Mavzu: Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal qilishi Kirish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo‘jaligi sub'yektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub'yektlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti sub'yektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar egalari 15 ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy sub'yektlarini uchta guruhga bo‘lib o’rganamiz: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. Uy xo‘jaliklari - iqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi. Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ba'zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda shuni ko’rishimiz mumkinki bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub'yekti sifatida banklar ham ajratib ko‘rsatiladi 10 . Bank - iqtisodiyotning me'yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasidir. Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub'yektlarining o‘zaro ta'siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalashimiz mumkin (1.2- chizma). Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismga bo’lib o’rganamiz: narx, talab va taklif hamda raqobat. 16 Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilariga quyidagilarni kiritib o’tishimiz mumkin: - turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi; - tadbirkorlik va tanlov erkinligi; - raqobat kurashning mavjudligi; - davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; - korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi. 1.2-rasm. Bozor xo‘jaligi sub'yektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli. Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratib o’rganishimiz zarur. Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. Uning asosiy belgilari quyidagilar bo’lib hisoblanadi: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi. Bank Davlat Uy xo’jaligi Korxona (firma) 17 Zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari quyidagi chizmada farqlab o’tamiz. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari Mezonlar Davlat dasturlarining maqsadga yo’naltirilganlig i Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari Davlat sektorining iqtisodiyotdagi ulushi Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti Fuqorolar manfaatlari ni himoya qilish Uzoq muddatli dasturlarning ishlab chiqilishi 30 % Aralash iqtisodiy ot Tabirkorlikni rivojlantirish bo’yicha shart- sharoitlar yaratish Taktik usullardan ustun ravishda foydalanish 10% atrofidɚ Koorporati v iqtisodiyot Yirik ishlab chiqarish manfaatlari ni himoya qilish. Asosiy ustuvorliklar ni belgilab olish Ⱥhamiyats iz darajada Ko’rsatilgan me’zonlarga muvofiq keluvchi davlatlar Germaniya ȺQSH Yaponiya, Shvetsiya 18 Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari. Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi. Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotning umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur: • nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? • qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur? • kim uchun ishlab chiqarish zarur Agar bu savollarni umumiy ravishda qo‘yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy javobni beradigan bo‘lsak, ularni lo‘nda qilib: aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste'moli uchun zarur ne'matlarni ishlab chiqarish, deb javob berishimiz mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o‘ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida: a) ko‘proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi; b) puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; v) yuqori foyda olishni ta'minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling