Mavzu. Iqtisodiyotni globallashuvi va global raqobat reja: Jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Global miqyosida mamlakatlarning raqobatdoshligi


Download 43.51 Kb.
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi43.51 Kb.
#1121013
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 5

4. Global miqyosida mamlakatlarning raqobatdoshligi


Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash. Mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin.
Mamlakatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Tarixan mamlakatlarning raqobatbardoshliga konsepsiyasi milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimoti va xar bir mamlakatning xalqaro savdodagi rolini asoslab beruvchi qiyosiy ustunliklari (arzon mehnat, boy tabiiy resurslar, qulay jug‘rofiy, iqlim, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan.
Mamlakatlararo raqobatbardoshlik sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda Jahon iqtisodiy forumining raqobatbardoshlik bo‘yicha har yillik ma’ruzalarida chop etiladigan ishlanmalari ajralib turadi (“The S1oba1 Somretitiveness Rerogt”). Jahon Iqtisodiy Forumi (JIF)ning mamlakatlar raqobatbardoshligini baholash metodikasi amaliyotda keng qo‘llanidadigan metodikalardan biri bo‘lib, u 12 ta bo‘lim bo‘yicha guruhlashgan 188 ta ko‘rsatkichga asoslanadi.



bu erda Kcmp - mamlakat raqobatbardoshligi ko‘rsatkichi, birlik ulushi; bi - raqobatbardoshlikning i-omili ko‘rsatkichi, birlik ulushi; Pcmpi - mamlakat i-omilining absolyut qiymati; Pcmp - mamlakatning unga intilishi lozim bo‘lgan i-omilining me’yoriy (rejali) qiymati.
SHunday qilib, mamlakatning raqobatbardoshligini raqobatbardoshlikning eng muhim omillarini hisobga olgan holda hisoblab chiqish mumkin - bu, birinchidan. Ikkinchidan, mazkur formulada mamlakatda raqobatbardoshlikning real holati hisobga olingan va u me’yor bilan, ya’ni jahondagi eng yaxshi ko‘rsatkich bilan taqqoslanadi.
Mamlakat raqobatbardoshligi omillari (ko‘rsatkichlari)ning tahlili milliy iqtisodiyotlar rivojlanishning jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda ular ichidan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga va uning raqobatbardoshligini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatuvchi asosiylarini aniqlash imkonini beradi, xususan, inson salohiyatini rivojlantirish (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy soha), fan-texnika inqilobi, innovatsiyalarni rivojlantirish va h.k.
Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash uchun dastlab axborotni yig‘ish va uning ishonchliligini tekshirish, so‘ngra keyingi bosqichda mamlakat unga intilishi lozim bo‘lgan raqobatbardoshlik darajasining me’yorlarini belgilash zarur. Ushbu holatda biz milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun qaysi yo‘nalishda ish olib borish lozimligini aniqlash maqsadida jahondagi eng yaxshi xisoblangan me’yorlarni ko‘zda tutishni tavsiya etgan bo‘dar ediq.
Masalan, mamlakat raqobatbardoshliga ko‘rsatkichi 0,72 ga teng - bu shuni anglatadiki, mamlakat iqtisodiyotida optimal 1,0 qiymatga erishish uchun etarlicha zahiralar mavjud. SHuni ta’kidlash lozimki, turli ko‘rsatkichlar jahondagi eng yaxshi ko‘rsatkichlarga qaraganda katta yoki kichik qiymatga ega bo‘lishi mumkin, chunki har bir mamlakat o‘z xususiyatiga va mamlakat uchun qandaydir optimal qiymatga ega, ya’ni mamlakat barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi mumkin emas.
Lekin ta’kidlash joizki, me’yoriy ko‘rsatkichlar sifatida hukumat tomonidan ko‘zlangan maqsadlar va respublika iqtisodiyotini rivojlantirish davlat dasturlaridan kelib chiqib prognoz ko‘rsatkichlarini olish mumkin. Bu mamlakat raqobatbardoshligini baholashga nisbatan yondashuvga, hukumat umidi va uning iqtisodiy siyosatiga bog‘liq. SHunday qilib, mamlakat raqobatbardoshligining me’yoriy ko‘rsatkichlari - bu strategik ko‘rsatkichlar. Kelajakda mamlakat raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash me’yorlariga ega bo‘lgan holda iqtisodiyot rivojlanishni istalgan vaqtga bashorat qilish mumkin.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligi 0,42 birlik deb baholanmoqda. Ta’kidlash lozimki, bu juda past ko‘rsatkich bo‘lib, bir tomondan, O‘zbekistonda raqobatbardoshlikni oshirish uchun katta salohiyat mavjudligidan dalolat beradi. Ikkinchi tomondan, biz unga "Mamlakat aholisi turmushining sifati", "Mamlakatda bozor o‘zgarishlarining darajasi", "Hayot kechirish muhimining sifati va xavfsizligi" kabi mamlakat raqobatbardoshligining tarkibiy qismlarini kiritmagan mazkur ko‘rsatkich, hatto miqdoriy qismlar bo‘yicha ham, biz nihoyatda ortda qolayotganligimizdan dalolat berib turibdi. Bu hol O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligani oshirish borasida respublika milliy xo‘jaliganing qiyosiy ustunliklaridan foydalanish asosida, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish maqsadiga yo‘naltirilgan davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirish zarurligini yana bir bor tasdiqlab turibdi. Boshqacha aytganda, qiyosiy ustunliklarga tayanib va ularni monand uyg‘unlashtirgan holda respublika iqtisodiyotining raqobat jihatdan ustunliklarini jadallik bilan rivojlantirish zarur.
Tayanch iboralar: globallashuv, global raqobat, raqobatbardoshlikning milliy rombi, mahalliy raqobat, xududiy rivojlanish, raqobatbardoshlik strategiyasi, xususiy sarmoya, xalqaro raqobat, turdosh va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar.



1 Портер М. Коякуренция.: Пер. с англ. - М.: Издательский дом "Вильямс", 2002. С. 176.

Download 43.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling