Mavzu: iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda vositalar va cheklovlar


Download 220.43 Kb.
bet5/5
Sana11.01.2023
Hajmi220.43 Kb.
#1088786
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiy Siyosatga kirish

Kondrat’ev sikli - «katta to’lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondrat’ev katta hissa qo’shadi. Uning tadqiqoti Angliya, Frantsiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o’sishning ko’l omilli tahlilini o’tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish xaqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko’rsatadi.
1-sikl: 1787-1814 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1814-1851 yillar -pasaytiruvchi to’lqin.
P-sikl: 1844-1851 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1870-1896 yillar -pasaytiruvchi to’lqin.
SH-sikl: 1896-1920 yillar - ko’taruvchi to’lqin.Kondratev siklining davomiyligi o’rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks ettirishi hisoblanadi.
Kondrat’ev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yo’l transportining rivojlanishi, uchinchisini - elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to’rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog’laydi. Hozirgi zamon tadqikotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko’rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo’lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyatsiya to’lqini yoki turg’unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko’rsatadi.
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon bo’ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko’ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga muqobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo’ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi, tovar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko’tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo’ladiki, bunda iqtisodiy o’sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o’rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o’sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi
-takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nushalarida turli shakllarida namoyon bo’ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo’jaligi paydo bo’lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog’liq bo’lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, guruxlarga ajratish mumkin.
1. Xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Pul-kredit sohasidagi inqiroz - mamlakat pul-kredit tiziminish tang ahvolga tushishi bo’lib, bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli kog’ozlar kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.Valyuta inqirozi - bu milliy valyuta obro’sining tushib ketishi, bankda valyuta zahirasining tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati hisoblanadi. Birja inqirozi - birjada qimmatli kog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik, tanglik holati. Atrof- muhitni, eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi inqiroz ekologik inqiroz deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi.Tarmoqlar inqirozi
- milliy xo’jalikning biron-bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beruvchi inqiroz.Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar oqibatida kelib chiquvchi inqirozlar tarkibiy inqirozlar deyiladi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi harid qilish, iste’molchilik tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo’jaligi, avtomobil’ sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi.Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning ortishi yoki pasayishiga bog’liq . Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos. Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiklaydi.
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1) Qishloq xo’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lgan, ularning karpitalining ortishi; 4) qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o’rtasigacha davom etgan edi.
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi.
Agrar inqirozlarning cho’zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar:
a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi;
b) yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz sur’atda o’sib borishi. Yer rentasining, avvalo absolyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi;
v) ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi. Mayda ishlab
chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qishartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o’tkazish va ijara xaqini to’lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko’paytirib yuboradi.
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi. Oraliq inqirozlar to’liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to’xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi. Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushishi mumkin.
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


1. Agapova T.A., Seregina S.F. Makroiqtisodiyot - M .: Moskva davlat universiteti nashriyoti, "DIS". 1999 yil.
2. Bulatov A.S. Iqtisodiyot - M: Bek, 2005 y.
3. Balatskiy E.V., Jahon iqtisodiyoti fani at hozirgi bosqich: inqiroz yoki yutuq /
E.V. Balatskiy // Fan fani.- 2001.- №2.- s. 68-72.
4. Barnetenev S.A., Tarix iqtisodiy doktrinalar savol-javoblarda: Darslik / S.A. Bartenev .- M .: Yurist, 2000 .- 192s.
5. Bazylev N.I., Gurko S.P. Iqtisodiy nazariya, - M., BSEU, 2003, s. 159.
6. Borisov EF Iqtisodiy nazariya. - M .: Yurist, 2004, s. 96
7. Konotopov, Smetanin. Iqtisodiyot tarixi xorijiy davlatlar... Nashriyot uyi: Moskva 2003 yil.
8. Nuriyev R.M. Iqtisodiyot nazariyasi asoslari. Mikroiqtisodiyot. Universitetlar uchun darslik. M. o'rta maktab. 1996 yil
9. Kiseleva E.A., Chepurin M.N., Iqtisodiyot nazariyasi kursi. - Kirov, 2002, 1-bet. 89.
10. Iqtisodiyot. “Iqtisodiyot nazariyasi” kursi uchun darslik / ostida. ed. A.S. Bulatov. - / M .: "BEK" nashriyoti. 2006 yil.
11. Printsiplar, muammolar va siyosatlar. Makkonell Kempbell R., Bru Stenli L. Iqtisodiyot. Ikki jildda: Per. ingliz tilidan. 11-nashr. - M.: Respublika, 1995 yil.
12. Jahon iqtisodiyoti: Universitetlar uchun darslik / Ed. Prof. I.P. Nikolaeva. - M .: UNITI, 2000.
13. Iqtisodiy nazariya: universitetlar uchun o'quv qo'llanma / nashr. Nikolaeva I.P., p. 492
14. Ponomarenko E. 2001 yilgi moliyaviy siyosat to'g'risida. (Kontseptsiya tahlili).
// Iqtisodchi. -2000. - № 11.-s.52.
15. RF Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti - www. minfin.ru
16. https://www.finmarket.ru/z/nws/news.
Download 220.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling