Mavzu: Ish joyida uchraydigan kimyoviy ta’sirlar va ularni gigiyenik baholash. Ish joyida uchraydigan zararli ta’sirlarni gigiyenik meyorga keltirish


Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash.Sanoat zaxarlari


Download 57.59 Kb.
bet2/4
Sana31.03.2023
Hajmi57.59 Kb.
#1311247
1   2   3   4
Bog'liq
Gigiyena 4

Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash.Sanoat zaxarlari. 

shlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar juda ko’p uchraydigan omillar guruhini tashkil etadi. Zamonaviy sanoat korxonalarida 60 mingdan ortiq turli xildagi va ko’rinishdagi kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar korxonalar uchun xomashyo mahsulotlari yoki ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’ladigan oraliq mahsulotlarga doir kimyoviy moddalar yoki korxonaning yakuniy mahsuloti bo’lishi mumkin.

  • Kimyoviy moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari, agregat holatlari hamda 
  •  texnologik jarayonning tabiatiga muvofiq ular ishchilar organizmiga turli yo’llar bilan kirishi mumkin. Eng muhim kirish yo’li ingalyasion ya‘ni nafas yo’li orqali kirish hisoblanadi chunki juda ko’p holatlarda kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ishchi zonasi havosi ana shu kimyoviy moddalar bilan ifloslangan bo’ladi. Buning ustiga sanoat 
  •  zaharlarining ingalatston yo’li orqali tushishidagi ta‘siri yorqinroq namoyon bo’ladi. Kimyoviy moddalar nafas orqali organizmga kirganda o’pka orqali bevosita qonga o’tadi va jigar to’sig’ini chetlab o’tib hujayra, to’qima va organlarning faoliyatiga ta‘sir ko’rsatadi. Bundan tashqari kimyoviy moddalarning ishchilar organizmiga ta‘siri og’iz bo’shlig’i, shikastlanmagan badan terisi yoki shilliq qavatlar orqali tushishi mumkin. 

Kimyoviy moddalar organizmga tushgandan keyin birinchi navbatda organizmda u yoki bu nisbatda bir xilda tarqaladi, keyinchalik esa ularning qayta taqsimlanishi natijasida moddalar organ yoki to’qimalarda to’planishi kuzatiladi. Organizmda kimyoviy moddalarning aksariyat qismi oksidlanish, qaytalanish, metillanishjarayonlari tufayli zararsizlanadi. Bu jarayonlarning ko’pchiligi jigar to’qimasida sodir bo’lganligi sababli aynan shu organ ko’proq zararli ta‘sirga duchor bo’ladi. Kimyoviy moddalarning ayrim qismi organizmdan o’zgarmagan holda chiqarib yuboriladi. Kimyoviy moddalarning chiqarilishi yoki metabolik jarayondan hosil bo’ladigan birikmalarning chiqarilishi ham jigar orqali amalga oshiriladi. Ayrimturdagi moddalargina ter bezlari, o‗pka, chiqaruv yo’llari, so’lak bezlari orqali chiqarilishi mumkin, ayrim yog’da eruvchi moddalar ona suti orqali chiqarilib, bola organizmiga kirishi ham mumkin. 


Kimyoviy moddaning tabiati, moddaning dozasi va uning ta‘sir etish muddatiga bog’liq holda organizmda o’tkir va surunkali zaharlanish holatlarini yoki
moddaning spetsifik ta‘sir samarasi kelib chiqishi mumkin. Zaharlangan holatning yuzaga kelishi bir qator gigienik xarakteristikalarga bog’liq holda bo’lishi ham mumkin: moddaning suvda yoki yog’da eruvchanligi, barqarorlik darajasi, kumulyativlik xususiyati, zaharlilik sinfi va dozasi. Kumulatsiya - kimyoviy moddaning organizmda to’planishi demak. 
Shunga muvofiq moddiy va funksional kumulatsiyalar farqlanadi. Moddiy kumulatsiya - ma‘lum bir moddaning organizmda to’planishini bildirsa, funksional kumulatsiya — moddaning ta‘sir samarasini ko’rsatadi. Moddiy kumulatsiya ko’proq kimyoviy moddaning barqarorligiga bog’liq
bo’lsa, funksional kumulatsiya moddaning zaharlilik darajasiga bog‗liqdir. 


Download 57.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling