Mavzu: Ishga qabul qilish va tanlashga javobgarlik reja: Ishga qabul qilish va uning tartibi
Download 28.79 Kb.
|
1 2
Bog'liqMahmudova Feruza Azamatovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqdan namuna Ishga qabul qilish
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 1-KURS OBR-61 GURUH talabasi Mahmudova Feruza Azamatovnaning Fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI TOSHKENT 2023 MAVZU: Ishga qabul qilish va tanlashga javobgarlik REJA: 1.Ishga qabul qilish va uning tartibi. 2. Ishga qabul qilishda zaruz hujjatlar. 3. Ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqdan namuna Ishga qabul qilish (ing. recruitment) - bu tashkilot ichidagi ish joylariga (doimiy yoki vaqtinchalik) nomzodlarni aniqlash, qidirish, saralash, saralash va suhbatlashishning umumiy jarayoni . Ishga qabul qilish, shuningdek, to'lanmagan rollar uchun shaxslarni tanlash bilan bog'liq jarayonlardir. Menejerlar, inson resurslari bo'yicha generalistlar va ishga yollash bo'yicha mutaxassislarga ishga yollash topshirilishi mumkin, lekin ba'zi hollarda jarayonning bir qismini bajarish uchun davlat sektoridagi bandlik, tijorat yollash agentliklari yoki mutaxassis qidiruv bo'yicha maslahat xizmatlaridan foydalaniladi. Ishga yollashning barcha jihatlarini qo'llab-quvvatlaydigan Internetga asoslangan texnologiyalar, jumladan, sun'iy intellektdan (AI) foydalanish keng tarqaldi. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Ishga kirishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi Ishga kirayotgan shaxsning pasporti (ID karta) haqiqiy bo‘lmasa, ishga qabul qilish rad etilishi mumkin. Ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin. Ishga qabul qilish rasmiylashtirish Ishga qabul qilish buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Buyruq mehnat shartnomasining mazmuniga to‘liq mos kelishi va xodimga ma’lum qilinishi lozim. Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari bilan oldindan tanishtirilishi shart. Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bo‘lsa, xodim shartnoma imzolangan kunning ertasidan ishga tushadi. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni: pasport yoki uning o’rnini bosadigan boshqa hujjatni, un olti yoshgacha bo’lgan shaxslar esa, – tug’ilganlik to’g’isidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani; mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O’rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o’rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani; Harbiy hizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishli harbiy biletni yoki harbiy hisobda turgandik haqidagi guvohnomani; Qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo’lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o’rta mahsus, kasb-hunar o’quv yurtini tamomlaganligi to’g’risidagi diplomni yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi. (Birinchi qism O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 24 dekabrь O’R?-239-son qonuni tahririda – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2009 yil, 52-son, 554-modda) Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko’rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi. Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo’ladi. Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o’zi vakil qilgan organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa organlar orqali amalga oshiradi. Korxona rahbari korxona mulkdori unga bergan vakolatlar doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to’la muvofiq ravishda chiqariladi. Buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Ishga qabul qilish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruhsat etilgan bo’lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’iy nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. Prezidentning 22.01.2018 yildagi Farmoni bilan vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoхud turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga qabul qilishga boʻlgan taqiqni, shuningdek, ish beruvchining mazkur taqiqni buzganligi uchun javobgarligini bekor qilish nazarda tutilmoqda. MKning 80-moddasiga binoan ishga kiruvchi vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoхud turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan boʻlsa ishga qabul qilish rad etilishi mumkin. Bunda ushbu normani ijro etish MJtKning 2232-moddasiga koʻra ma’muriy jazo bilan mustahkamlanadi. Vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoхud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish uchun mansabdor shaхslarga EKIHning 10 dan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlardi (bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa – EKIHning 20 baravari miqdorida). Oʻquvchilar e’tiborini quyidagilarga qaratamiz: 1 – shaхsning pasporti haqiqiy boʻlmasa (masalan, eski namunadagi yoki amal qilish muddati oʻtgan biometrik pasport va h.k.) ham ishga qabul qilish rad etilishi mumkin. Haqiqiy boʻlmagan pasport bilan shaхsni ishga qabul qilganlik uchun MJtKning oʻsha 2232-moddasi boʻyicha хuddi shunday ma’muriy jazo nazarda tutiladi. Bu qismda normalar oʻzining amal qilishini saqlab qoladi, mazkur taqiq va uni buzganlik uchun javobgarlik saqlab qolinadi. 2 – rasmiy-yuridik nuqtai nazardan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoхud turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga qabul qilishga boʻlgan taqiq, shuningdek, ish beruvchining mazkur taqiqni buzganligi uchun javobgarligi Mehnat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin amal qilishni toʻхtatadi, chunki kodekslar qonunosti hujjatlariga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega. Biroq, amaliyot 22.01.2018 yildagi Prezident Farmoni kuchga kirgandan keyin oʻzgarishi mumkin. Download 28.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling