini bilish mumkin. Bunday firma bilan munosabatda bo’lganda firmaning faoliyatida ishkallik yuz bersa, undan faqat ustav kapitaliga teng pulni undirish mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Uning to’lov majburiyatidagi bundan ortiqcha bo’lgan qarzni hech qanday yo’l bilan undirib bo’lmaydi. Mas‘uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli hissadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Jamiyat jamlagan kapitalga qarab maxsus qimmatli qog’oz - aksiya chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadilar va foydadan o’z hissasi - dividendni olib turadilar. Yopiq jamiyat aksiyalari faqat ma‘lum guruh kishilari, masalan, korxona ishchi-xizmatchilari o’rtasida, ochiq jamiyat aksiyalari esa barcha hohlovchilarga sotiladi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida davlat korxonalari yopiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Islohotlarniig ikkinchi bosqichida ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tuzishga ustivorlik berildi. Davlat korxonalari - davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar. Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo’lib, ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas‘uliyatli vazifalarni bajaradi (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar). Aralash firmalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag’lariga tayanadi. Qo’shma firmalar (korxonalar) ham shunday firmalar qatoriga kiradi. Aralash firmalarning milliy va xorijiy kapitalga tayangan korxonalari kengroq tarqalgan. Ularning kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi. Konsorsium korxonalarining maxsus tashkil etilgan birlashmasi. Uning ishtirokchilari o’z mustaqilligini saqlab qolgan holda muayyan maqsad yo’lida birlashadilar. Odatda konsorsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat, banklar, moliya investitsiya kompaniyalari, yirik firmalar, har xil pul fondi tashkilotlari uyushadi, u katta mablag’ talab qiladigan ishlarni bajaradi. Konsorsium odatda xolding kompaniya shaklida tuziladi. Xoldinglar sanoat-moliya guruhi hisoblanadi. Ular tarkibida bosh - ona korxona va har xil shu‘ba korxonalar ma‘lum maqsad yo’lida hamjihatlik bilan ishlaydilar. Konsern korxonalarning ishlab chiqarish, investitsiya, moliya, texnika, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida birgalikda ish yuritishni ko’zlaydigan uyushma. Konsern tarmoqlararo birlashmalar (konglomerat) shaklida tashkil etiladi. Hukumat uy xo’jaliklari bilan soliq hamda transfert to’lovlari orqali bog’langan. Aholi o’z daromadlarining bir qismini davlatga ajratadi, bu soliq hisoblanadi. Hukumat o’z navbatida davlat byudjetidan aholiga xilma-xil ijtimoiy yordamlar ko’rsatadi (nafaqa, stipendiya). Bularni transfert to’lovlari deyiladi. Sof soliqlar deganda, butun soliqlardan davlatning aholiga qaytariladigan transfert to’lovlarini ayirib, qolgan qoldiqqa aytiladi. Hukumat moliya bozorlari bilan davlat qarzi orqali bog’langan. Agar byudjet defitsitli bo’lsa, hukumat aholidan, firmalardan moliya bozori orqali qarz oladi. Agar byudjet ijobiy saldoga ega bo’lsa, hukumat aholiga, korxonalarga, moliya bozori orqali o’z qarzlarini qaytaradi. Shuning uchun oqim ikki tomonlama xarakterga ega. Hukumat mahsulot bozorlari bilan davlat xaridlari orqali bog’langan. Uning o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun unga moddiy resurslar kerak. Bularni u byudjet hisobidan mahsulot bozoridan xarid qiladi. 3. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va iqtisodiyotga davlatning aralashuvi. Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos afzalliklari bilan bir qatorda uning ayrim kamchiliklari ham mavjud, jumladan: - takror hosil qilib bo’lmaydigan resurslardan samarali foydalanishga e‘tibor berilmaydi; - atrof-muhitni himoya qilishning iqtisodiy mexanizmlari mavjud emas; - jamiyat ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni qo’llabgaquvvatlamaydi; - monopoliya paydo bo’lishi muammosini hal qila olmaydi; - fanda fundamental tadqiqotlarni ta‘minlab bera olmaydi; - ishsizlik va inflyatsiya muammolarini hal qila olmaydi; - daromadlarning adolatli taqsimlanishini ta‘minlab bera olmaydi; - iqtisodiyot siklik rivojlanish tendensiyasiga ega; Mana shu kamchiliklarni yumshatish uchun ham davlat iqtisodiyotni tartibga solib borishi kerak. Ayniqsa 2008-yilning ikkinchi yarmida boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi buni yana bir bor tasdiqladi. Davlat bozor mexanizmlarining ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim. Bozor iqtisodiyotining asosi xususiy mulk bo’lganligi uchun davlat, birinchi navbatda xususiy mulkning daxlsizligini ta‘minlab berishi kerak. Xususiy mulk kafolatlanmasa bozor samarali ishlay olmaydi. Davlat mikro darajada bozor muvozanatiga soliqlar, kvotalar, dotatsiya, subsidiyalar bilan ta‘sir qiladi. Davlatning iqtisodiyotga mikrodarajada aralashuvi odatda zararga olib keladi. Ammo quyidagilar mikrodarajada davlatning iqtisodiyotga aralashuvini talab qiladi.: a) ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish zarurati; b) vaqt o’tishi bilan raqobat susayib monopoliyaga olib kelish xavfi; Davlat asosan makromuammolarni hal qilishi zarur. Shuning uchun asosiy e‘tiborni davlatning makroiqtisodiyotdagi roli va vazifalariga to’xtalamiz. Iqtisodiyotni tartibga solishda hukumatning uch tarmog‗i - qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) va sud (konstitutsion sud, adliya tizimi) hokimiyatlari katta rol o’ynaydi. Bundan tashqari, monetar siyosatni yuritish va pul muomalasini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ham o’z o’rni bor. Jamiyat rivojlanishi bilan davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli va funksiyalari o’zgarib boradi. O’rta asrlarda siyosiy, diniy, harbiy vazifalar birinchi darajali ahamiyat kasb etgan. Sof raqobat sharoitida davlatning funksiyasi faqat xususiy mulk va bozor mexanizmining ishlashiga sharoit yaratishdan iborat bo’lgan. Totalitar iqtisodiyotda esa davlatning jamiyatdagi o’rni va roli tubdan o’zgardi. Unda davlat butun iqtisodiyotni o’z qo’liga olishga harakat qiladi. U korxonaning ichki ishlariga nafaqat aralashadi, balki o’z qo’liga olib boshqaradi va nazorat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi o‘rni tubdan o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning maqsadini uch so’z bilan ifodalash mumkin: a) rag‗batlantirish; b) barqarorlashtirish; d) adolatni ta‘minlash. Shu maqsadga erishishda davlatning quyidagi funksiyalari kelib chiqadi: a) qonun chiqarish. Bozor iqtisodiyoti bir maromda rivojlanishi uchun avvalo zarur bo‘ladigan me‘yoriy-huquqiy bazani yaratish zarur. Buning uchun zarur bo‘lgan me‘yoriy hujjatlar qabul qilinishi kerak. Mazkur me‘yoriy hujjatlar davlatning tegishli organlari tomonidan qabul qilinadi va ularga amal qilinishi nazorat qilinadi. - b) raqobatni himoya qilish. Agar davlat raqobat sharoitini ta‘minlab turmasa, uni himoya qilmasa, korxonalar monopol pozitsiyaga ega bo’lishga intilib, monopoliyani vujudga keltiradi. Shuning uchun davlat raqobat sharoitini himoya qilishi kerak. Bundan tashqari, davlat tomonidan yuritiladigan antimonopol siyosat va uning asosi bo’lgan antimonopol qonunchilik ham muhim ahamiyatga ega. d) tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish. Davlat mudofaa, maorif, fan va boshqa sohalar uchun tovar va xizmatlarni oldi-sotdi qiladi. e) ishlab chiqarish. Hamma davlatlarda ishlab chiqarishning anchagina qismini (10 -12 % eng rivojlangan davlatlarda, qoloq davlatlarda esa ancha ko’p) o’z qo’liga olgan. Masalan, oltin qazib chiqarish, uran, ayrim harbiy texnikalar, elektroenergiya va hokazolar davlat monopoliyasidadir. f) ijtimoiy adolatni ta‘minlash. Davlat jamiyatda bozor taqsimlagan daromadning anchagina qismini qayta taqsimlashni o’z zimmasiga oladi. U har xil transfert to’lovlarini (pensiya, stipendiya, nafaqa) to’laydi. Shu yo’l bilan kam daromad ko’radiganlarni bozor stixiyasidan qisman himoya qiladi. g) soliq solish. Davlat transfert to’lovlariga mablag‗ topish uchun hamda o’zining boshqa funksiyalarini bajarish uchun mablag‗ga ega bo’lishi kerak. Bu mablag‗ni esa davlat aholi va korxonalarga har xil soliqlar solish orqali yig‗adi. Davlatning xarajatlari tez o’sib bormoqda, buni esa asosan soliq bilan qoplashga to’g‗ri keladi. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida 1929 yilda davlat xarajatlarining YaMM dagi hissasi 3% tashkil etgan. 1985 yilda esa 25% ni tashkil etgan, ya‘ni davlat xarajatlari YaMM ga nisbatan juda tez o’smoqda. h) iqtisodiyotni barqarorlashtirish. Bu avvalombor bozor iqtisodiyotining uchta kamchiligiga - ishsizlik, inflyatsiya, siklli rivojlanishga qarshi kurashishdir. Davlat o’z vakolatlarini bajarib, soliqlar va davlat xarajatlari ustidan nazorat o’rnatib, iqtisodiyotdagi pul hajmini nazorat qilib, iqtisodiy sikl tebranishlariga, ishsizlikning va inflyatsiyaning pasayishiga harakat qiladi. i) iqtisodiyotni tartibga solish. Davlat hozirgi davrda o’z mamlakati iqtisodiyotini jadal o’sish, boshqa davlatlardan orqada qolib ketmasligi uchun, avvalombor, iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlashi kerak. Texnika, texnologiya va fanda chuqur siljishlar sodir qilish, chuqur tarkibiy qayta qurishlar, fundamental ilmiy izlanishlarini rivojlantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini jahon iqtisodiyotining salbiy ta‘sirlaridan himoya qilishi kerak. 4. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish –iqtisodiyotning axborot sektorini intensiv rivojlantirish omili sifatida Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish iqtisodiyotning axborot sektorini intensiv rivojlantirish jarayonini qamrab oladi. Shuning uchun hududiy darajada iqtisodiyotni axborotlashtirishning shakllanish belgisi hisoblanadi. Albatta, hududiy mehnat bozorida axborot tizimlarining yaratilishi, avvalambor, mahalliy elektron, kompyuter texnikalari ishlab chiqarishni rivojlantirishni talab etadi. Mahalliy elektron sanoatining rivojlanishi mehnat bozorida axborot tizimlari shakllanishi uchun zarur jihozlarni ta’minlaydi. Axborotlashtirish infratuzilmasi rivojlanishining hozirgi yo‘nalishlarining tahlili axborot xizmati tarmog‘ini takomillashtirishning huquqiy, tashqi va iqtisodiy jihatlarini tadqiq qilish bilan bog‘liq vazifalar majmuasini tezroq hal etish zaruriyatini ko‘rsatmoqda. Mehnat bozorida axborotlashtirish quyidagi vazifalarni amalga oshirishini nazarda tutadi: mehnat bozorini axborotlashtirishga tayyorlashning tadbirlar majmuasini amalga oshirish, ya’ni bu muammoni hal etish uchun zarur siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy mutaxassislar tayyorlash va boshqa shu kabi shart-sharoitlarni yaratish; aholining kompyuter savodxonligini ta’minlash, yangicha fikrlash va axborot madaniyatini shakllantirish; xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish, tashkiliy tuzilmalar, boshqaruv tartibotlarini qayta qurish, axborotlashtirish industriyasining xo‘jalik mexanizmini vujudga keltirish, axborotlashtirishning huquqlarini ishlab chiqish; mehnat bozorida axborotlarni qabul qilib olish va tarqatish umumdavlat muhitini rivojlantirish; matematik va dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ma’lumotlar banklarini va bilimlarning manbalarini vujudga keltirish; axborotlashtirish sohasida samarali xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish. Mehnat bozori hududiy axborot tizimi ish bilan bandlik va mehnat sohasida fuqarolarni o‘z-o‘zini himoyalashning qo‘llab-quvvatlashini o‘z ichiga oluvchi huquq va majburiyatlar haqidagi axborotlarni saqlash, normativ aktlar va ularni mustahkamlash haqida, ularning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar va ijtimoiy-mehnat muammolarining yechimi uchun zaruriy ma’lumotlarni ta’minlashi kerak. Hududiy axborot tizimining zaruriy-tuzilmaviy elementlari bo‘lib, hududda kadrlar tayyorlash tizimi haqidagi, mavjud davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmati organlari haqida, ish beruvchilar, ularning asosiy tavsifi va rivojlanish tendensiyalari haqidagi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Bunda jamoat ishlarini loyihalari saqlanishi ham kiradi. Mehnat bozorida har bir qatnashuvchi bo‘yicha ma’lumotlarni alohida tarzda ma’lumotlar bankiga to‘plash mehnat bozoridagi raqobatchilik muhitini yuzaga keltiradi hamda ish bilan bandlik xizmati organlari tomonidan mehnat bozori monitoringining o‘tkazilishida ular faoliyatlarining sifatini (vositachilik, analitik, axborot maslahat va boshqalar) oshiradi. Bu esa, mehnat bozorining egiluvchanligini ta’minlaydi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida korxonalarning qayta tashkil etilishi bilan ishchi-xodimlar sonining ahamiyatli miqdorda ishdan ozod etilishi davlat ish bilan bandlik siyosati ahamiyatini oshiradi. Shuningdek, mehnat bozorida samarali davlat siyosatini o‘tkazishni ob’ektiv asosi bo‘lib, mehnat bozori axborot tizimlarining yaratilishidir. Tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida ish bilan bandlik siyosatining asosiy vositalaridan biri ishsizlarga ixtisos berishdir. Ishsizlarga ixtisoslik berish va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqiladigan maxsus dasturlar hududiy axborot tizimlari ko‘magi bilan hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari yordamiga muhtoj bo‘lgan va mehnat bozorida kam raqobatli bo‘lgan ishsizlar kategoriyasini aniqlash imkoniyatini tezlashtiradi. Mehnat bozori hududiy axborot tizimida to‘plangan ishonchli va to‘liq axborotlar bunday ishsizlik muammolarini yechishning eng samarali yondashuvlari asosida hal etish uchun imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda mehnat bozori axborot tizimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri dasturiy va kommunikatsion jihatlarni takomillashtirishdir. Dasturiy jihat dasturlashning avtomatlashtirilgan texnologiyasini, matnli, tavsirli va ovozli axborotni qidirish ham o‘zgartirish uchun dastur bilan ta’minlashni, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, ekspert tizimlari va sun’iy intelekt, dasturlash tillari, qarorlar qabul qilishni qo‘llab quvvatlashning universal tizimlarini, ma’lumotning tashqi bazalarida axborotni tezkor qidirish, so‘rov tillari, statistik paket, matnni qayta ishlash uchun dastur bilan ta’minlashni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Kommunikatsion jihat diqqat e’tiborni quyidagi komponentlarni: teleanjuman aloqa, elektron pochta, faks axborotini o‘zatish, mahalliy ahamiyatga molik tarmoqlar, nutqli pochta, yalpi va mintaqaviy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratishi lozim. Iqtisodiyotda xususiy sektor rolining kengayishi bilan aloqadorlikda ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha agentliklar, nodavlat ixtisoslashgan mehnat birjalari va xususiy vositachi firmalarning yaratilishi hamda faoliyatlari davomida maqsadga muvofiq ravishda mehnat bozori yagona axborot tizimidan foydalanish huquqi beriladi. Haqiqatdan ham, davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmati organlari ma’lumotlar bankining shakllanishida qo‘shma hamkorlik hududiy mehnat bozorida jarayonlar tezlashishining mutanosibligini ta’minlaydi. Shunday qilib, mehnat bozorida talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy axborot tizimlarini yaratilishi bozor aloqalarini shakllantirish, mehnat bozorida xo‘jalik sub’ektlari transaksion xarajatlarini kamaytirish, tarmoqlar bo‘yicha ishchi kuchi taqsimlanishini optimallashtirish maqsadida, ular o‘rtasida intensiv aloqalarni qaror toptirish shart-sharoitlarini vujudga keltiradi. To‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi mehnat bozori samarali monitoringini ta’minlash uchun axborotlar o‘zatish jarayonini tezlashtiradi va hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari uchun ish bilan bandlikka ko‘maklashish dasturini ishlab chiqishda ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Demak, Samarqand viloyatida hududiy axborot tizimlarining yaratilishi mehnat bozorini tartibga solishda hududiy ish bilan bandlik siyosatni samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Qisqacha xulosalarZamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar faoliyatining buzilishiga olib keldi, rahbarlikning har qanday darajasida asoslanmay qabul qilingan qarorlar xo‘jalik ob’ektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo‘lib, uning sub’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi mehnat bozori axborot tizimini shakllantirishdan iboratdir. Mehnat bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va takomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarni ta’minlash hamda transaksion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Mehnat bozorida axborotlarning yo‘qligi yoki yetishmasligi ish bilan bandlikka ko‘maklashish doirasida nomutanosib holatlarni keltirib chiqaradi, agarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishchi kuchi yetishmaydigan joyda ishsizlar mavjud bo‘lsa, qanday qilib bo‘sh ish joylari tuzilmasini to‘ldirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish mumkin. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish bilan bandlik siyosatini samarali amal qilishi uchun hududdagi bo‘sh ish joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy axborot tizimini yaratish zarur. Mehnat bozori hududiy axborot tizimi ish bilan bandlik va mehnat sohasida fuqarolarni o‘z-o‘zini himoyalashning qo‘llab-quvvatlashini o‘z ichiga oluvchi huquq va majburiyatlar haqidagi axborotlarni saqlash, normativ aktlar va ularni mustahkamlash haqida, ularning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar va ijtimoiy-mehnat muammolarining yechimi uchun zaruriy ma’lumotlarni ta’minlashi kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati:1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009. 2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida” Qonuni. “Xalq so‘zi”, 2004. 11 fevral, №29. 5. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”, 2009. 6. Arabov N.U. Mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanishi. 08.00.10.- “Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi. – T.: 2008. 7. Volgin N.A.Yekonomika truda: (sosialno-trudovыe otnosheniya)/ Pod red. N.L. Volgina, Yu.D.Odegova. M.: «YeKZAMEN», 2009. 8. Rыnok truda:Uchebnoe posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova K.X., Odegova Yu.G. – T.: TFREA, 2009. 9. Smirnov S.N., Sidorina T.Yu. Sotsialnaya politika (uchebnik). - M.: Izdatelskiy dom “GUVShE”, 2004. 10. Xolmo‘minov Sh.R., Xomitov K. Malakali agrar mehnatbozorining shakllanishi. - T.: “Fan”, 2003. 12. G‘ulomov S.S. Axborot tizimlari va texnologiyalari. - T.: “Sharq”, 2000. Download 224.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling