Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli. Reja: Kirish


Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazaryaning neokilassik modeli


Download 192.69 Kb.
bet5/9
Sana23.02.2023
Hajmi192.69 Kb.
#1225299
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abbosjon 12345 (3)

3. Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazaryaning neokilassik modeli.
Bugungi kunda iqtisodiyotni monetar boshqarishning pul nazariyasi, inflyatsiya bilan kurash muammolari 1976 yilgi Nobel mukofoti sovrindori amerikalik Milton Fridman boshliq Chikago maktabi olimlari tomonidan zoʼr berib ishlab chiqilmoqda. Monetar nazariya burjua iqtisodiy nazariyasi shakllanishi paytida paydo boʼldi. Oʼsha mahalda―pul neytralligi kontseptsiyasi umumiy iqtisodiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi―boʼlmasligini va demak, kapitalizmning hayotbaxshliligini isbotlashda asos boʼlib xizmat qilgan edi. XX asrning 20-yillarida boshqarishning monetar usullari koʼpchilik iqtisodchilar tomonidan―abadiy farovonlikka erishish vositasi sifatida baholandi. Аmmo mazkur usul 30-yillar sinoviga bardosh bera olmadi. Hatto ular 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqirozning va undan soʼng uzoq davom etgan tanazzulning asosiy sabablaridan biri boʼldi. Xuddi mana shuning uchun pul keynscha modelning muhim tarkibiy qismi boʼlsa ham ushbu modelning koʼplab oʼziga xos jihatlari monetar omillar taʼsirini yetarlicha eʼtiborga olmadi. Pul jarayonlarining bunday nazarga ilinmasligi, ularning mumkin boʼlgan taʼsirini mensimaslik iqtisodiy siyosat masalalari boʼyicha tavsiyalarda yorqin namoyon boʼldi, ushbu tavsiyalar sarmoyalar mulьtiplikatorining sodda sxemasiga asoslangan edi. Biroq kamomadli moliyaviy taʼminlash amaliyoti pul sohasi beqarorligiga va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi. Shuning uchun 50-yillardan boshlab monetar tahlilni faollashtirish zarurati paydo boʼldi. Аyniqsa, 1971-1973 yillardagi iqtisodiy hamda valyuta inqirozlari inflyatsiya bilan kurashning va iqtisodiyotni boshqarishning monetar usullarini dolzarb qilib quydi.
Аyni 50-yillarning boshlaridan pul nazariyasi keynschilar va M. Fridman boshliq monetarchilar oʼrtasidagi kurash maydoniga aylandi. Monetarchilar7 pulni xoʼjalik tuzilmasining muhim qismi, pul-kredit siyosati esa iqtisodiyotni boshqarishning eng samarali usuli, deb hisoblaydilar.
U inflyatsiyani sof pul muammosi sifatida koʼrib chiqdi. Uning fikricha, bu muammoni monetar tadbirlar tizimi yordamida hal qilish mumkin. Monetar nazariya tahlil sohasi boʼlib, u iqtisodiy muvozanat va oʼsishning umumiy muammolari hamda pul va bank mexanizmi ishlashi maxsus masalalari qoʼshilgan joyda yotadi. Monetar soha pul agregati koʼrsatkichlari oʼrtasidagi sababiy va funktsional bogʼliqliklar, shuningdek, ularning xoʼjalik tizimi monetar elementlari bilan oʼzaro taʼsiri muammolari, uning asosiy yoʼnalishi boʼlib xizmat qiladi. Monetar siyosat tushunchasi deganda esa davlatning pul-kredit sohasida boshqaruvchilik tadbirlari majmui tushuniladi. Shuning uchun keynschilik va monetarizm bahsida asosiy eʼtibor pulning ahamiyatiga va pul-kredit sohasidagi siyosatga qaratiladi. Masalan, keynscha yondashuv iqtisodiy konʼyunktura va xoʼjalik rivoji surʼatlari ragʼbatlantirilishini kundalik boshqarish vositasi sifatida puldan tezkor foydalanish gʼoyasini oʼzida aks ettiradi. Monetarizm pul sohasida bunday harakatlarni qoralaydi. Monetarizm tarafdorlarining fikriga koʼra, bunday siyosat xoʼjalik ziddiyatlari va mutanosibliklari kuchayishiga hamda bozorning oʼz-oʼzidan barqarorlashtiruvchilar harakatining qiyinlashuviga olib keladi. 2017 yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yoʼlga qoʼyildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish boʼyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Ularda chet el kompaniyalari, xorijiy kapital ishtirokidagi qoʼshma korxonalar va kichik tadbirkorlik korxonalari faoliyat koʼrsatmoqdalar. Oʼzbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomasida8 Biz, avvalo, chetdan kredit va sarmoyalar olib kelish boʼyicha samarali tizim yaratishimiz, har bir kreditni aniq ishlatishni oʼrganishimiz lozim. Bu masalada yetti oʼlchab, bir marta kesadigan, oqibatini puxta oʼylab ish olib boradigan davr keldi. Shu nuqtai nazardan, davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash oʼta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun Oʼzbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish boʼyicha kuchli milliy gʼoya, milliy dastur kerak. Ushbu dasturi hisoblanadi.
Oʼzbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkon yaratishi lozim.- deb muhim vazifani belgilab berdi. Mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnika, texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni oshirish orqali iqtisodiyot da tarkibiy oʼzgartirish va diversifikatsiyalashni davom ettirish davlat ning tarkibiy-investitsiyaviy siyosatining ustuvor vazifalaridan biri boʼlib qoladi. Bir meʼyorda qilingan mehnatning natijalari qishloq xoʼjaligida tabiiy taʼsirlar natijasida turlicha boʼladi. Uning mahsulotlarini uzoq vaqt saqlash imikoniyatlari cheklangan. Natijada, qishloq xoʼjaligi oʼz mahsulotlarini tezlikda sotishga majbur boʼladilar. Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari bilan juda koʼplab tadbirkorlar shugʼullanganliklari uchun ularga narx erkin, talab va taklif asosida shakllanadi. Bu narxlar koʼpincha qishloq xoʼjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun foydali boʼlmaydi. Shu sabablarga koʼra qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan tartibga solib turish va qoʼllab-quvvatlash zarurati mavjud. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari yaxshi rivojlangan ilgʼor xorijiy davlatlar tajribasi shuni koʼrsatadiki, qishloq xoʼjaligi tarmogʼi davlat tomonidan tegishli qonun-qoidalar asosida tartibga solib turilishi va qoʼllab-quvvatlanishi lozim.
Umuman olganda, qishloq xoʼjaligini markazlashgan rejalar asosida davlat tomonidan maʼmuriy usullar orqali boshqarish tamoyillaridan voz kechib, bu sohaga erkin bozor munosabatlari kirib kelayotgan bir paytda davlatning agrar ishlab chiqarish munosabatlariga aralashuvi hayotiy zaruratga aylanadi. Erkin bozor tarafdorlari agrar sohaga xos boʼlgan bir qator xususiyatlarga (qishloq xoʼjalik mahsulotlari bozorida sof raqobat imkoniyatlarining mavjudligi, agrar ishlab chiqarishga xos boʼlgan tabiiy – biotexnologik omillar dehqonlardan mustaqil qarorlar qabul qilishni talab etishi va boshq.) tayanib, bu tarmoqda erkin bozor munosabatlari amal qilishi uchun qulay shart – sharoitlar mavjud, degan gʼoyani ilgari suradilar. Ularning fikricha, bozorning oʼz – oʼzini tartibga sola olish xususiyati, agrar iqtisodiyotga davlat aralashuvini talab etmaydi va bunga zaruriyat ham yoʼq. Mustaqil xoʼjalik yuritish va tadbirkorlik erkinligi esa bozor sharoitida fermerlarning yuksak surʼatlar bilan rivojlanishiga olib kelishi kerak. Qishloq xoʼjaligini davlat tamonidan tartibga solish va qoʼllab – quvvatlash zaruratini dastavval qishloq xoʼjaligining oʼziga xos xususiyatlari bilan bogʼliq holda qaramoq maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xoʼjaligi murakkab biotexnik texnologik hamda ijtimoiy – iqtisodiy tizim sifatida tavsiflanadi. Unda tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy xarakterdagi omillar bilan birgalikda yer, suv, oʼsimlik va chorva mollari organizm, yorugʼlik, issiqlik, havo, tabiiy iqlim va joʼgʼrofiy joylashuv kabi tabiiy omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish jarayonida turli tavsifdagi ushbu omillar uygʼunlashib ketadi. Ishlab chiqarish – xoʼjalik faoliyatiga taʼsir koʼrsatuvchi omillarning serqirraligi va murakkab tizimdan iboratligi qishloq xoʼjaligi korxonalarining samarali faoliyat koʼrsatish imkoniyatlarini cheklaydi. Xususan, ishlab chiqarish tabiiy omillarning bir qismini (ob-havo, tabiiy-iqlim sharoiti) boshqarish dehqonlarning imkoniyatlar doirasidan tashqari boʼlib, ularni oldindan rejalashtirib yoki oldini olib boʼlmaydi. Аmmo, bu omillarning qulay yoki noqulay sharoitlarda kelishi xoʼjalikning yakuniy moliyaviy natijalariga kuchli taʼsir koʼrsatadi. Qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishining tabiiy iqlim sharoitiga (jonli organizmlar, jugʼrofiy muhit, ob-havo va boshq.) bogʼliqligi dehqonlar faoliyati ragʼbatlantirish va sugʼurtalash kabi bir qator himoya vositalarni yaratishni talab qiladi. Dehqon manfaati tomonidan yondashsak, yil davomida mahsulot yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar tabiiy ofat va qurgʼoqchilik tufayli bekorga sovurilishi mumkin. Bunday paytlarda uning koʼrgan zararini qisman boʼlsada qoplamaslik kelgusi yil hosiliga ham taxdid soladi.di.


Download 192.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling