Mavzu iqtisodiyot Kafedra: Fan: Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
dars
Talab qonuni bozordagi talab tovarlarning narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgarishini bildiradi. Talab qonuni narx darajasi bilan talab miqdorining teskari mutanosiblikda bog‟liqligini ko‟rsatadi. Uni Tq1G‟V*Q formulasi bilan ifoda etish mumkin. Bunda T- talab, Q- tovar miqdori, V-tovar narhi. Talab qonuniga asosan, narx oshsa, talab miqdori qisqaradi, narx pasaysa, aksincha talab ortadi. Talab qonuni talab bilan narx o‟rtasidagi miqdori bog‟liqlik borligidan dalolat beradi, bu bog‟lanish mutlaq emas, talabga narxdan tashqari boshqa omillar ham ta‟sir etadi. Agar narx talabni qisqartirsa, boshqa omillar uni oshirishi mumkin yoki aksincha. Talab qonuni amal qilgan sharoitda narx talab elastikligini (o‟zgaruvchanligini) yuzaga keltiradi. Narxning o’zgarishiga nisbatan talabning o’zgarish darajasi talabning elastikligi deyiladi. Elastiklik narx bilan talab o‟rtasidagi bog‟liqlikning miqdoriy ko‟rinishi hisoblanadi. Agar narxga nisbatan talab kuchliroq o‟zgarsa talab elastik hisoblanadi. Bordi-yu, narxga nisbatan talab sustroq o‟zgarsa, noelastik talab mavjud bo‟ladi. Talabning bu ikki turini elastik koeffitsienti (Ek) orqali bir-biridan ajratish mumkin. Bu koeffitsientni topish uchun narx va talabning miqdoriy o‟zgarishlari taqqoslanadi: Tb (foiz hisobida talabning o‟zgarishi) Ek. q ---------------------------------- V (foiz hisobida narxning o‟zgarishi) Talab elastik bo‟lishi uchun ushbu koeffitsient birdan ortiq Ek.>1 bo‟lishi kerak. Agar u birdan kichik bo‟lsa Ek.<1 talab noelastik hisoblanadi. Masalan, narx 20% pasaydi, bunga javoban talab 32% oshdi. Bunda elastik talab mavjud, chunki Ek. q Tb :V q 32:20 q1,6 Demak, Ek. q1,6 yoki birdan ortiq, ya‟ni Ek.>1 Talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini, foyda topish bilan bozorni to’ydirib, farovonlikni ta’minlashni uyg’unlashtiradi. Talabning o‟zgarishiga quyidagi omillar ta‟sir ko‟rsatadi: Iste’molchilar xohish-istagi. Aholining milliy urf-odatlari, an‟analari, yashayotgan makonining tabiiy iqlim sharoiti, madaniyat darajasi va ular bilan bog‟liq xaridorlar xohish-istagi, muayyan sharoitdagi moda ta‟siri talabni vujudga keltiradi. Kiyim tayyorlanayotgan xom-ashyoning o‟zgarishi, tikilayotgan kiyim texnologiyasi, modelining o‟zgarishi kabilar ta‟sirida ma‟lum bir tovarlarga talab o‟zgaradi. Natijada, yangi turdagi tovarlarga talab kuchayadi; Aholi tarkibidagi o’zgarishlar. Aholi tarkibi o‟ziga xos talabni shakllantiradi. Hozirgi O‟zbekistonda aholi tarkibida 15 yoshgacha bolalar katta salmoqqa ega. Agar keksalar, qariyalar ko‟paysa, meditsina xizmati kabi tovarlarga talab o‟sadi. Bu holda avvalgi, yoshlar salmog‟i ko‟p bo‟lgan sharoitdagi talab, albatta, o‟zgaradi; Aholi pul daromadlarining o’zgarishi. Aholi pul daromadlarining o‟sishi tovarlarga miqdoriy talablarning ko‟payishigagina olib kelmay, mebel televizor, maishiy xizmat jihozlari va texnikasi hamda yuqori sifatli oziq-ovqatlarga bo‟lgan talabni kuchaytiradi. Agar aholi pul daromadlarining o‟zgarishi asosida iste‟mol tuzilishida o‟zgarish bo‟lib, ular ish haqlarining 14% dan ko‟p qismiga oziq-ovqat xarid qilinsa, u holda arzon oziq-ovqatlarga talab kuchayib, sifatli uy-ro‟zg‟or tovarlariga talab pasayadi. Bu mamlakat esa kambag‟al deb e‟tirof etiladi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling