Mavzu: Iqtisodiyot va uning biznesga qanday ta’sir qilishini anglash Reja
Biznes va tadbirkorlik o‘rtasidagi farqlar
Download 40.16 Kb.
|
Mavzu Iqtisodiyot va uning biznesga qanday ta’sir qilishini ang
Biznes va tadbirkorlik o‘rtasidagi farqlar
Biznes va tadbirkorlik sohalari ko‘p hollarda «kichik» iqtisodiyot deb ataladi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, kichik biznes kelgusida yirik tadbirkorlikka, kichik tadbirkorlik esa yirik biznesga aylanishi mumkin. AQSh, Germaniya, Yaponiya va Koreyadagi ko‘plab avtomobil firmalari aynan shu yo‘lni bosib o‘tgan. Rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AQShda ishbilarmonlar va tadbirkorlar millatning «oltin fondi» hisoblanishi bejiz emas, bu mamlakatlarda xalq orasida tadbirkorlik ruhining so‘nmasligiga alohida e’tibor qaratiladi. Biznes bu avvalo ish ekanligi sababli, u amal qiluvchi sohadan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo va bank biznesi kabi turlarga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq holda esa biznesni kichik, o‘rta, yirik va xalqaro biznes turlarga ajratish mumkin. Biroq biznesning istalgan shakli va miqyosida ham uning pirovard maqsadi foyda yoki daromad olish hisoblanadi. Biznesning ushbu pirovard maqsadini quyidagi sxemadagi kabi aks ettirish mumkin. Bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning ahamiyatini ko‘pchilik to‘g‘ri tushungan va anglagan, chunki ularning asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo‘lga qo‘yish, boshqacha qilib aytganda pul to‘plash yotmaydi, balki o‘ziga, oilasiga, butun jamiyatga foyda keltirish birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz ilgari o‘ylaganday, bizga o‘rgatishganday kapitalist emas, u tashabbuskor, o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish istagiga ega bo‘lgan shaxsdir. Bunda biznesmen (tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi muvaffaqiyatni ta’minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi qonunchilik qoida va normalariga mos kelsa bo‘ldi. Bunday qonun-qoidalar doirasidan tashqarida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Sessiyasida Prezident Islom Karimov aytib o‘tganidek, «mamlakatimizda xususiy mulk egalarining ko‘payishi jamiyat barqarorligi va farovonligining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirkorlikning erkinligi uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish, kichik va o‘rta biznesning keng rivojlanishi uchun barcha kanallarni ochib berish zarur. Tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan, ayniqsa, xalqaro moliya tashkilotlari liniyasi bo‘yicha kredit olishi uchun qulay mexanizmni yaratish lozim. Ularning moliyaviy, bank va bozor tuzilmalari bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash kerak»1. Hozirgi sharoitlarda biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari kichik biznes korxonalari va mikrofirmalar, qishloq xo‘jaligida esa fermer va dehqon xo‘jaliklari hisoblanadi. 1999 yilda ularning umumiy soni respublika bo‘yicha 150,8 mingta, 2000 yilda 175,6 mingta, 2003 yilda 240 mingta bo‘lgan bo‘lsa, 2005 yil boshida 300 mingtaga yetdi. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida ishlab chiqarishda kichik korxona va mikrofirmalar ulushi quyidagicha: sanoatda 4,7%, qishloq xo‘jaligida – 8,7, qurilishda – 10,3 va savdoda – 10%. Kichik biznes (KB) korxonalari eng arzon, oson boshqariluvchi bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga tez moslashuvchan subyektlar hisoblanadi. Ular yirik korxonalardan farqli o‘laroq, atrof-muhitning yomonlashuviga kam ta’sir ko‘rsatadi, jiddiy ekologik muammolarga olib kelmaydi. Kapital sig‘imining kichikligi va moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik sohasi korxonalari ishlab chiqarishni modernizasiyalash va chiqarilayotgan mahsulot assortimentini yangilashda yirik korxonalarga nisbatan ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi va demak, bozor talabiga tezroq moslashib oladi. Fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, yuqori texnologiyalar, mehnat qurollari va asbob-uskunalar tez-tez o‘zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda biznes va tadbirkorlik korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan muhit aynan shundaydir. Boshqaruv xarajatlarining nisbatan kamligi, faoliyatning ko‘p funksionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida ustivor bo‘lishini belgilab beradi. Kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura yaratuvchi omil sifatida KB korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadilar (1-jadval). Download 40.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling