Mavzu: Ish joyini to’g’ri tashkil etish talablari,texnika xavfsizlik qoidalari


Download 11.92 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi11.92 Kb.
#1647461
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza sirtqi

Nina bilan ishlash qoidalari.
1. Ninani ishlatib bo‘lgach, maxsus nina yostiqchaga sanchib qo‘ying.
2. Ninanni hech qachon og‘zingizga olmang.
3. Ortiqcha ninalarni ignadonda quruq holatda saqlang.
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko‘ring, yetishmagan ninalarni albatta toping.
5. Qog‘oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni albatta bigiz bilan teshib oling.
Ko‘rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz hodisa ro‘y bersa, o‘qituvchi birinchi yordamni ko‘rsatishi va maktab shifokorini chaqi-rishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bo‘lishi shart.
O‘zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qotishmalar, plastmassalar, yog‘ochlar va o‘simliklarga boy o‘lkadir. Respublika mizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, tur mush da foydalanadigan xomashyo bo‘lishi bilan bir qatorda meh nat darsl arida bajariladigan ishlar uchun kerakli material bo‘lib ham xizmat qiladi.
O‘quvchilarda ilk yoshligidan boshlab ona tabiatga qiziqish va muhabbatni, undagi go‘zalliklarni ko‘ra bilishni tarbiyalash kerak.
Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur qiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy qobiliyatlarni, konstruktorlik g‘oyasini, tushunchalarning aniqligini uyg‘otadi. Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli asboblardan foydalanishni talab qiladi va ularni ishlatish bilim, ko‘nikma, malakalarini beradi.
Turli tabiiy materiallarni to‘plash o‘qituvchi qo‘ygan maqsadga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘rib chiqilgan va batafsil muhokama qilin gan yoki o‘zlari o‘ylab topgan tasvir uchun material to‘playdilar. Yoki aksincha, avval turli barglarni to‘plab, keyin ishni bajarish tartibini aniqlashlari mumkin.
Tabiiy materiallarni o‘quvchilar dastlab o‘qituvchi rahbarligida sayr vaqtida to‘playdilar. Tabiiy materillarni to‘plash jarayonida o‘quvchilar atrofdagi o‘simliklar dunyosi, hashoratlar bilan tani shadilar, daraxtlar, gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabi iy materiallarni qachon va qanday to‘plash va qanday saql ash loziml igini bilib oladilar. Tabiatni qo‘r iqlash va unga ehtiyot korona munosabatda bo‘lish, uni asrash masalalariga alohida e’tibor berish har bir o‘quvchining burchidir.
Mehnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar, poliz ekinlari – qovun, tarvuz, qovoq urug‘lari, mevalar – olcha, o‘rik, shaftoli danaklari va shu kabilar, baliq tangalari va qanotlari, jo‘xori va makkajo‘xori so‘talari, paxta chanog‘i, yong‘oq po‘sti va shu kabilardan keng foydalaniladi.
Tabiiy materillarni to‘playotgan har bir o‘quvchi tabiiy materiallarni tartibli yig‘ish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg to‘plash jara yonida daraxtlar, butalar shoxini qo‘pollik bilan sindirish, gul va shu kabilarni o‘ylamasdan uzish tabiatga nisbatan vahshiylik ekanligini yodda tutishi lozim. Gullarni qo‘l bilan sindirib bo‘lmaydi, aks holda poyasi zararlanishi mumkin.
Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlikdan holi bo‘lishi kerak, aks holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan o‘simlikning tabiiy rangini asrab qolishning eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. O‘simliklarni quritish 3 sutkadan oshmasligi kerak.

Download 11.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling