Mavzu: Ish Fartugini tikish. Maqsad: a ta'limiy maqsadi


Download 19.16 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi19.16 Kb.
#1352986
Bog'liq
Fartuk tikiw dars iwlanmasi


5- sinf
Mavzu: Ish Fartugini tikish.
Maqsad:
a) ta'limiy maqsadi – mustaqil fartuk tikishni o’rgatish.
b) tarbiyaviy maqsadi – yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash.
с) rivojlantiruvchi maqsadi – atrof muhitga e’tiborli bo’lishni o’rgatish.
d) kompetensiya elementlari: Fartukni tika oladi.
Dars turi: nazariy,amaliy
Dars metodi: guruhlarga bo’lib
Dars jihozi:
1) metodik qo’llanmalar, mato.
2)chizg’ich,qalam, qaychi, qog’oz, sm lenta, igna ,iplar.
Darsni borishi:
1) Tashkiliy qism:

  1. salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyorligini tekshirish

  2. uy vazifa va amaliy ish uchun jihozlarni tekshirish.

2) O’tilgan mavzularni yodga solish:

  1. Chiqindi matolardan choynak tagligidan tashqari yana nimalar yasashimiz mumkin?

  2. Qiyiqchalarni qay usulda taxlashimiz mumkin?


3) Yangi mavzu bayoni :
Fartuklar ayollarning kundalik turmushdagi eng zaruriy buyumlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham uni tikishni har bir qiz bilishi kerak. Chunki hech bir ishni fartuksiz bajarib bo’lmaydi. Bundan tashqari fartuk tikish aytaylik darajada qiyin emas. Ozgina sabr qilinsa tezda tikib olinadi. Va xohlaganday bezak berib o’zining dididay qilib bezasa bo’ladi. Fartukni tayyor andozasi yordamida tikish ketma – ketligi:
1.Fartukning andozasini gazlamaning buklangan joyiga ko’rsatilgan chok haqini hisobga olib joylashtirish va to’g’nog’ich taqiladi. Andoza atrofini chizib chiqish .
2. Etak ,yon va ko’krakpech qismlarining choklariga ishlov berish tikish uchun uchun chok haqini qoldirib bo’r bilan chizib chiqish .
3.Fartuk andozasining cho’ntagini ham gazlamaga joylashtiriladi. Uning chetidan chiziladi va chok haqini qoldirib bo’r bilan chizib chiqish.
4.Andoza qismlarining gazlamaga to’g’ri joylashtirilganligini tekshirish, bo’ylama ipning yo’nalishi,gullari va andoza qismidagi chok haqini to’g’ri tushirish.
5. Qoldirilgan chok haqi bo’yicha andozaning qismlarini qirqish, ya’ni bichish.
6.Andoza bichiq bilan birlashtirib turgan to’g’nog’ichlarni sug’irib andozani ajratib olish va to’g’nog’ichlarni bichilgan ikki qavatli qismlarga qadab qo’yish.
7. Fartukni bichish natijasida quyidagi detallar hosil bo’ldi.
1.Fartuk asosiy qismi- 1dona. 2.Fartukning chontagi – 1 dona.
Ishni bajarish tartibi ;
1. Fartukning o’rtasiga ko’klab, qaviqqator solish .
2.Fartukda cho’ntak o’rnini belgilash uchun salqi qaviqqator solish.
3. Salqi chokning o’rtasini qirqish –cho’ntak o’rnini belgilash .
4. Belgi va salqi choklarining to’g’riligini tekshirish.
5. Nazorat chizig’ining aniqligini tekshirish.
Yaxlit bichiqli fartukni etak qismini tikish.
1. Fartukning etak qismni qirqimining uzunligidan bir yarim baravar ko’proq bezak detal ,ya’ni to’r yoki qiya burma olinadi.
2. Agar bezak datal burmadan iborat bo’lsa uning bir tomoniga mashinada yurma qaviq bilan ishlov beriladi. 3. Bezak detallarning ikkinchi tomoniga mashinada 4 mm bahya yirikligida mashina choki yuritiladi va bu bezak detal fartukning etak qismi uzunligiga teng bo’lguncha qirqib , burma yig’iladi. 4. Tayyor bo’lgan burma yoki torning o’ng tomonini fartuk etak qismining o’ng tomonining qirqimiga qo’yib , avval qo’lda 1sm choklab chiqiladi.
5. Ko’klov choklaridan 0 ,1 sm oraliqda mashinada yurgizladi va ko’klov choklaridan 0 ,1sm oraqliqda mashinada yuritiladi va ko’klov iplari sug’irib olinadi , chok haqi yo’rmab qo’yiladi.
6. Burma o’ngiga ag’darilib to’g’rilanadi va ustidan bezak bahyaqator tikib chiqiladi . Choklariga namlik - issiqlik ishlov beriladi.
Darsni mustahkamlash
1) fartuk etak qismiga burma qanday solinadi?
2) andozani bichishga qanday tayyorlanadi?
Baholash: Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni baholash
Uyga vazifa: fartukni tikib kelish.

Download 19.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling