Xulosa va takliflar
Milliy boylik jamiyatning iqtisodiy kuch-quwatini ko'rsatadi va iqtisodiy potensialni tashkil etadi. Bu qobiliyat ishlab chiqarish resurslari miqdori va sifati bilan belgilanadi, yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi. Shu sababli uning muhim ko‘rsatkichi bo'lib- yalpi milliy mahsulot ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu mahsulotni ishlab chiqarish esa — milliy boylikning hajmi va strukturasiga, undan yaxshi foydalanilishiga bog‘liqdir. Shunday ekan, iqtisodiy potensial yuksalgan sari jamiyat tobora boyib boradi.
Barcha turdagi cheklangan va cheklanmagan milliy boyliklarimizni asrab-avaylashimiz va ulardan sanoatda hamda qishloq xo’jaligida samarali foydalanishimiz zarur. Zero, milliy boylik bizni jahon iqtisodiyotida o’z o’rnimizni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |