Mavzu: Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli


Download 53.21 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi53.21 Kb.
#1331389
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Pul va bank mustaqil ish xulosa bilan


Mavzu: Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli

Reja:
1. Iqtisodiyotning amal qilishida pulning tutgan roli


2. Kredit va uning turlari


Insoniyat taraqqiyotining deyarli barcha bosqichlarida pul odamlarga iqtisodiy hayotni tashkil qilish vositasi bo`lib xizmat qilib kelgan va kelajakda ham shunday bo`lib qoladi. Har qanday jamiyatda ham ular pul topish uchun mehnat qiladilar va unga o`zlari uchun zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ne`matlar (tovarlar va xizmatlar) sotib oladilar. Xo`jalik aloqalari va bozor munosabatlarining rivojlana borgani sari pulning jamiyat hayotidagi roli ortib boradi. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining poydevorini tashkil qiladi. Shuning uchun ham pul muomalasini oqilona tashkil qilish va uning qadrsizlanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshira berish davlat iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi. Pul ham aslida tovar bo`lib, u barcha tovarlarga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, uni boshqa tovarlardan ajratib turuvchi jihatlari ham mavjud. Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi. Ikkinchidan, oddiy tovar aniq mehnat (etikdo`z, novvoy, dehqon, olim mehnati) mahsuli hisoblanadi. Pul ham aniq mehnat mahsuli, lekin ana shu mehnat natijasi (mahsulot yoki xizmat) ning sotishdan olingan ekvivalentdir. Uning iste`mol qiymati kishilarning muayyan jismoniy yoki ma`naviy ehtiyojlarini qondira olishda emas, balki tovarlar ayirboshlashda ishonchli vosita bo`la olish qobiliyatidadir. Inson hayotidagi muammolar ichida eng asosiysi pul topishdir. Aynan shu muammoni echish insonning barcha boshqa muammolarining aksariyatini hal etish kaliti hisoblanadi. Shuning uchun ham, ya`ni bosh muammoni hal qilish maqsadida odamlar tovar ishlab chiqaradilar, turli xizmat ko`rsatish bilan band bo`ladilar, ular bilan bozorga chiqadilar va boshqalar bilan iqtisodiy (pul) munosabatlarga kirishadilar. Bozorda ishlab chiqarish vositalari pulga sotib olinib, ular yordamida yaratilgan tovarlar pulga ayirboshlanib, iste`molga o`tadi. Tovarlar shaxsiy iste`molgami yoki ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarf etiladimi, baribir ularni harakatga keltiruvchi kuch puldir. Bozor munosabatlari sharoitida pul o`ta muhim iqtisodiy vositadir. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi, iqtisodiy o`sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag`lar bozorda rerurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi. Pulning insoniyat hayotidagi ahamiyati u bajarayotgan quyidagi vazifalarda o`z aksini topadi: Avvalambor, pul qiymat o`lchovi vazifasini bajaradi. Har qanday tovar ishlab chiqarilganda yoki xizmat ko`rsatilganda muayyan mehnat sarflanadi. Ana shu sarflangan mehnat bozor narxi orqali o`lchanib, pulda ifodalanadi. Tovarning bozordagi narxi orqali uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat va barcha sarf-xarajatlarning nafaqat miqdori, balki sifati ham o`z o`lchovini topadi. YAxshiroq xomashyodan tayyorlangan tovarning sifati ham, odatda, yaxshiroq bo`ladi va binobarin, uning qiymati ham yuqoriroq bo`lgani uchun yuqori narxda sotiladi. Bunday tovarlar o`z egasiga ko`proq daromad (ya`ni pul) keltiradi. Tovarning bozordagi qadri, uning xaridorgirligi va raqobatbardoshliligi ham pul orqali o`z ifodasini topadi. Bozorga chiqqan tovar qancha yuqori narxda va tez o`z iste`molchisini topsa, bu narsa shu tovarning sifati yaxshiligidan va uning xaridorgirligidan dalolat beradi. Hech qanday tovar pul kabi bozordagi mahsulotlar va xizmatlarning qadr-qiymati va bahosini o`lchab bera olmaydi. Pulning ikkinchi vazifasi (yoki funktsiyasi) uning muomala vositasi ekanligidir. Chunki pul yordamida tovarni sotish, uni pulga almashtirish va bu pulga yana boshqa tovar sotib olish mumkin. Pul yordamida tovarni tovarga ayirboshlash (barter) bartaraf etiladi, oldi-sotdi ishlari ma`rifatlashgan, madaniylashgan holda va yuqori samara bilan amalga oshadi. Va nihoyat, pul jamg`arish vositasi vazifasini bajaradi, chunki pul boylik shakliga kirib, o`z egasiga kerak bo`lganda, xarid etish vositasiga aylanadi. Pul qog`oz yoki tanga bo`lgani uchun emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish hamda saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi. Pul iqtisodiyotning samarali amal qilishini ta`minlovchi vosita sifatida, avvalambor, o`zi sog`lom bo`lishi, ya`ni uning qadri-qiymati barqaror bo`lishi kerak. Sog`lom bozor iqtisodiyoti pulga bo`lgan talab va taklifni muvozanatda bo`lishini taqazo etadi. Ammo ushbu muvozanat buzilsa, ya`ni pul keragidan ortib ketsa, u qadrsizlanadi, iqtisodiyot kasallikka uchraydi. Ishlab chiqarish hajmi, pul miqdori va pulning aylanish tezligi va narx o`rtasida uzviy bog`liqlik mavjud. Ishlab chiqarish o`smagan holda pul miqdori ko`paysa, bunga javoban narx oshadi. Agar ishlab chiqarish o`sib, pul ko`paysa, narx pasayadi. Kerakli pul miqdori faqat narxga qarab emas, balki iqtisodiyot ahvoliga va pulning aylanish tezligiga qarab belgilanadi. Iqtisodiy yuksalish yuz berganda, pul ko`p bo`lsa, uning tovar bilan ta`minlanishi ortadi, pul qadri tushmaydi. Ammo pul tez aylanib borsa, uning bir qismi ortiqcha bo`lib qoladi. Narxning pul miqdoriga ta`siri qisqa davrda sezilmaydi, uzoq muddatda namoyon bo`ladi. Agar pul miqdori iqtisodiy o`sishga monand ravishda ko`paysa, u qadrsizlanmaydi. Ishlab chiqarish hajmi, pul miqdori va pul oboroti o`rtasidagi muvozonat buzilsa, inflyatsiya yuz beradi. Keragidan ortiqcha pul ishlab chiqarish natijasida narxlarning to`xtovsiz o`sishi va pul birligining qadrsizlanishi inflyatsiya deb ataladi. Inflyatsiya asosida, odatda, pul talabi bilan tovar massasining bir-biriga nomuvofiqligi yotadi. Tovarlarga va xizmatlarga bo`lgan talab tovar aylanish hajmidan oshib ketadiki, bu narsa tovar ishlab chiqaruvchilar va uni etkazib beruvchilarning sarf-xarajatlari qanchaligidan qat`iy nazar, narx-navoning ko`tarilishi uchun sharoit yaratib beradi. Davlat byudjetining taqchilligi (davlat sarf-xarajatlarining ortib ketishi), haddan tashqari investitsiyalash (investitsiyalar hajmining imkoniyat darajalaridan ortib ketishi) sharoitida ishlab chiqarishning o`sishi va mehnat unumdorligining ko`tarilishiga qaraganda ish haqi ko`proq o`sadi. Natijada talab bilan taklif o`rtasidagi muvozanat buziladi, pulning qadrsizlanish jarayoni sodir bo`ladi. Pul inflyatsiyasining sabablari asosan quyidagilardir. Birinchidan, ko`p hollarda Markaziy bank tomonidan noto`g`ri pul siyosatining o`tkazilishi va natijada tovarlar bilan ta`minlanmagan pulning muomalada paydo bo`lishi. Masalan, iqtisodiy o`sishning pasayishining oldini olish yoki fond birjasida aktsiyalar kursining tushib ketishini to`xtatish maqsadida Markaziy bank pul taklifini ko`paytiradi, ya`ni pul emissiyasi amalga oshadi.
Ikkinchidan, byudjet taqchilligi ham muqarrar ravishda pulning qadrsizlanishini keltirib chiqaradi. To`g`ri, pul siyosati bo`lmagan hollarda bunday taqchillikni qoplash uchun yangi pullar chiqarilib, xo`jalik oborotiga kiritiladi. Uchinchidan, bozorlarning monopollashuvi, ya`ni raqobatning yo`qligi inflyatsiyaning avj olishiga sabab bo`ladi. Monopoliyalar bozordagi narx-navoni yuqori belgilab, tovarlarni ishlab chiqish va taklif etishni ham kamaytirishga harakat qiladilar. Bu narsa umumiy talab bilan taklif nisbatiga salbiy ta`sir o`tkazadi va ular o`rtasidagi nomutanosiblikni kuchaytiradi. Ulardan tashqari inflyatsiyaga tashqi omillar ham ta`sir qiladi. Masalan, xomashyo va energoresurslar bahosining ko`tarilishi, xorijiy sarmoyalar (kreditlar) foiz stavkasining ortishi, xalqaro ahvolning tanglashuvi va hokazo. Shuni aytib o`tish kerakki, pulning qadrsizlanishi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar tufayli, albatta, sodir bo`lib turadigan hodisadir. Bunday sharoitda uni jilovlab turish va iqtisodiyot taraqqiyoti hamda xalqning turmush darajasiga ta`sirini kamaytirib turish har qanday davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. U yoki bu mamlakat iqtisodiyotida chuqur inqiroz sodir bo`lsa, u holda inflyatsiya ham chuqurlashadi yoki boshqacha qilib aytganda, uning jilovi davlat qo`lidan chiqib ketadi. O`z paytida tegishli choralar ko`rilmasa, giperinflyatsiya sodir bo`ladi, ya`ni pulning qadrsizlanishi oyiga 50 foizdan ortib ketadi. Shu narsani ham ta`kidlab o`tish joizki, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tishning eng dastlabki va og`ir yillarida ham giperinflyatsiyaga yo`l qo`yilmadi. Buning asosiy omili bo`lib O`zbekistondagi kuchli antiinflyatsion (inflyatsiyaga qarshi) siyosat xizmat qiladi. Birinchidan, ishlab chiqarishni jonlashtirish, ya`ni uning o`sishini rag`batlantirish choralari ko`rildi. Xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ikkinchidan, pul massasining ortishini cheklash yoki to`xtatib qolish choralari ko`rildi. Shu maqsadda pul daromadlari: ish haqi, nafaqa, pensiya va boshqa to`lovlarning o`sishi ustidan nazorat kuchaytirildi, ortiqcha pulni tovar bozoridan qaytarish uchun bankka qo`yiladigan depozit pullarga bank to`laydigan foizlar oshirildi. Pul deganda, biz, odatda, ko`z bilan ko`rish va qo`l bilan ushlash mumkin bo`lgan qog`oz yoki tanga pullarni tushunamiz. Biroq bu pulning bir turi, ya`ni naqd pullardir. Shu bilan bir vaqtda naqd bo`lmagan pullar ham mavjud bo`lib, ular aholining bank depozitlarida, kredit kartochkalarida, korxona, firma va tashkilotlarning bank hisob raqamlarida turuvchi pullaridir. Bu pullarni naqd bo`lmagan pullar deb yuritiladi. Undan tashqari aholining bankka qo`ygan pullari doimo ko`payib boradi.


Хулоса
Xulosa kilib aytganda iktisoda pul juda katta rul uynaydi.Kadimdan insonlar pul bilan bir bir urtasida aloka kilib kelgan.Xozirgi kunda pul insonlar uchun juda muxim xisoblanadi Hech qanday tovar pul kabi bozordagi mahsulotlar va xizmatlarning qadr-qiymati va bahosini o`lchab bera olmaydi.Хозирги кунда пул инсонлар учун жуда мухим хисобланади. iqtisodiyot taraqqiyoti hamda xalqning turmush darajasiga ulardagi pul miqdori belgilaydi.

Download 53.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling