Mavzu: Ish yuritish hujjatlari va ularga qo’yiladigan talablar


Download 102.79 Kb.
bet3/5
Sana04.01.2023
Hajmi102.79 Kb.
#1077424
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish 6

Shaxsiy hujjat– yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi. Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi.javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi. Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya katta. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tavsiflanadi:
  • Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas. Hujjat qat’iy belgilangan rekvizitlar tarkibiga ega bo‘lishi, ularning joylashish va rasmiylashtirish tartiblari 6,38-90 GOST ga muvofiq kelishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlar (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barqarorlashgan joylashish tartibiga ega.Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda asosan, quyidagicha tasniflanadi:
  • Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar turiga kiradi. Shartnomada tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko`rsatiladi. Ba’zi shartnomalarda olingan majburiyatni bajarmaslik natijasida keltiriladigan zararni to`lash tadbirlari ham belgilanadi. Tomonlar shartnomaning barcha moddalari bo`yicha bir bitimga kelganlaridan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomalaro‘z mazmunigako‘rajudaxilma-xil ko‘rinishgaega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo`jalik mahsulotlarini davlat yo`li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshootlar ko`rilishi haqida, turar joy ijarasi haqida, uy-joy yoki transport vositalarini oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida va boshqalar. Muassasalar o`rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazibberish, pudrat, imoratlarijarasi, asbob-uskunalarni o`rnatish haqidagi shartnomalarni ko`rsatish mumkin. Har qanday shartnoma o`z mazmuni va shakliga ko`ra qonunga muvofiq bo`lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi shartnomaning qonuniy kuchini yo`qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo`l qo`yganman sabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi. Shartnomalar og`zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo`lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlarichunonchi, imoratlarnioldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo`llanadi.
    Download 102.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling