Mavzu. Ish joylarini attestatsiyalash ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish maqsadi


Download 14.64 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi14.64 Kb.
#1328135
  1   2   3
Bog'liq
7-мавзу


MAVZU. ISH JOYLARINI ATTESTATSIYALASH


1.Ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish maqsadi

Attestatsiya fuqarolarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normalar, qoidalar va yo‘riqnomalar talablariga javob beradigan sog‘lig‘i va mehnatning xavfsiz shart-sharoitlariga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish maqsadida ish o‘rinlaridagi mehnat sharoitlarini baholash hamda noqulay, zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Attestatsiya natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: – mehnat sharoitlarini mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normalar, qoidalar va yo‘riqnomalar talablariga muvofiqlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; – og‘ir ishlarda, noqulay, zararli va (yoki) xavfli ishlarda va mehnatning boshqa alohida shart-sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va kompensatsiyalarni belgilash; – xodimlarni ish joylaridagi mehnat sharoitlari, sog‘liqqa shikast yetkazishning mavjud xavfi, zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siridan himoya qilish chora-tadbirlari hamda og‘ir ishlarda, noqulay, zararli va (yoki) xavfli ishlarda va boshqa alohida mehnat sharoitlarida ishlovchi xodimlarga berilishi kerak bo‘lgan kompensatsiyalardan xabardor qilish; – ish joylarida mehnat sharoitlarini nazorat qilish; – kasbiy xavfni baholash; – xodimlarni yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlash; – mehnat sharoitlarining holati to‘g‘risida statistika hisobotini tayyorlash; – mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishning mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini tasdiqlash; – kasb kasalligiga shubha tug‘ilganda kasallikning kasb bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, shuningdek kasb kasalligi tashhisini aniqlash; – xodimlar mehnatining xavfsiz shart-sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish; – mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normalar, qoidalar va yo‘riqnomalar talablariga muvofiq xodimlarni sanitariya-maishiy va tibbiy ta’minlash; – xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni cheklashlarni asoslash, ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarni imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beruvchilarga tegishli deb topish; – shu jumladan mehnatni muhofaza qilish fondi mablag‘lari hisobiga korxonada mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va moliyalashtirish; – xizmatchilar va ishchi kasblari lavozimlari nomlarini Xizmatchilar va ishchi kasblari asosiy lavozimlari klassifikatorida hamda xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining tarmoq tarifmalaka ma’lumotnomalarida ko‘rsatilgan nomlarga muvofiqlashtirish; – korxonada mehnat sharoitlari va muhofazasining holati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va qayta ishlash uchun asos hisoblanadi.





Download 14.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling