Mavzu. Iqtisodiyotni globallashuvi va global raqobat reja: Jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Download 43.51 Kb.
bet2/5
Sana25.01.2023
Hajmi43.51 Kb.
#1121013
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 5

1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayonidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanadi:


- tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk ob’ektlari xalqaro savdosi;
- ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati;
- xalqaro moliyaviy operatsiyalar.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:
- xalqaro tovarlar va xizmatlar shplab chiqarish hajmi hamda uning o‘sish sur’atlari;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy iivestitsiyalar hajmi va dinamikasi;
- kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;
- yirik, murakkab kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyihalarning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o‘zgarishi;
- patenglar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog‘liq xalqaro operatsiyalar miqyosi; - bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi hamda dinamikasi;
- xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
- valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni quyidagi omillar ta’sirida rivojlanadi:
- iqtisodiy - xalqaro ishlab chiqarish va jahon savdosining globallashuvi;
- ijtimoiy - dunyo mamlakatlarida odatlarning birxillashishi, milliy an’analarning kuchsizlanishi;
- siyosiy - davlat chegaralarining “shaffofligi”, bir qutbli dunyoning shakllanishi;
- texnologik - transport va axborot uzatish vositalarining rivojlanishi;
- xalqaro - xalqaro iqtisodiy tashkilotlar rolining kuchayishi, xalqaro standartlarning joriy etilishi.
Globallashuv jarayoni iqtisodiy faoliyatning liberallashuvini — xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya operatsiyalariga qo‘yiladigan cheklovlarni qisqartirish yoki bartaraf etishni taqozo etadi. SHu bilan bog‘liq holda globallashuv va liberallashuv bitta jarayonning ikki tomoni hisoblanadi, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik ushbu jarayon ichidagi qarama-qarshilikni aks ettiradi. Globallashuv jarayoni ichida turli iqgisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo‘jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to‘qnash keladi. Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyoti uchun quyidagi salbiy oqibatlarni yuz aga keltirishi mumkin: — globalllashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo‘jalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga bo‘linishi bilan bog‘liq; — globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli darjada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir ko‘rsatishning an’anaviy dastaklarini o‘zgartirib yuboradi; — globalashuv ishlab chiqarish va iste’molda salbiy tashqi omillarning ommaviy tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuch li raqobat ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog‘liq uchun zararli transgen mahsulotlarni yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shutullanishlariga olib keladi. Demak, globallashuv - bu ob’ektiv, murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, uning asosini jahon iqgisodiyotining integratsiyalashuv, transmshshiylashuv va baynanmilallashuv jarayonlari tashkil etadi.
Globallashuv jarayonlari o‘z ahamiyati va natijalariga ko‘ra faqat iqtisodiy soha bilan cheklanib qolmaydi. Globallashuv bugungi kunda ma’lum ma’noda o‘z mazmuniga o‘xshash, biroq uni inkor qiluvchi jarayon, ya’ni aynan: iqtisodiy faoliyatni mintaqalashtirish - uyushma tashkil etgan, kam yoki ko‘p miqdorda savdo erkinlashuvi, muvofiq integratsiya guruhi doirasida kapital va insonlarning harakati yuz berayotgan mamlakatlar guruhini qamrab olgan cheklangan ko‘lamdagi globallashuv bilan birga kuzatiladi.
Iqtisodiy faoliyatning globallashuv jarayoni asosan ikki xil: mikro- va makroiqtisodiy darajada rivojlanmoqda.



Download 43.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling