Mavzu: Ishchi kuchi va uning bandligi


aholisining mehnatga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi


Download 42.32 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi42.32 Kb.
#1575095
1   2   3   4   5
Bog'liq
31.03 nazariya

aholisining mehnatga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi


resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni uning yoshi va mehnatga bo‘lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan to pensiyagacha (60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar) bo‘lganlar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band bo‘lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.


Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan


ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi.

Ishchi kuchining sifati uning ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashib borishi bilan ishchi kuchining sifatiga bo‘lgan talab ham ortib boradi.


Hozirgi davrda ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi.




Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan va ishlashga tayyor bo‘lib, ish izlab turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida, boshqa har xil ishlarda band bo‘lganlar potensial qismi hisoblanadi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o‘rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to‘la va


samarali band bo‘lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “... hamma ham tadbirkor bo‘la olmaydi. Shu sababli bunday odamlar bilan tizimli ish olib borib, ularni kasbga qayta tayyorlash orqali ularni munosib ish joyi bilan ta’minlash lozim”1.

Ishchi kuchi yoki mеhnat qobiliyati har qanday tovar kabi to‘rtta faza orqali takror ishlab chiqariladi (20.1-rasm).


Ishchi kuchining


shakllanish fazasi





Ishchi kuchini istе'mol

Ishchi kuchining

qilish fazasi

taqsimot fazasi

Ishchi kuchini

ayirboshlash

Fazasi




Download 42.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling