Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiyalar qo‘yidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
erkin savdo hududi;
bojxona ittifoqi;
umumiy bozor;
iqtisodiy ittifoq;
to‘liq iqtisodiy integratsiya.
Erkin savdo hududi – iqtisodiy integratsiyalarning boshlang‘ich darajasi bo‘lib, u mamlakatlarning soliq to‘lashda maxsus imtiyoz tartibiga amal qiladigan alohida hududidir. Unga kiritilgan tovarlar boj va kvotalar to‘lovidan ozod etiladi va bojxona nazoratidan xoli bo‘ladi

Bojxona ittifoqi – ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo‘yicha o‘zaro chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o‘azro kelishuvi.
Umumiy bozor-iqtisodiy integratsiyaning hammadan ko‘proq rivojlangan turi.
Iqtisodiy ittifoq – integratsiyaning oliy formasi bo‘lib, bunda qatnashuvchi mamlakatlar o‘z iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan pul, soliq va ijtimoiy siyosatlarini, shuningdek savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya ko‘chib yurishiga nisbatan siyosatni muvofiqlashtiradilar.

To‘liq iqtisodiy integratsiya – a’zo mamlakatlar guruhlari yagona iqtisodiy siyosatini o‘tkazilishida qarab chiqilgan tiplari aralashadi.
Chet el investitsiyalari - bu boshqa mamlakatlar kompaniyalari tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga pul va boshqa moddiy boyliklar kiritilishi. Bunday investitsiyalar nafaqat uzoq muddatli, balki investorga qabul qiluvchi kompaniyaning ishini boshqarishga - boshqaruvga bevosita ta'sir ko'rsatishga imkon berishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |