Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosatning o'rni Reja: Kirish Asosiy qism
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning ro’li
Download 442.44 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosatning o\'rni
3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning ro’li.
Bozor munosabatlari sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko‘maklashadi va aholini uning salbiy oqibatlaridan himoyalash chora-tadbirlarini ko‘radi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarini muayyan va ma’lum yo‘nalishda rivojlantirib, iqtisodiy tanglik, tahdid va xavf-xatardan himoyalash hamda aholi turmush darajasining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir. Iqtisodiy xavfsizlikning yuqori darajasiga erishish uchun, davlat tizimlarning asosiy funksional komponentlarini maksimal darajada ta’minlashi kerak, bularga quyidagilarni kiritish mumkin: - Moliyaviy; - Intellektual mulk; - Texnika va texnologiya; - Ekologiya; - Axborot oqimi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning quyidagi yo‘nalishlarida ham faoliyat yuritadi: - iqtisodiyodagi jarayonlarni obyektiv, keng qamrovli monitoringi, shu jumladan, shaxs, davlat va jamiyatning muhim hayotiy manfaatlariga ichki hamda tashqi tahdidlarni aniqlash va prognozlashtirish uchun axborotlar bazasini yaratish; - iqtisodiy manfaatlarga bo‘lgan tahdidlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini yengish hamda barham berish bo‘yicha jarima va uzoq muddatli chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. Bunda davlatning iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish chora-tadbirlarining natijalari baholanadi. Iqtisodiy xavfsizlik sohasida qo‘lanuvchi siyosiy vositalardan mamlakat iqtisodiyotiga boshqa mamlakat yoki bir necha mamlakatlar tomonida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar, iqtisodiy huruj, tahdidlardan himoyalanish maqsadida foydalaniladi. Ushbu siyosiy vositalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - BMT va BMTning Xavfsizlik kengashida mamlakat milliy-iqtisodiy manfaatlariga mos keladigan rezolyutsiyalar qabul qilinishiga erishish; - xalqaro arbitraj yoki xalqaro sudga iqtisodiy tazyiq, tahdidlar yuzasidan murojaat qilish; - muzokaralar o‘tkazilishini tashkil qilish va amalga oshirish; - xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda a’zo sifatida yoki kuzatuvchi maqomida mamlakat milliy-iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritish; - o‘zaro manfaatli xalqaro iqtisodiy hamkorlik shartnomalarini ratifikatsiya qilish va h.k. Shuni aytib o‘tish joizki, iqtisodiy xafsizlikni ta’minlashda davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Respublika Prezidenti rahbarligidagi Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan amalgam oshiriladi. Xavfsizlik kengashi a’zolari mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Uning tarkibiga Bosh vazir, Xavfsizlik kengashi kotibi, Tashqi ishlar vaziri, milliy xavfsizlik xizmati rahbari, mudofaa va ichki ishlar vazirliklarining rahbarlari kiradi. Kengash doirasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha idoralararo doimiy komissiya faoliyat yuritadi. Ushbu komissiya Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli qo‘mitalari bilan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida hamkorlik qiladi, shuningdek, Xavfsizlik kengashiga iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar, tavsiyalar ishlab chiqadi va bu boradagi turli vazirlik hamda muassasalar, hududiy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi. Download 442.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling