Mavzu: Ishlab chiqarish gimnastikasi
Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila
Download 25.17 Kb.
|
Abu ali ibn sino jismoniy tarbiya haqidagi fikrlari reja abu
Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila,
mahalla va maktab hamkorligining pedagogik asoslari. Sharqning buyuk allomalari bo‘lmish Al-Buxoriy, At-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abulqosim Firdavsiy, Amir Temur, Sa’di Sheroziy, Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko‘plab mutafakkirlarimiz bu borada o‘zlarining tegishli fikr-mulohazalarini kelajak avlodga meros qilib qoldirgan. Ularning bu mavzuga oid ilmiy merosi bugungi kunda ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, oilada bolalarning shaxslararo munosabatlariga oid qarashlari ta’sirchan obrazlarda ifodalangan hamda ular xalq ruhiyatiga, milliy psixologiyasiga chuqur singib ketgan. Sharq mutafakkirlari ta’limotlarini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan yagona asos shuki, ular o‘z asarlarida shaxs tarbiyasi va shakllanishida oilaning o‘rniga, ota-ona hamda yaqin kishilarning yetakchi va tarbiyaviy funktsiyasiga alohida e’tibor berganlar. Odamlarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar (halollik, poklik, mardlik, mehribonlik va h.) avvalo oilada tashkil topadi, rivojlanadi va avloddan-avlodga uzatiladi. Umuman, oilaning va oiladagi o‘zaro munosabatlarning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri masalasiga oid qimmatli fikrlar hamda bu boradagi amaliy ko‘rsatmalar Sharq mutafakkirlarining falsafiy-etnik va ijtimoiy psixologik qarashlarida o‘zining munosib aksini topgan. Abu Nasr Forobiy (870-950) va Abu Rayhon Beruniy (973-1048) larning oilaviy munosabatlar yuzasidan qarashlari alohida e’tiborga loyiq. Forobiyning inson kamoloti, baxti, ta’lim va tarbiyasi, axloqi va dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan iborat o‘git bo‘lsa, Beruniyning "Mineralogiya", "Hindiston", "O’tgan avlodlar obidalari" kabi asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-idroki kabilarga ta’rif beriladi. Masalan, Beruniy o‘zining "Mineralogiya" asarida bo‘lajak ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyati haqida, onaning homiladorlik paytidan homilasiga e’tiborni kuchaytirish, unga yumshoq munosabatda bo‘lish va shu paytdan e’tiboran uni tarbiyalab borishni uqtirib o‘tadi. Bolani tarbiyalashda ota-ona bir xil talab va maqsad qo‘ymog‘i lozimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Beruniy bola tabiat in’om etadigan chiroyga ega bo‘lishi va sog‘lom, baquvvat tug‘ilishi uchun ona qornidayoq zamin tayyorlanishi lozimligi haqida to‘xtalib o‘tadi. Bola qiyofasi, yaoni uning tashqi tuzilishi go‘zal bo‘lishi uchun onani e’zozlab, ranjitmay parvarish qilish zarurligi, bolaning ichki maonaviy go‘zalligiga esa u tug‘ilgandan so‘ng tarbiya orqali erishilishi hamda unda xulq-odobni tarbiyalash uchun zarur muhit va tegishli sharoit yaratish lozimligini aytadi. Beruniy: «Bola xulqini mo‘‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak, bunga esa bolani qattiq g‘azablanish, qo‘rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi», - degan fikrni bildiradi. Bolalarning yoqtirgan narsasini topib berishga va sevmagan narsasini ko‘zidan uzoqlashtirishga doimo tayyor bo‘lib turish kerak. Bu ishning ikki tomonlama foydasini, bir tomondan – bolaning ruhiyatiga foyda qilishi va bora-bora unga xushxulqlik odat bo‘lib qolishini ko‘rsatadi. Aks holda yomon xulq turli mijoz buzilishini keltirib chiqarishini aytib o‘tadi. Masalan, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli ozdiradi, xafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo‘shashtirib mijozni balhamlikka moyil qiladi. Ikkinchidan, xulqning mo‘‘tadilligi natijasida ham nafas, ham badan sog‘lom bo‘ladi. Demak, xulq mo‘‘tadilligi bilan odob-axloq tarbiyasini amalga oshirish va bolalarda yaxshi xulqni tarbiyalash mumkinligi, bu bilan ularda mehr-muhabbat hislari ham shakllanib borishini ta’kidlab o‘tadi. Shu bilan birga oilada ota-ona va farzandlar o‘zaro munosabatining shakllanishi uchun ham ota-ona o‘z xulq-atvori bilan bolalariga namuna bo‘lib, ularning bir-birini hurmat qilishini, bir-birining eng yaqin yordamchilari bo‘lib, farzandlari oldida obro‘ qozonishi kerakligini ta’kidlaydi. Beruniy qarindosh-urug‘chilik munosabatlari to‘g‘risida shunday deb yozadi: "Inson jamiyatda o‘z qarindosh-urug‘lari bilan birgalikda yashashga majburdir, bundan maqsad bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o‘zini, ham boshqalarini ta’minlash uchun zarur ishlarni bajarishdir. Oilaviy munosabatlar masalalariga oid o‘zining diqqatga sazovor qarashlari bilan farqlanib turuvchi Sharq mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sinodir (980-1037). Ibn Sinoning pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda qurilgan bo‘lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyillarning qo‘llanishini yoqlab chiqib, ota-onalar bolani qattiq tana jazosidan ko‘ra, shaxsiy ibrati orqali tarbiyalashi samaraliroq ekanligini uqtiradi.Ibn Sino "Qonun-fit-Tibb" asarida yosh bolalarni tug‘ilganidan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Bola tug‘ilganidan boshlab oyoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu – o‘z vaqtida ovqatlantirish, cho‘miltirish, yo‘rgaklash kabilardan iborat. Bularni ham ma’lum qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar – asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo‘lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini turli sharoitda ma’lum izchillik va tartib bilan olib borish haqida onalarga maslahatlar beradi. Shuningdek, bu asarda otalarning ham burch va vazifalari belgilab beriladi. Bola balohatga yetguncha ota o‘z vazifasini bajarib borishi kerak. Avvalambor, otaning majburiy vazifalaridan biri o‘z farzandiga yaxshi nom berishdir. Bolani emizish davri tugab, mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga kirishuvi zarur. Maqsadga erishish uchun tarbiyada o‘rni bilan bolani maqtash, jazolash ham kerakligini ko‘rsatib o‘tadi. Ibn Sino o‘zaro munosabatlarda axloqiy tarbiyaning roli katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Unga ko‘ra bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan uning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishdir. Nasihat qilishda suhbatdoshiga nihoyatda hurmat bilan yondashish, uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik zarur. Bir xil nasihatlarni qaytara berishlik uning ta’sir kuchini yo‘qotadi. Ibn Sino shunday yozadi: "Sening fikrlaring (bolaning) yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir.Shuningdek, Ibn Sinoning "Donishnoma", "Risolai ishq", "Uy xo‘jaligi" kabi qator asarlarida ham ota-ona va farzandlar munosabatlari psixologiyasi va tabobat masalalariga oid qimmatli mulohazalar keltirib o‘tilgan. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, avvalambor, oila a’zolari oldiga qator talablarni qo‘yadi. "Ota-ona, - deb yozadi u,- ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i lozim. Agar ular tajribasiz bo‘lsa, o‘z oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Yomon tarbiya ko‘rgan bola nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, mahalla-ko‘yga ham yomon zarar keltirishi mumkin". Shu sababli ham u oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeidan qatoiy nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi. Ota-ona davlat boshlig‘imi, yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Ibn Sinoning ushbu fikrlari o‘sha davrda qanchalik ilg‘or va dolzarb bo‘lsa, bugungi kunimizda ham u o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. "Ibn Sino va tadbiri manzil" deb nomlangan asarning "Siyosati mard dar borai farzand-ash", ya’ni "Otaning bola tarbiyasiga munosabati" bo‘limida mutafakkirning ota-ona vazifalarini batafsil yoritganligi bayon etiladi. Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona yollagan shaxs "nafaqat so‘z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim".Farzandning maktabgacha bo‘lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga gimnastika qilish, o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harf tanish, qo‘shiq aytish va raqs tushishi, turli o‘yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdiri va mustaqil ravishda bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, “Yakshanbalik maktablar” ishini tashkil qilish zarurdir.Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davridagi bolalarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidorini, qiziqishini va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o‘z hatti-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, do‘stlik, baynalminallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirishdan iborat bo‘ladi.O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo‘lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo‘naltirish, o‘smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o‘z o‘rnini topa olishiga ko‘maklashish, o‘z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo‘yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo‘lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqorolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to‘la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlashdan iboratdir.Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirishda pedagogik ta’sir uslublari bilan bog‘liq mahoratlar. Download 25.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling