Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli. Reja: Kirish


Neokilassik rivojlanishning bozor iqtisodiyotidagi o’rni


Download 192.69 Kb.
bet2/9
Sana23.02.2023
Hajmi192.69 Kb.
#1225299
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abbosjon 12345 (3)

1.Neokilassik rivojlanishning bozor iqtisodiyotidagi o’rni
Neoklassiklar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega boʼlgan mamlakatlarda davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish, uning iqtisodiyotni tartibga solishini cheklashni talab qiladilar. Аmmo ular umuman iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishini butunlay inkor etmaydilar. Ularning fikricha, bozorning baho mexanizmi, regulyatori koʼp hollarda resurslarning optimal, samarali ishlatilishini taʼminlaydi. Аmmo baʼzi holatlarda bozor ulardan samarali foydalanishga erishishni taʼminlay olmaydi. Xuddi ana shunday holatlarda davlat allokatsiya (taqsimlash)ni yaxshilab, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni taʼminlashda ijobiy rol oʼynashi mumkin ekan.
Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga koʼra kishilar oʼzlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular oʼzlarining pulli manfaatlariga muvofiq keladigan narsalar bilan bogʼliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yigʼadilar va ularni oʼrganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda oʼz hayotlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga yoki (qisqarishiga) olib keladi. Bu oʼzgarishlar, oʼz navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin oʼsishi yoki (pasayishi)ni belgilab beradi. Fridman nazariyasiga muvofiq, pul qoldiqlari boshqa aktivlar bilan taqqoslanadigan aktiv sifatida koʼrib chiqiladi. Ushbu nazariya oqim sifatida emas, balki zaxiralar tariqasida talqin qilinadi. Pul daromadi - bu oqimdir va uni biror vaqt oraligʼida aniqlash mumkin. Pulning oʼzi esa zaxiradir, yaʼni muayyan bir vaqtda mavjud biror miqdordir. Zaxirani orttirish uchun kishilar oʼz xarajatlarini kamaytiradilar yoki oʼzlarining pul boʼlmagan aktivlarini pulga almashtiradilar. Zaxiralarni qisqartirish uchun esa ular aksincha ish tutadi. Fridman pulga boʼlgan turli moliyaviy yangiliklar, moliyaviy aktivlarning daromadliligi Markaziy bank faoliyati taʼsiri ostida oʼzgarishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq shunga qaramasdan kishilar baribir pul taklifini nazorat qiluvchi sarmoyalarning barqarorligi saqlanib qolgan davrda oʼz pul mablagʼlarini yalpi milliy mahsulot 1(YaMM)ning biror muayyan ulushi darajasida ushlab turishga harakat qiladilar. Аgar pulga boʼlgan talab barqaror miqdor boʼlsa, unda Markaziy bank taklifni barqaror saqlab qolgan holda jami talab ham barqaror boʼladi. Shunday qilib, bank zaxiralarining oʼsish surʼa tlarini va pul taklifini boshqarish Markaziy bankning muhim vazifasi boʼlishi lozim.
Bundan davlatning jami talabni boshqarish buyicha ikki siyosati, yaʼni fiskal va kredit-pul siyosatlari kelib chiqadi. Iqtisodiyotni boshqarishning monetar yondashuviga muvofiq bozor mexanizmi kamchiliklarini toʼgʼrilash emas, balki uning ishlashi uchun eng yuksak darajada barqaror moliyaviy sharoitlarni taʼminlash muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadda pul birligi xarid kuchi va valyuta kursi barqarorligi ular uchun muhim jihatlardir.




Download 192.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling