Mavzu: isbotlashda elektron ma’lumotlar va axborot texnologiyalaridan foydalanish kirish Asosiy qism


Download 30.04 Kb.
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi30.04 Kb.
#1461760
1   2   3
Bog'liq
gggkl

Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar yetkazmokchi bo’lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identi­fikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborot ximoyalanishi kerak.
Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o’g’irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;
konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
yaxlitlik — axborot boshlang’ich ko’rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o’zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan xam axborotning ega­si ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab ka­tegoriya, lekin elektron biznesda keng qo’llaniladi. Kerak bo’lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
ishonchlilik — tizim meyoriy va g’ayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek o’zini tutishlik kafo­lati;
aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to’liq bajarish kafolati;
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;
• qasddan buzilishlarga to’sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o’zini tutishi.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;
- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chikish va kullashda sub’ektlarning xukuklarini ta’minlash.
Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar
Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi katta emas edi. Hozirda, xujumlar sonining doimo o’sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog’liqligi sharoitida mashina vaqtining yo’qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi.
Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida dunyo miqyosidagi yo’qotishlar 2002 yildagi barcha yo’qotishlar yig’indisining 50%ini tashkil etgan, yoki bo’lmasa 2006 yilning o’zida Rossiya Federeatsiyasida 14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan.

2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar.


Korporativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
- kompyuterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot hajmining oshishi;
- ma’lumotlar bazasida muhimlik va mahfiylik darajasi turli bo’lgan axborotlarning to’planishi;
- ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va hisoblash tarmoq resurlaridan foydalanuvchilar doirasining kengayishi;
- masofadagi ishchi joylar soninig oshishi;
- foydalanuvchilarni bog’lash uchun Internet global tarmog’ini va aloqaning turli kanallarini keng ishlatish;
- foydaluvchilar kompyuterlari o’rtasida axborot almashinuvining avtomatlashtirilishi.
Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi. Oldindan shuni aytish mumkinki, so’z barcha axborot xususida emas, balki uning faqat, mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatiga ega bo’lgan qismi xususida ketyapti.
Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo’ladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta’minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi.
Tez-tez bo’ladigan va xavfli (zarar o’lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma’murlarning va korporativ axborot tizimlariga xizmat ko’rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari kiradi. Ba’zida bunday xatoliklar (noto’g’ri kiritilgan ma’lumotlar, dasturdagi xatoliklar sabab bo’lgan tizimning to’xtashi yoki bo’zilishi) to’g’ridan to’g’ri zararga olib keladi. Ba’zida ular niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin bo’lgan nozik joylarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Global axborot tarmog’ida ishlash ushbu omilning yetarlicha dolzarb qiladi. Bunda zarar manbai tashkilotning foydalanuvchisi ham, tarmoq foydalanuvchisi ham bo’lishi mumkin, oxirgisi ayniqsa xavfli.
Zarar o’lchami bo’yicha ikkinchi o’rinni o’g’irlashlar va soxtalashtirishlar egallaydi. Tekshirilgan holatlarning aksariyatida ishlash rejimlari va himoyalash choralari bilan a’lo darajada tanish bo’lgan tashkilot shtatidagi xodimlar aybdor bo’lib chiqdilar. Global tarmoqlar bilan bog’langan quvvatli axborot kanalining mavjudligida, uning ishlashi ustidan yetarlicha nazorat yo’qligi bunday faoliyatga qo’shimcha imkon yaratadi.
Xafa bo’lgan xodimlar (hatto sobiqlari) tashkilotdagi tartib bilan tanish va juda samara bilan ziyon yetkazishlari mumkin. Xodim ishdan bo’shaganida uning axborot resurslaridan foydalanish xuquqi bekor qilinishi nazoratga olinishi shart.
Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin qilingan urinishlar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha buzilishlarning 10%ini tashkil etadi. Bu kattalik anchagina bo’lib tuyulmasa ham, Internetda ishlash tajribasi ko’rsatadiki, qariyb har bir Internet-server kuniga bir necha marta suqilib kirish urinishlariga duchor bo’lar ekan. Xavf-xatarlar taxlil qilinganida tashkilot korporativ yoki lokal tarmog’i kompyuterlarining xujumlarga qarshi turishi yoki bo’lmaganida axborot xavfsizligi buzilishi faktlarini qayd etish uchun yetarlicha himoyalanmaganligini hisobga olish zarur. Masalan, axborot tizimlarini himoyalash Agentligining (AQSH) testlari ko’rsatadiki, 88% kompyuterlar axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan nozik joylarga egaki, ular ruxsatsiz foydalanish uchun faol ishlatishlari mumkin. Tashkilot axborot tuzilmasidan sasofadan foydalanish xollari alohida ko’rilishi lozim.
Himoya siyosatini tuzishdan avval tashkilotda kompyuter muhiti duchor bo’ladigan xavf-xatar baholanishi va zarur choralar ko’rilishi zarur. Ravshanki, himoyaga tahdidni nazoratlash va zarur choralarni ko’rish uchun tashkilotning sarf-harajati tashkilotda aktivlar va resurslarni himoyalash bo’yicha hech qanday choralar ko’rilmaganida kutiladigan yo’qotishlardan oshib ketmasligi shart.
Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muhiti ikki xil xavf-xatarga duchor bo’ladi:
1. Ma’lumotlarni yo’qotilishi yoki o’zgartirilishi.
2. Servisning to’xtatilishi.
Tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas. Ular niyati buzuq odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillarga oid qonun normalari sudlar tomonidan to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:


1. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 71-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishi bo‘yicha dalillar deganda, taraflar o‘z talablari va e’tirozlarini asoslayotgan holatlar, shuningdek ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa har qanday holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud qonunda belgilangan tartibda aniqlashi uchun asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar quyidagilardan olinishi mumkin:


taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlaridan;
guvohlar ko‘rsatuvlaridan;
yozma va ashyoviy dalillardan;
audio- va videoyozuvlardan;
ekspertlar xulosalaridan;
mutaxassislar maslahatlari (tushuntirishlari)dan.
2. Taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlari deganda, ushbu shaxslar va ularning vakillari tomonidan ish uchun ahamiyatga ega holatlar haqidagi ma’lumotlarni sudga bildirishlari tushunilishi lozim.
Taraflar, uchinchi shaxslar va ular vakillarining tushuntirishlari og‘zaki tarzda ham, yozma ko‘rinishda ham berilishi, shuningdek FPK 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yo‘li bilan olinishi mumkin.
3. Guvohlarni so‘roq qilish sud tomonidan FPK 229 — 231-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Guvohlarning dalillarni ta’minlash yoki sud topshirig‘i tartibida olingan ko‘rsatuvlari sud majlisida o‘qib eshittiriladi.
Taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar iltimosiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra, ishni ko‘rayotgan sud joylashgan joydan boshqa yerda yashovchi guvohlar sud topshirig‘i tartibida yoki videokonferensaloqa vositalaridan foydalanish orqali so‘roq qilinishlari mumkin.
Shuni nazarda tutish lozimki, fuqarolik ishi bo‘yicha vakil yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachi sifatida qatnashgan shaxs vakil yoki himoyachi vazifasini bajarganligi munosabati bilan unga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida, shuningdek jismoniy va ruhiy nuqsonlari sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga yoki ular to‘g‘risida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxs guvoh bo‘la olmaydi.
Shu bilan birga ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan qarindoshligi, xizmat bo‘yicha yoki boshqa qaramligi yoxud shaxsiy adovati borligi shaxsning ishda guvoh sifatida qatnashishiga to‘sqinlik qilmaydi. Mazkur holatlar sud tomonidan guvoh ko‘rsatuvlarini baholashda e’tiborga olinishi lozim.
4. Sudlarga tushintirilsinki, FPK 84-moddasiga muvofiq, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan o‘zga usulda olingan hujjatlar va materiallar yozma dalillar hisoblanadi.
Bir qator hujjatlar (FXDYo organlari tomonidan beriladigan guvohnomalar, notarial hujjatlar, veksellar) huquqiy shakli tartibga solingan va ular uchun muayyan himoya darajasiga ega bo‘lgan maxsus blankalar, maxsus rekvizitlar (muhr, shtami) va shakliga nisbatan boshqa talablar nazarda tutilgan bo‘lib, ular mazkur talablarga muvofiq bo‘lmaganda, shuningdek ular imzolanmagan yoki vakolat berilmagan shaxs tomonidan imzolangan hollarda, ular sud tomonidan yozma dalillar sifatida qabul qilinishi mumkin emas.
5. FPK 87-moddasiga ko‘ra, yozma dalillar sudga, qoida tariqasida, asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxada taqdim etiladi. Agar hujjatning ko‘chirma nusxasi taqdim etilgan bo‘lsa, sud zarur hollarda, uning aslini talab qilib olishga haqli. Agar ko‘rib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli bo‘lsa, uning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi taqdim etilishi mumkin. Ishga hujjatning aslini qo‘shib qo‘yish imkoni bo‘lmagan hollarda, sudya hujjatning ko‘chirma nusxasi ustiga uning asliga mosligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi.
Imzosiz xatlarda keltirilgan, shuningdek kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yoki qonun buzilgan holda olingan ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi (FPK 71-moddasining ikkinchi qismi).
FPK 80-moddasining sakkizinchi qismiga ko‘ra, faqat hujjatning yoki boshqa yozma dalilning ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlangan holatlar, basharti taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatning ko‘chirma nusxalari o‘zaro bir xil bo‘lmasa va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlashning iloji bo‘lmasa, isbotlangan deb hisoblanmaydi.
6. Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan chet davlatda olingan hujjatlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan hollardagina sud tomonidan yozma dalil deb tan olinishi mumkin va ularga umumiy asoslarda baho beriladi.
7. Ashyoviy dalillar deganda, ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan predmetlar tushuniladi. Ashyoviy dalillar sud tomonidan ko‘zdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga taqdim etiladi.
8. FPK 239-moddasiga muvofiq, yozma va ashyoviy dalillarni sudga taqdim etish imkoniyati bo‘lmaganda, ular turgan joyida kuzdan kechirilishi va tekshirilishi lozim. Yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va unga ko‘zdan kechirish paytida tuzilgan rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, fotosuratlar, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinadi.
9. Fuqarolik ishi bo‘yicha isbotlash predmeti ishni to‘g‘ri hal qilish uchun sud tomonidan aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar doirasidan iborat. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qonunda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar doirasini aniqlash, ularni muhokamaga qo‘yish, hatto taraflar bu holatlarni keltirmagan bo‘lsa ham, sudga yuklatilgan (FPK 72-moddasining ikkinchi qismi).
10. Protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillarni taqdim etish va isbotlash majburiyati taraflarga yuklatilgan. Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonunda dalillarni taqdim etish majburiyatini taqsimlashga oid umumiy qoidalardan tashqari, ayrim toifadagi ishlar uchun maxsus qoidalar ham belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlash mas’uliyati ish beruvchiga yuklatiladi, zarar yetkazishda aybi yo‘qligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish majburiyati esa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga muvofiq javobgarga yuklatiladi.
11. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin sud tomonidan hammaga ma’lum deb topilgan holatlar FPK 75-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, isbotlashni talab etmaydi. Hammaga ma’lum holat deganda, jumladan, ham taraflarga va ham ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga aniq ma’lum bo‘lgan fakt tushunilishi lozim.
FPK 75-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, fuqarolik, iqtisodiy yoki ma’muriy ish bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan faktlar aynan shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasi vaqtida yangidan isbot qilinmaydi va nizolashilishi mumkin emas.
Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi ustidan hukm chiqarilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlariga oid ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan-etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi-etilmaganligi masalalari bo‘yicha majburiydir. Hal qiluv qarorida, hukmga havola qilinishidan tashqari, taraflar tomonidan taqdim etilgan va sud tomonidan to‘plangan hamda da’vo mazmuni bo‘yicha xulosaga kelishda sud asoslangan dalillar ko‘rsatilishi lozim. Etkazilgan zarar miqdoriga doir holatlar umumiy asoslarda isbotlanishi lozim.
Notarius tomonidan notarial harakat amalga oshirilgan paytda tasdiqlangan holatlar ham, agar notarial tartibda tasdiqlangan hujjatning haqiqiyligi FPK 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan bo‘lsa, isbotlashni talab etmaydi (FPK 75-moddasining beshinchi qismi).
12. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir taraf tomonidan boshqa taraf o‘z talab yoki e’tirozlarini asoslayotgan faktlarning tan olinishi, faktlari tan olingan tarafni bu faktlarni isbotlash majburiyatidan ozod qiladi. Shu bilan birga, agar bunday faktlarga nisbatan sudda shubha paydo bo‘lsa, ular umumiy asoslarda isbotlanishi lozim (FPK 81-moddasi).
13. Protsessual qonun talablariga muvofiq, fuqarolik ishlari bo‘yicha isbotlash dalillar aloqadorligi va maqbulligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Dalillar maqbulligi qoidasi (FPK 74-moddasi) qonun bo‘yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart bo‘lgan ish holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emasligini anglatadi (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 109-moddasida belgilangan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik, nizo kelib chiqqanda taraflarni bitim tuzilganligi va uning shartlarini tasdiqlash maqsadida guvohlar ko‘rsatuviga tayanish huquqidan mahrum qiladi).
Dalillar aloqadorligi qoidasi (FPK 73-moddasi) sud tomonidan, faqat nizo predmetiga aloqador holatlarni tasdiqlovchi dalillar ko‘rishga qabul qilinishi mumkinligini anglatadi. Shunga ko‘ra, sudlar barcha hollarda, aynan qaysi holatlar ish bo‘yicha ahamiyatga ega ekanligini va guvohlar ko‘rsatuvlari, yozma yoki ashyoviy dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlab olishlari lozim.
14. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, dalillarni taqdim etish taraflarga yuklatilganligi tufayli, dalillarni taqdim etish ular uchun qiyinchilik tug‘dirgan hollarda, sud ularning iltimosiga ko‘ra, dalillar to‘plashda ko‘maklashishi lozim.
15. Biror-bir sababga ko‘ra, dalillarni ishni ko‘rayotgan sudga bevosita taqdim etish imkoni bo‘lmasa (masalan, dalillar boshqa aholi punkti hududida bo‘lsa), sud boshqa sudga ularni talab qilib olish va tekshirish bo‘yicha protsessual harakatlar o‘tkazish to‘g‘risida sud topshirig‘i yuboradi.
16. Zarur dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi, deb hisoblashga asosi bo‘lgan shaxs iltimosiga ko‘ra, sud bunday dalillarni ta’minlash bo‘yicha qonunda ko‘zda tutilgan choralar ko‘rishi lozim. Bunday choralar ish qo‘zg‘atilgunga qadar ham, qo‘zg‘atilganidan so‘ng ham va, nafaqat ishni ko‘rayotgan sud tomonidan, balki dalillarni ta’minlash bo‘yicha sud topshirig‘i yuborilgan sud tomonidan ham ko‘rilishi mumkin.
17. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zida saqlagan audio- yoki videoyozuvlar, elektron pochta yoki boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan yozishmalar sud tomonidan boshqa dalillar majmuida baholanishi lozim. Audio- yoki videoyozuvni taqdim etgan yoki uni talab qilib olish to‘g‘risida iltimosnoma bergan shaxs, yozuv qachon, kim tomonidan va qanday sharoitlarda (holatlarda) amalga oshirilganligini ko‘rsatishi shart, mazkur yozuvni amalga oshirgan shaxs esa, zarurat vujudga kelganda, sud majlisida so‘roq qilinishi mumkin.
Kuzatuv kameralari videoyozuvlari, bunday yozuvlar amaldagi qonun hujjatlarini buzmagan holda amalga oshirilgandagina, maqbul dalillar hisoblanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan hujjatning yoki taqdim etilgan audio-videoyozuvning qalbaki ekanligi to‘g‘risida arz qilingan taqdirda, sud mazkur arizani tekshirish uchun tegishli ekspertiza tayinlashi yoki boshqa dalillar talab qilishi mumkin.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, ekspert xulosasidan, agar u FPK talablariga qat’iy muvofiq holda tayinlangan va o‘tkazilgan sud ekspertizasi natijasi bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa, mustaqil isbotlash vositasi turi sifatida foydalanilishi mumkin. Protsessual qonun talablariga rioya qilinmagan holda olingan har qanday boshqa xulosalar isbotlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin emas.
Taraf tadqiqot predmetini (zarur materiallar va hujjatlarni) ekspertga berishdan yoki ekspertiza o‘tkazilishida shaxsan ishtirok etishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, sud qaysi taraf uzrli sabablarsiz ekspertizadan bosh tortganligi, shuningdek uning uchun o‘tkazilmay qolgan ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan fakt aniqlangan yoki rad etilgan deb topishga haqli.
19. Qonun bo‘yicha dalillarni tekshirish deganda, dalilni boshqa dalillar yordamida tekshirish, shuningdek, agar taqdim etilgan dalillarda qarama-qarshiliklar bo‘lsa, ularni aniqlash va bartaraf etish tushuniladi. Sud ish bo‘yicha qaror qabul qilishda sud muhokamasi davrida tekshirilmagan dalillarga havola qilishga haqli emas.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunda shaxsiy yozishmalar, telegraf va boshqa xabarlarni ochiq sud majlisida eshittirish yo‘li bilan tekshirishga, faqat shu yozishma, telegraf va boshqa xabarlarni o‘zaro yozishgan shaxslar roziligi bilan yo‘l quyilishi mumkinligini nazarda tutuvchi maxsus qoidalar belgilangan.
20. FPK 80-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sud ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlarni sud majlisida har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqqandan so‘ng, dalillarga o‘z ichki ishonchiga asoslanib baho beradi.
21. Har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillar majmui esa — yetarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Dalillarga baho berish mantiqiy, haqiqiy holatga muvofiq bo‘lishi, baho berish natijalari esa, sud hujjatida aks ettirilishi lozim. Agar sud hujjat qalbaki degan xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqaradi.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 80-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, hech bir dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Dalil, agar u ishning haqiqiy holatlariga muvofiq bo‘lsa, sud tomonidan qabul qilinadi, yoki, agar ularga muvofiq bo‘lmasa, rad qilinadi. Biror-bir dalilni uning ishonchsizligi sababli rad etganda, sud shu masala bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini asoslashi shart.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi ham sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas va ish bo‘yicha boshqa dalillar majmuida baholanishi lozim. Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi bilan kelishmasa, sud o‘zining kelishmasligi sabablarini sud hujjatida asoslashi shart.
22. Muqaddam qabul qilingan sud hujjati bekor qilinganidan so‘ng ishni qaytadan ko‘rishda, agar yangi sud majlisida guvohning ishtirok etishi imkoni bo‘lmasa (betobligi oqibatida, uzoq xizmat safari va boshqalar) sud ilgarigi sud majlisida so‘roq qilingan guvohning ko‘rsatuvlarini, shuningdek oldingi sud majlislarida da’voni ta’minlash (FPK 78-moddasi) va sud topshirig‘i (FPK 103, 104-moddalari) tartibida olingan yozma dalillarni o‘qib eshittirishga va boshqa dalillar majmuida baholashga haqlidir. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, mazkur qoida taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.


Xulosa
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida, yoxud kassatsiya instansiyasi sudida mazkur Kodeksning 4193-moddasiga muvofiq takroran ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.


Foydalanilgan adabiyotlar
www.lex.uz
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/14225-axborot-xavfsizligi-tushunchasi-va-axborotni-himoyalash-muammolari-axborot-kommunikatsion-tizimlar-va-tarmoqlarda-taxdidlar-va-zaifliklar

Download 30.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling