Mavzu: Ishchi kuchining miqdor va sifat jihatdan aniqlanishi. Ishchi kuchi migratsiyasi va uning shakllanishi


Download 54.51 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi54.51 Kb.
#1706673
Bog'liq
Ishchi kuchining miqdor va sifat jihatdan aniqlanishi.Ishchi kuchi migratsiyasi va uning shakllanishi


Mavzu:Ishchi kuchining miqdor va sifat jihatdan aniqlanishi.Ishchi kuchi migratsiyasi va uning shakllanishi.

Reja:


Kirish.
1.Ishchi kuchi tushunchasi. to‘liq va samarali bandlik muammosi
2.Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka ta’siri
3.O‘zbekistonda bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy ximoyalash.
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Mavjud qonunlikka muvofiq ish bilan bandlik deganda fuqorolarning qonunda taqiqlanmagan va ularga daromad keltiradigan faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari tushuniladi. Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda qayd qilinganidek: “Bandlik mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarning ishga joylashib foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlaridir”. Ish bilan band aholiga yollanib ishlovchilar va o‘zlarini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlagan shaxslar kiradi. YAlpi ishchi kuchi – bu jamiyat ѐki alohida olingan mamlakat miqѐsida qiymat vaiste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holdafaoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. YAlpi ishchi kuchining takror


hosil qilinishi jaraѐnlarini o‘rganish muhim bo‘lib, bunda eng avvalo ishchi kuchiningziga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jaraѐnida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashѐviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi. Ish bilan band bo‘lish uchun mexnatga layoqatli, ya’ni mehnat qilish qobilyatiga ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat resurslarini tashkil etadilar. O‘zbekistonda mehnat resurslariga aholining quyidagi guruhlari kiradi:
Mehnatga layoqatli yoshdagilar:
16 yoshden-54 yoshgacha bo‘lgan ayollar;
16 yoshdan-60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar.
Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) ishlovchilar.
Balog‘at yoshiga etmagan ishlovchi o‘smirlar (16 yoshgacha bo‘lganlar).Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nafaol aholi qatlamlaridan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda mehnat resurslarining o‘rtacha 74-75 foizi, iqtisodiy faol, 25-26 foizi iqtisdiy nafaol hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholining 95% ga yakini iqtisodiyotda band qilingan. Iqtisodiy nafaol aholining 57,0% dan ortiqrog‘ini band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlardan iborat (2010 y.
O‘zbekistonda doimiy aholi, mehnat resurslari va iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni

Ko‘rsatkichlar

2008

2009

2010

Barcha aholi
Mehnat resurslar;
Soni ming kishi
Doimiy aholi sonidagi ulushi,%
Iqtisodiyotda band bo‘lganlar:
Soni, ming kishi
Mehnat resurslaridagi ulushi, %

27072,2

15685,7

57,5

11035,4

70,3


27533,4

16103,5

58,0

11328,1

70,3


28001,4

16726,0

58,6

11628,4

69,5


Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. YAlpi ishchi kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (iehnat resurslarining) umumiy sonidir.


YAlpi ishchi kuchining sifat o‘lchami esa ularning bilimi, malakasi, mahorati, ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha ko‘rsatgichlarida mujassamlashadi.
Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror xosil qilib turilishi kerak, bunga tor va keng ma’noda qarash mumkin.
Ishchi kuchini tor ma’noda takror xosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o‘stirib borish hamda ishchi avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir.
Keng ma’noda ishchi kuchini takror xosil qilish esa quyidagilarni anglatadi:
aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-sharoitlari yaratish;
xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish;
mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida taqsimlash hamda qayta taqsimlash;
aholining ijtimoiy, ma’naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish;
ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta’minlash.
Har bir milliy iqtisodiyotning asosiy maqsadlaridan biri to‘liq ish bilan bandlikni ta’minlash hisoblanadi. “To‘liq bandlik” va “samarali yoki oqilona bandlik”ni ham taqozo qiladi.
Ish bilan to‘la bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan barcha kishilarning ish bilan ta’minlanganini anglatadi. SHuningdek, ish bilan to‘la bandlik bir tomondan iqtisodiyotda ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishini inkor etmaydi, boshqa tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha kishilarning ishlab chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi.
Bandlik miqdor o‘lchamda qancha kishi va qancha vaqt ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqt davomida qancha miqdorda tovar va hizmatlar yaratilishi, ular qanday narxda sotilishi, natijada qancha pul daromad olinishini bildiradi. To‘liq bandlik belgilangan ish kuni, xaftasi yoki ish oyi davomida har doim ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Agar shu kuni 7 soat, ish xaftasi 5 kun bo‘lsa, bir oyda 22 ish kuni, jami 154 soat (7x22=154) ishlaganda va shunga tegishli haq olganda to‘liq bandlik mavjud bo‘ladi. Agar kuniga 5 soat, xaftasiga 4 kun, bir oyda 80 soat ishlansa, to‘liq bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi.

Bandlik darajasi ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab turishlarini bildiradi.

Sifat jihatdan samarali yoki oqilona va samarasiz bandlik mavjud bo‘ladi. Oqilona bandlik bu yuqori mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqishini ta’minlovchi bandlikdir. Samarasiz bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi o‘z mehnatidan qoniqmagandagi bandlikdir. Bunday bandlikda texnologiya yuqori bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi. Oqilona bandlikka misol qilib kampyuter dasturchisining bandligini olish mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste’dod va tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi ham boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. Samarasiz bandlikka misol qilib qishloq xo‘jaligi ishchisi bandligini olish mumkin. Ish bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy manfaatdorligining ta’minlanishi zarurligini anglatadi. Bu o‘z navbatida mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv turiga tayanishini taqazo qiladi.


Bandlik mehnat qiluvchi uchun ahamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka bo‘linadi. Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya’ni daromadning asosiy qismini beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya’ni qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishidir. Ko‘pchilik ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan daromad ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik asosida ishlash shaklida ro‘y beradi. Mehnat bozordagi holatni faqat ish haqi miqdori emas, balki bandlik darajasi ham ifoda etadi. Bu daraja taklif etilgan mehnatning qanchasi sotilganini bildiradi.
Bandlik darajasi ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab turishlarini bildiradi.
Bandlik darajasi iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga nisbatan hisoblanadi. Bunda mehnat qobilyati borlarning hammasi ishlashni xohlaydi deb taxmin qilinadi. Bandlik darajasi (Bd) ishlovchilarning (I) mehnat resurslaridagi (Mr) xissasi bo‘lib, foizda ifodalanadi. Bunda Bd=I/Mr•100%. Agar mehnat resurslari 120 ming, ishlovchilar esa 108 ming bo‘lsa Bd=(108/120•100%)=90% ga teng bo‘ladi. Bandlik darajasi mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga va iqtisodiyotining ishlab chiqarish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish yuz berayotgan sharoitda bandlik yuqori bo‘lib, ya’ni taklif etilgan ish kuchining katta qismiga talab bildiriladi. Mazkur mamlakatlar uchun mehnatga layoqatli aholining 94%ining band bo‘lishi bandlikning tabiiy darajasi deb qabul qilingan.
Keyns nazariyasiga ko‘ra bandlik darajasi samarali talabning funksiyasidir.
Boshqacha aytganda bandlik yalpi talab miqdoriga bog‘liq. Iste’mol va investitsion tovarlarga talabning o‘sishi jamiyatning samarali talabini ko‘paytiradi va shu asosda bandlik tartibga solinadi. Keyns davlat tomondan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni (yo‘l qurish, ko‘priklar va boshqa infrastrukturani) tashkil etish orqali faol aholini ish bilan band qilish masalasini ilgari suradi.
Bandlikni ta’minlashda sotsial-demografik jarayonlarning ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda mehnat resurslari nisbatan ko‘p, aholining tabiy o‘sishi yuqori. Lekin, ular hududlar, tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha notekis taqsimlangan.
YAratilayotgan ish joylari soni mehnatga layoqatli aholining o‘sish sur’atlaridan birmuncha farq qiladi. Xo‘jalik aloqalarining murakkablashuvi, ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘sish sur’atlarining notekisligi, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar bandlik sohasidagi muammolarni biroz keskinlashtirdi.
Ko‘pincha aholining bilim va malaka darajasi bozor munosabatlarining yuqori talablariga to‘liq javob beravermaydi. Ayniqsa, yoshlarning ishga layoqatli qismida ish bilan ta’minlanmaganlar mavjud bo‘lib qoladi.
Bu muammolarning aqilona echimi – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish hisobidan yangi ish joylari sonini keskin ko‘paytirish hisoblanadi. Bu yo‘l katta investitsalar va vaqtni talab qilmaydi.
Respublikada yaqin istiqbolda ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish muhim o‘rin tutadi:
tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish;
transport va kommunikatsiya tizimini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish;
aholi yashash joylarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish.
Moliyaviy mablag‘lar taqchilligi sharoitida yangi ish joylarini yaratish uchun zarur resurslarni jalb qilish quyidagi yo‘nalishda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
xususiy kapitalni, aholining shaxsiy jamg‘armalarini jalb qilish, fuqorolarning shaxsiy va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qonun doirasida ko‘proq erkinliklar berish;
chet el kapitalini jalb qilish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib (huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) borish;
faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning yangi ish joylarini yaratishga qaratilgan mablag‘lari jamg‘arilgan qismini ko‘paytirishni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash ;
sermehnat soxalarni kengaytirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish uchun uzoq muddatli kredit mablag‘larini ko‘paytirish;
shaxsiy mablag‘lar hisobiga yoshlarning oliy va o‘rta mahsus ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv maskanlari tarmog‘ini kengaytirish.
Aholi bandligini ta’minlash orqali mehnatning qo‘llanish doirasi kengayadi, tovar ishlab chivarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ko‘payadi, kishilarning turmush darajasi ko‘tariladi, jamiyatdagi ijtimoiy tanglik yumshatiladi.
Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka ta’siri.Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoѐn bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi.

Neoklassik maktabi vakili William Stanley
Jevons
U ishchi kuchi talab va taklifiga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi ѐki kamayishiga qarab o‘zgaradi. SHunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik ѐki takli ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi. Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar
Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi
bandlikning shakllanishida etakchi rol o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan hajmidagi eng yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga solinadi. Ishchi kuchi ham bozor iqtisodiyotida oldi-sotdi ob’ekti bo‘lganligi sababli mehnat bozorida unga talab va taklif vujudga keladi.
Ishchi kuchining bozor narxi ish xaqi bo‘lib, bu yollanib ishlovchilarga ma’lum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab to‘lanadi.Ishchi kuchiga talab mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u doimo o‘zgarib turadi. Ishchi kuchiga talab boshqa sharoitlar o‘zgarmasa, ish haqi darajasiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ish xaqi yuqori bo‘lsa, unga talab qisqaradi, agar u pas bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Ish beruvchilar ish xaqini kamaytirishga, yollanib ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi, chunki har qanday tovar egasi uni yaxshi narxda pullashga xarakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham ishchi kuchiga talab ko‘payishi mumkin, chunki bunda ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha sarfni mexnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning tejalishiga ham olib keladi.Ish haqi xarajatlar tarzda foydaga ta’sir etishi orqali ishchi kuchiga talabni o‘zgartiradi. Ish haqi bilan ishchi kuchiga talabning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin



Ishchi kuchiga talab va uning o‘zgarishi.Soatlik ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda ishlash uchun 500 kishi talab qilinadi, 2000 so‘mga tushganda, ishchi kuchiga talab ortib, jami 700 kishiga etadi. Bunda ish haqining qisqarishi ishchi kuchiga talabni oshiradi.


Mehnat bozorida taklif ham narxga nisbatan egiluvchan bo‘ladi, ya’ni ish haqi oshsa, ishchi kuchi taklifi ko‘payadi, kamaysa, uning taklifi qisqaradi. Quyidagi chizmada ishchi kuchining taklifi bilan ish haqining bog‘liqligi tasvirlangan. (grafik)


.Ishchi kuchi taklifi va uning o‘zgarishi.Ish haqi 3000, 5000, 7000 so‘m bo‘lishiga qarab, ishchi kuchi taklifi 300, 500, 700 kishidan iborat bo‘ladi. Bu ishchi kuchi taklifining ish haqiga nisbatan egiluvchanligini ko‘rsatadi.
Ishchi kuchi bozorida unga bo‘lgan talab va taklif mos kelganda muvozanatlash hosil bo‘ladi. Mazkur muvozonat ish haqining ma’lum darajasida vujudga keladi. M ehnat bozorida muvozanatlik
CHizmada ishchi kuchiga talab chizig‘i AV taklif chizig‘i DS bilan M nuqtasida kesishadi. Bu nuqta muvozanat nuqtasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab va taklif miqdoran tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda 500 kishi mehnatiga talab qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga joylashadi, demak, ish kuchining bundan ortig‘i ish xaqining mavjud darajasida band qilinmaydi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifiga ish xaqidan tashqari boshqa omillar ham ta’sir qiladi, bular:
Texnika taraqqiyoti;
Iqtisodiy tanglik yoki turg‘unlik holati;
YAngi texnologiyaning joriy etilishi;
Ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi;
Mavsumiylik;
SHunday mehnat turlari ham borki, ular maxsus qobiliyat va tayyorgarlikni talab qiladi. Masalan: og‘ir jismoniy ish sog‘lom va baquvvat kishilarni; san’at, adabiyot, fan, konstruktorlik sohalari alohida iste’dodni talab qiladi. SHunday kasblar borki, ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi. Masalan, Germaniyada mustaqil ishlovchi vrach bo‘lish uchun, oliy ma’lumot olgach, yana 10-12 yil tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Ishchi kuchining taklifiga ishning jozibadorligi kasbdan obro‘ topish, qo‘shimcha imtiyoz olish, yuqori mansabga erishish imkoni, ishsiz qolish xavfining yo‘qligi, mehnat sharoitining yaxshiligi, shuningdek arzon kredit (qarz) olish imkoni va boshqalar ta’sir qiladi.
Ishchi kuchining taklifiga nufus qonuni, ya’ni aholi sonining o‘sish surati xam ta’sir qiladi. Aholi soni tez o‘sib, ishchi kuchi qilish yoshiga etgan aholi qancha ko‘p bo‘lsa, mehnat taklifi xam shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda 1995 yilda mehnat yoshiga etganlar jami aholining 49.3%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 61,1%ga etgan. SHunga mos ishchi kuchi taklifi ham ortgan. Iqtisodiyotdagi har qanday beqarorliklar, jumladan 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi real sektordagi faollikka jumladan, bandlik va ishsizlikka o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yaratiladigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bozorda tovarlarga talab oshsa ishchi kuchiga talab ham ortadi. Agar tovarlarga talab qisqarsa uni yaratadigan ishchi kuchiga ham talab qisqaradi. Mana shu bog‘liqlik sababli iqtisodiy inqirozlar davrida ishchi kuchiga talab keskin qisqarib ishsizlar soni oshib boradi.
Mamlakatimiz Prizidenti I.A.Karimov qayd qilib o‘tganlaridek: ”Aholining ish bilan ta’minlanish muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga aloxida axamiyat berilmoqda.” Bu respublikamizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini ta’sirini kamaytirish va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlarning natijasidir. CHunki rivojlangan mamlakatlarda bu inqiroz ta’sirida ishsizlar soni keskin ortgan. Jumladan, AQSHda 2008 yilda ishsizlik darajasi 5,6%, YAponiyada 4.1%, Buyuk Britaniyada 5,7%, Germaniyada 7,7%ga etgan. Bu o‘z-o‘zidan aniqki ijtimoiy transferlarning ko‘payishi xisobiga davlat xarajatlarning o‘sishiga olib kelgan.Respublikada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi ustuvor vazifa – bu mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishring muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infraktuzilmani yanada rivojlantirishdan iboratdir. CHunki infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soxa xisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, axolining, ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va faravonligini oshirish imkonini berad

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi bosqichda kasanachilik soxasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini xech kim inkor etolmaydi
i. O‘zbekistonda bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni ijtimoiy ximoyalash.Ishchi kuchi bozori xaridorlar – ish beruvchilar va sotuvchilar- ish kuchi egalaridan iborat bo‘ladi. Ish beruvchilar davlat idora tashkilotlari, xususiy va jamoat tashkilotlari, mehnatini taklif etuvchilar – ish kuchi egalari bo‘lib, ular mehnat qobilyatiga ega va o‘z ishchi kuchini sotishga ishtiyoqi bo‘lgan kishilardan tashkil topadi. Ishchi kuchi bozorining aniq shakllari bular - mehnat birjalari va ishga yollovchi firmalardir.
Ishchi kuchi bozorini tartibga solishda mehnat birjlari alohida o‘rin tutadi.
Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasadir.

Dastlabki mexnat birjalari X1X asrning birinchi yarmida tashkil topgan. Bizning Respublikada mehnat birjalari 2009 yildan boshlab –“Axoli bandligiga ko‘maklashish markazlari” deb atala boshlandi.Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir:


- ishsizlarni ro‘yxatga olish, xamda ishi joyini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarni ishga joylashtirishda vositachilik qilishi;
- ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish;
- alohida ixtisosliklar bo‘yicha ishchi kuchiga talab haqida ma’lumot berish;
- yoshlarni kasb ixtisosliklar bo‘yicha yo‘naltirish, yangi kasb-hunarga o‘rgatishni tashkil qilish.
Mehnat birjalarining faoliyati faqat ish bilan ta’minlash emas, balki iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq xolda o‘zgarib turadigan mehnat bozori talabini qondirishdan iborat.
2012 yilda Respublika bandlik xizmati muasasalariga 623.3 ming kishi ishga joylashtirishga ko‘maklashish uchun murojaat qilib, ulardan 546.6 ming kishi ish bilan ta’minlagan.


XULOSA
Respublikada axolining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligini, shuningdek jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini xisobga olgan xolda ish bilan bandlikni ta’minlash uchun mamlakatimizda bir qator tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallangan:Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ham ashyosini qayta ishlash, iste’mol mollari, maxalliy xom ashyodan qurish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish.Bu tadbirlarni amalga oshirish natijasida kichik tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2008 yildagi 48.2% dan 2012 yilda 54,6% ga ortgan. Ularning sanoat mahsuloti hajmidagi ulushi 22,2% ni, qurilish ishlarida 70,7%, chakana tovar aylanmasidagisi 45,3% ni, pulli xizmatlaridagisi 44,7% ni tashkil qilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan axolining 76%dan ko‘prog‘i aynan shu sohaga to‘g‘ri keladi.Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish soxasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish.Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi bosqichda kasanachilik soxasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini xech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqorolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muxtoj nogironlar va mehnat qobilyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muxim axamiyat kasb etmoqda”.Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish.Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan mehnatga yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy ximoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur extiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishiga qaratiladi.Aholining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobilyatlarini ishga solish imkoniyatini berish bilan birga, aholi extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish, zarur xollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va soxalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
Download 54.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling