Mavzu: ishchi kuchi bozori va bandlik


Download 0.52 Mb.
bet1/16
Sana22.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1648154
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ishchi kuchi bozori va bandlik




MAVZU: ISHCHI KUCHI BOZORI VA BANDLIK

MUNDARIJA:
Kirish.....................................................................................................................3
Asosiy qism............................................................................................................5
1. Ishchi kuchi, uni tаkrоr hоsil qilish vа uning хususiyatlаri...............................5


2. Ishchi kuchi bоzоri. Ishchi kuchi yalpi tаlаbi vа yalpi tаklifi nisbаti...............9


3. Ishchi kuchi bаndligi to’g’risidаgi turli kоntsеptsiyalаr...................................13


4. Ishsizlik vа uning turlаri. Ishsizlik dаrаjаsini аniqlаsh usullari.......................17
5. O’zbеkistоndа ishchi kuchi bаndligini tа’minlаsh vа ishsizlаrni ijtimоiy himоyalаsh bоrаsidаgi dаvlаt siyosаtining аsоsiy yo’nаlishlаri............................27
Xulosa...................................................................................................................32
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati...................................................................34
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan:
"Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak."
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Fan-texnika taraqqiyotining bu darajada jadallashuvi va ishlab chiqarishning intensivlashuvi ishlab turgan korxonalardan ish kuchini bo’shatib olish va uni qayta taqsimlash mexanizmiga, ishchi kuchini ishga joylashtirish, qayta o’qitish va kasb tanlashi tizimiga ta'sir ko’rsatadi. Mulkchilikning turli shakllari rivojlangan bozor iqtisodiyoti ishchi kuchi resurslarida yanada samarliyroq foydalanishga sharoit yaratadi, ularni kam samarali sohalardan bo’shatib kadrlarga ehtiyoji bo’lgan yuqori samarali tarmolar va korxonalarga qayta taqsimlaydi.
Shu kabi omillar natijasida aynan yalpi ishchi kuchi, ishsizlik va bandlik kabi masalalar bugungi kunnning dolzarb vazifalardan biridir.
Yalpi ishchi kuchi uning bandligi va ishsizlik-jamiyatning yalpi milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili — ishchi kuchi, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi ham takror hosil etiladi va sifat jixatdan ancha yuqori darajada takror yuzaga chiqariladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta'minlab turish, yangi ishchi avlodini tanyorlash ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasining o’sishini ta'minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, kor-xonalar, regionalar o’rtasida mehnat resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo’lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda ishchi kuchining ish bilan to’la va samarali band bo’lishini ta'minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o’z ichiga oladi.
Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ularning qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o‘tkaziladi, yangi qiymat shu ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida yangi mahsulot ishchi kuchi tomonidan yaratiladi. Shu sababli mamlakat miqyosida yalpi ishchi kuchining mazmuni, tarkibi, ishchi kuchi bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Bob ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xususiyatlari bilan bog‘liq muammolar bayon qilish bilan boshlanadi. Ishchi kuchi bozori va ishsizlik muammolari batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham
e'tibor qaratiladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling