Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli. Reja: Kirish


Download 192.69 Kb.
bet3/9
Sana23.02.2023
Hajmi192.69 Kb.
#1225299
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abbosjon 12345 (3)

1-rasm. Davlatning iqtisodiyotni tartiblash predmetlari2
Shuning uchun ular fiskal siyosatning resurslarni qayta taqsimlash va barqarorlashtirish vositasi sifatidagi ahamiyatiga kam eʼtibor beradilar. Ularning fikricha, siqib chiqarish effekti sababli fiskal siyosat mutlaqo yaramaydi. Ular quyidagicha fikr yuritadilar: davlat obligatsiyalar sotib, yaʼni pulni aholidan qarzga olib, byudjet kamomadini hosil qiladilar. Bunda davlat fondlar uchun xususiy biznes bilan raqobatli kurashga kirishadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”3ni muhokama qilish jarayonida quyidagi fikrlarni bildirdi “Biz kelgusi faoliyatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks va jadal rivojlantirish orqali zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirishga eng asosiy e'tibor qaratishimiz shart", dedi Prezident va strategiyaning iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur'atlarini ta'minlash yo‘nalishi bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Shu tariqa davlat qarzlari pulga boʼlgan talabni kengaytiradi, foiz stavkasini oshiradi va, demak, koʼp miqdordagi xususiy kapital mablagʼlarni siqib chiqaradi, aks holda ular foydali boʼlar edi. Demak, monetarchilar fikricha, byudjet kamomadining jami xarajatlarga boʼlgan taʼsiri pirovard natijasini oldindan aytib boʼlmaydi yoki u sezilmaydi. Аgar kamomad yangi pullarni muomalaga chiqarish bilan qoplansa, siqib chiqarish effekti sodir boʼlmasligi mumkin va kamomaddan soʼng iqtisodiy faoliyatning kengayishi yuz berishi mumkin. Аmmo bunday kengayish faqat qoʼshimcha pullar yaratish tufayligina amalga oshadi.
Monetarizm nazariyasiga muvofiq iqtisodiy beqarorlik aksariyat hollarda iqtisodiyotning ichki oʼzgaruvchanligiga nisbatan notoʼgʼri pul-kredit boshqarilishi tufayli yuzaga keladi: birinchidan, oʼzgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U shuni bildiradiki, bunda pul-kredit taʼsiri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi oʼzgarishlar nominal SMMga uzoq va nomaʼlum vaqt oraligʼidan soʼng taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun vaqt lagining nomaʼlum muddatida, monstarchilar fikricha, iqtisodiyotni davriy (siklik) yuksalish va pasayishga moslashtirish uchun diskret pul-kredit siyosatidan foydalanish aksincha samara berishi va davriy (siklik) tebranishlarni kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, Federal zaxira tizimi foiz stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiyotni beqarorlashtirish va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun monetarchilar hukmron pul-kredit muassasalari foiz stavkasini barqarorlashtirish oʼrniga pul taklifi oʼsishi surʼatlarini barqarorlashtirishlari zarur, degan xulosaga keldilar. Bunga bogʼliq holda M. Fridman monetar qoidalarni qonun yoʼli bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga koʼra pul taklifi har yili YaMM oʼsishi mumkin boʼlgan surʼatda oshishi, yaʼni pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5%ga kengayishi, lozim. Demak, monetarchilar fikriga koʼra, pul taklifini berilgan surʼatda doimiy ravishda oshirib borish, xarajatlarni har qanday inflyatsiya yoʼli bilan oshirish mablagʼlar yetishmasligi tufayli oʼz-oʼzidan yoʼqolib ketadi. Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga koʼra kishilar oʼzlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular oʼzlarining pulli manfaatlariga muvofiq keladigan narsalar bilan bogʼliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yigʼadilar va ularni oʼrganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda oʼz hayotlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga yoki (qisqarishiga) olib keladi. Bu oʼzgarishlar, oʼz navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin oʼsishi yoki (pasayishi)ni belgilab beradi. Ratsional kutish nazariyasi yangi axborotlarning talab va taklif egri chiziqlarida tezda oʼz aksini topishini, shuning uchun ham muvozanat baholari va ishlab chiqarish hajmlarining bozordagi yangi holatlarga, davlat iqtisodiy siyosatidagi oʼzgarishlarga tezda moslashuvchan boʼlishini ifodalaydi. Bu oʼzgarishlar mohiyati Paretoning samaradorlik4 kriteriyalari asosida tushuntirilishi mumkin. Unga koʼra jamiyat biron-bir aʼzosining farovonligi boshqasining turmushini yomonlashuvi hisobiga yaxshilanishi mumkin boʼlmaydigan holatni vujudga keltiradigan resurslarning taqsimlanishi optimal hisoblanadi. Аyirboshlash munosabatlariga erkin kirishish imkoniyati bozorda muvozanat holatiga erishishni taʼminlaydi.
Bu muvozanatda mavjud baho darajasida tovarlarga talab miqdori ularning taklifi miqdoriga tenglashadi. Bu shunday holatki, bironta ham subʼekt yangi ayirboshlash operatsiyalari natijasida bir-birlari hisobiga yutuqqa erisha olmaydi. Bunda resurslarning taqsimlanishi optimal boʼladi, chunki iqtisodiyotda muvozanatlashuv sodir boʼladi. Demak, mukammal bozor resurslarning samarali alokatsiyani (taqsimlanishini) yaxshi taʼminlay olmaydi. Xuddi shu hol neoklassiklar nazarida bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi uchun potentsial imkoniyatlar yaratadi.


Download 192.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling