Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli. Reja: Kirish


Download 192.69 Kb.
bet1/9
Sana23.02.2023
Hajmi192.69 Kb.
#1225299
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abbosjon 12345 (3)


Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli.
REJA:
Kirish…………………………………………………………………………….2

  1. Neokilassik rivojlanishning bozor iqtisodiyotidagi o’rni………………….4

  2. Davlatning iqtisodiy siyosati to’g’risidagi nazarya va konsepsiyalari…….9

  3. Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazaryaning neoklassik modeli…………………………………………………….……………….13

  4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning merkantilizim konsepsiyalari…………………………………………….……………….17

XULOSA…………………………………………………….………………….22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………....24


KIRISH
Neoklassik yoʼnalishdagi iqtisodchilar, asosan, davlatning jamiyatdagi daromadlarni odilona taqsimlash va allokatsion, yaʼni iqtisodiyotdagi resurslarni samarali joylashtirish maqsadidagi vazifalarini tadqiq qiladilar. Bozor iqtisodiyotini mikroiqtisodiy tahlil qilish neoklassik modelning tadqiqot obʼekti hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning alohida isteʼmolchilar va firmalarning oʼzaro aloqadorlikdagi faoliyatining aniq holati oʼrganiladi. Neoklassiklar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega boʼlgan mamlakatlarda davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish, uning iqtisodiyotni tartibga solishini cheklashni talab qiladilar. Аmmo ular umuman iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishini butunlay inkor etmaydilar. Ularning fikricha, bozorning baho mexanizmi, regulyatori koʼp hollarda resurslarning optimal, samarali ishlatilishini taʼminlaydi. Аmmo baʼzi holatlarda bozor ulardan samarali foydalanishga erishishni taʼminlay olmaydi. Xuddi ana shunday holatlarda davlat allokatsiya (taqsimlash)ni yaxshilab, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni taʼminlashda ijobiy rol oʼynashi mumkin ekan.Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga koʼra kishilar oʼzlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular oʼzlarining pulli manfaatlariga muvofiq keladigan narsalar bilan bogʼliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yigʼadilar va ularni oʼrganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda oʼz hayotlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga yoki (qisqarishiga) olib keladi. Bu oʼzgarishlar, oʼz navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin oʼsishi yoki (pasayishi)ni belgilab beradi.
Ratsional kutish nazariyasi yangi axborotlarning talab va taklif egri chiziqlarida tezda oʼz aksini topishini, shuning uchun ham muvozanat baholari va ishlab chiqarish hajmlarining bozordagi yangi holatlarga, davlat iqtisodiy siyosatidagi oʼzgarishlarga tezda moslashuvchan boʼlishini ifodalaydi.
Bu oʼzgarishlar mohiyati Paretoning samaradorlik kriteriyalari asosida tushuntirilishi mumkin. Unga koʼra jamiyat biron-bir aʼzosining farovonligi boshqasining turmushini yomonlashuvi hisobiga yaxshilanishi mumkin boʼlmaydigan holatni vujudga keltiradigan resurslarning taqsimlanishi optimal hisoblanadi. Аyirboshlash munosabatlariga erkin kirishish imkoniyati bozorda muvozanat holatiga erishishni taʼminlaydi.
Bu muvozanatda mavjud baho darajasida tovarlarga talab miqdori ularning taklifi miqdoriga tenglashadi. Bu shunday holatki, bironta ham subʼekt yangi ayirboshlash operatsiyalari natijasida bir-birlari hisobiga yutuqqa erisha olmaydi. Bunda resurslarning taqsimlanishi optimal boʼladi, chunki iqtisodiyotda muvozanatlashuv sodir boʼladi. Demak, mukammal bozor resurslarning samarali alokatsiyani (taqsimlanishini) yaxshi taʼminlay olmaydi. Xuddi shu hol neoklassiklar nazarida bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi uchun potentsial imkoniyatlar yaratadi. Ushbu oqim tarafdorlari jamoatchilik neʼmatlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni davlatning eng muhim iqtisodiy vazifasi deb qaraydilar. Bu neʼmatlarga milliy mudofaa, jamoatchilik tartibotini saqlash, atrof-muhitni nazorat qilish, taʼlim, sogʼliqni saqlash va boshqalar uchun zarur boʼlgan tovar va xizmatlar kiradi. Bunday neʼmatlarni ishlab chiqarish davlat korxonalarida toʼplanishi yoki ularni isteʼmol qiluvchilardan soliq olish orqali toʼplangan mablagʼlarni xususiy korxonalarga buyurtma berishga, ularni ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishga yoʼnaltirilishi mumkin.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga bogʼliq boʼlmagan, undan tashqarida boʼlgan atrof-muhitning yomonlashuvi bilan bogʼliq munosabatlar ham neoklassiklar nuqtai nazariga koʼra davlat tomonidan tartibga solinishi lozim.
Neoklassik yoʼnalish tarafdorlari kapitalning erkin oqib turishi uchun ham toʼsiqlarni bartaraf etish maqsadida davlatning tartiblash mexanizmi zarur ekanligini taʼkidlaydilar.


Download 192.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling