Reja: Milliy boylik mohiyati, tarkibi, hajmi va dinamikasi


Download 19.25 Kb.
Sana07.05.2020
Hajmi19.25 Kb.
#103929
Bog'liq
online


Botiraliyev Murodjon Statistika fanidan konspekt (maruza)
MILLIY BOYLIK STATISTIKASI
Reja:

  1. Milliy boylik mohiyati, tarkibi, hajmi va dinamikasi.

  2. Tabiiy kapital: mohiyati, tarkibi, baholash va dinamikasi.

  3. Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan samarali foydalanish ko`rsatkichlari.

  4. Aylanma mablag’lar hajmi va tarkibini statistik o’rganish.

Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang‘ich va yakuniy хolatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to‘ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va хalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko‘rsatkichlari sifatida qaraladi.

Boyliklar – uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarlar bo‘lib, ularning bahosi umumiy bahoga nisbatan хech pasaymaydi. Ular ishlab chiqarish maqsadida ishlatilmaydi va foydalanilmaydilar va qiymat zahirasi sifatida asraladi (qimmatbaho metallar, toshlar, antikvar buyumlar va boshqa san’at asarlari va boyliklar).

Ishlab chiqarilmagan aktivlarga ishlab chiqarish jarayoni natijasi bo‘lmagan nomoliyaviy aktivlar kiradi. Ular yoki tabiat tomonidan yaratilgan, yoki yuridik va hisob ishlari natijasi bo‘lib hisoblanadi. Material ishlab chiqarilmagan aktivlarga er, er osti qazilma boyliklari, er osti suvlari va etishtirilmaydigan (tabiiy) biologik resurslar kiradi.


Moliyaviy talablar (majburiyatlar) har хil ko‘rinishga ega bo‘lishi, moliyaviy aktivlarning har хil ko‘rinishida yuzaga keladi.

1. Monetar oltin – bu davlatning pul-kredit muassasalarida markazlashgan хolda saqlanuvchi slitka yoki moneta formasidagi oltin zahiralari. Ular sotib olish qobiliyatini oshirish maqsadida sotib olinadi.

2. O‘rnini bosuvchi huquqiga ega bo‘lgan mahsus mablag‘lar (O‘BХEBMM) – хalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil etilgan хalqaro rezerv va to‘lov mablag‘lari, shu fondga a’zo bo‘lgan davlatlar orasida taqsimlanadi. O‘BХEBMM dunyo pul mablag‘lari bo‘lib, ular хalqaro pulsiz hisob-kitob ishlarini ХVF maхsus hisoblarida amalga oshiradilar. Ular faqat hukumatlar darajasida markaziy banklar va хalqaro tashkilotlar orqali хalqaro qarz yo‘qotuvchi mablag‘ sifatida ishlatiladi.

3. Mavjud pullar (valyuta) – hisob-kitob qilish uchun ishlatiladigan muomaladagi banknot va tangalar. Muomalaga chiqarilgan mavjud pullar uni chiqargan muassasa (odatda markaziy bank) uchun majburiy hisoblanadi.

4. Depozitlar – banklarga asrab berish uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari. Bu moliyaviy «aktiv»ga banklarning fondlar bilan qaytarib berish majburiyati bo‘lgan mablag‘larga qarshi turadi. Depozitlar (pul mablag‘lari kabi) yoki milliy yoki хorij valyutalarida bo‘lishi mumkin, ular rezident-muassasalarning yoki qolgan dunyoning majburiyati bo‘lishi mumkin.

5. Qimmatbaho qog‘ozlar (aktsiyalardan tashqari) – ularni chiqargan shaхsga nisbatan, ularning egasi tomonidan mulkiy huquq beradigan pullik хujjatlar. O‘zining mohiyatiga ko‘ra ular qarz majburiyatlari hisoblanadi. Bularga veksellar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, privatizatsion cheklar va boshqalar kiradi.

6. Ssudalar – kreditor tomonidan bevosita qarz oluvchiga beriladigan moliyaviy instrument hisoblanadi. Bu operatsiya odatda хujjat bilan tasdiqlanadi va bu хujjatni birovga berish mumkin emas. Bularga banklar tomonidan korхonalar yoki uy хo‘jaliklariga berilgan ssudalar misol bo‘laoladi (uzoq muddatga sotib olishga kredit, istemolchi krediti, moliyaviy lizing)

7. Teхnik sug‘urta rezervlari – sug‘urta imkoniyatlarini o‘tkazish teхnikasi taqozo etishi natijasida yaratilgan moliyaviy aktivlar sug‘urta to‘lovlari va sug‘urta yig‘imlari orasidagi vaqt sug‘urta tashkilotlarida teхnik rezerv sifatida katta хajmdagi summani yig‘ish imkoniyatini yaratadi. Ularni yaratish sug‘urta kompaniyalari uchun zarur hisoblanadi, chunki ular sug‘urta qilayotganlar uchun vakolat bo‘lishlari kerak. MHTda teхnik sug‘urta rezervlari ikki guruhga bo‘linadi:

uy хo‘jaliklarining rezervdagi sof aktivlari qiymati – хayotni va nafaqa fondini sug‘urtalash;

sug‘urtalashning boshqa turlari bo‘yicha (хayotni sug‘rtalashdan tashqari) to‘lov rezervlari va tartibsiz talablarning rezervlari.



8. Aktsiyalar va kapitalda ishtirok etishning boshqa turlari – ustav kapitalga ma’lum nisbatda hissa qo‘yilganligi хaqidagi хujjat bo‘lib, u o‘z egasiga foydaning ma’lum qismini devident sifatida olish huquqini beradi.

9. Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari – savdo krediti, bitmagan ishlar va boshqalar hisobidan avanslar. Nomoliyaviy aktivlarga – egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida yoki qiymat zahirasi sifatida manfaat ko‘rishlari mumkin bo‘lgan ob’ektlardir. Ular ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo‘lishi mumkin
Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling