Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash asboblari va usullari


Download 1.9 Mb.
bet14/19
Sana31.08.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1671866
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
AMALIY МАSHG

3. TAJRIBA DASTGOHINING TUZILISHI:
Tajriba uskunasi 3.1-rasmda tasvirlangan. Havoning izobarik solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imini aniqlash uchun shisha kalorimetr 1dan foydalaniladi.
Issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kalorimetr ikkinchi qavat shisha devor 2 bilan o‘ralgan. SHisha devor bilan kalorimetr orasidagi havo vakuum nasos yordamida olib tashlangan. Kalorimetrdan oqib o‘tuvchi havoni qizdirish uchun elektr qizitgich 3 uzunasiga joylashtirilgan. Bu usul texnik adabiyotlarda ko‘pincha oqimli usul deb ham yuritiladi. Tajriba avtomatik transformatori (LATR) 4 yordamida qizitgich elektr toki bilan ta’minlanadi, quvvati esa ampermetr 5 va voltmetr 6 orqali hisoblanadi. Kalorimetr orqali o‘tayotgan havo kompressor 7 yordamida bir me’yorda haydab turiladi. Kompressor 7 LATR 9 orqali boshqariladi. Havo sarfi doimiy diagrammali sarf o‘lchovchi asbob 8 yordamida aniqlanadi. Kalorimetrga kirishdagi va chiqishdagi havo haroratlari (t1 va t2) 10, 11 termometrlar yordamida o‘lchanadi.

4.1-rasm


4. TAJRIBANI O‘TKAZISH TARTIBI:

  1. Sinov jadvalini tayyorlang.

  2. Uskuna sxemasi bilan tanishing.

  3. Uskunani elektr tarmog‘iga ulang.

  4. Kompressorni ishga tushirib va havo sarfini o‘lchovchi asbobdan foydalanib, LATR yordamida kerakli havo sarfi ta’minlaniladi. Kalorimetrga kirayotgan havo miqdori t va haroratini t1 jadvalga yozib oling.

  5. Elektr qizdirgichga LATR orqali tok berib sekundomerni ishga tushirish kerak. Voltmetr va ampermetr ko‘rsatgichlarini jadvalga yozib oling. 10 daqiqadan so‘ng kalorimetrdan chiqayotgan havo harorati t2 ni o‘lchang va jadvalga kiriting.

  6. Barometr yordamida atmosfera bosimini o‘lchang va jadvalga yozib oling.

  7. Xona haroratini o‘lchang va jadvalga yozib oling.

  8. Tajriba elektr qizdirgich quvvatining uch xil qiymatlari uchun takrorlanadi.

  9. Tajriba tugagandan so‘ng uskunani elektr tarmog‘idan ajratish kerak.




Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling