Mavzu Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish


Download 44.12 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi44.12 Kb.
#1622434
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu ICHM

Mahsulot sifatini ta’minlash ishlab chiqarish bosqichida amalga oshiriladi. Bu yerda mahsulot sifati mahsulotni tayyorlash meyoriy-texnikaviy hujjatlar, jihozlar, uskuna va asboblar, olinadigan xom ashyo, material va jamlovchi buyumlar sifati bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini baholash mezoni sifatida amaldagi texnikaviy-iqtisodiy kо‘rsatkichlar loyiha hujjatlarda, ya’ni birinchi bosqichda kо‘zda tutilgan mos kо‘rsatkichlarga muvofiqlik darajasi xizmat qiladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini saqlab turish aylanish va sotish, foydalanish yoki iste’mol hilish boshichlarida amalga oshiriladi. Mahsulot aylanishi va sotilishi sifati saqlash va transportlash sifatlaridan yig‘iladi. Foydalanishdagi mahsulot sifatiga kelganda, u foydalanish va ta’mirlash hujjatlari, foydalanish va ta’mirlash jihozlari, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallar sifatlariga hamda foydalanuvchi va ta’mirlovchi xodimlar malakasiga bog‘liq. Foydalanishda mahsulot sifatini baholash mezoni uning kо‘rsatkichlari ilova qilingan texnikaviy hujjatlarda qayd qilingan mos kо‘rsatkichlarga, ya’ni qondirishi zarur bо‘lgan amaliy ehtiyojlarga muvofiqligi darajasidir.
Aytib о‘tilgan bosqichlar mahsulotning hayotiy siklini tashkil qiladi. Uning foydalanish bosqichidagi muddati har bir bosqichda erishilgan sifat darajasiga bog‘liq.
Mahsulotning hayotiy sikli.






Mahsulot sifatiga ilmiy tadqiqotlar, konstruktorlik texnologik ishlanmalarda asos solinadi, foydalanishda esa ular rо‘yobga chiqadi.
Mahsulot sifatini joriy qilish, ta’minlash va saqlab turishning asosiy bosqichlarini tavsiflovchi "sifat sirtmog‘i” mavjud. Bu bosqichlarga:

  • mahsulotga bо‘lgan talablar, mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini oldindan kо‘rish (marketing tadqiqotlari);

  • ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlarini hisobga oliy sifat darajasi shakllantirish, meyoriy-texnikaviy hujjatlarni tayyorlash;

  • ishlab chiqaruvchi korxona imkoniyatlarini tahlil qilish;

  • sifatli xom ashyo, material, jamlovchi buyumlar bilan moddiy-texnikaviy ta’minlash;

  • ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, jihoz, uskuna va asboblar bilan ta’minlash;

  • tegishli meyoriy-texnikaviy hujjatlar va standartlarga muvofiq mahsulotni ishlab chiqarish;

  • texnikaviy nazorat va sinash, tayyorlash sifatni baholash;

  • tayyor mahsulotni sotish, mahsulotni saqlash, transportlash va sotish jarayonlarida uning sifatini saqlab qolish;

  • tayyor mahsulotni montaj qilish va undan foydalanish, xizmat qilish va ta’mirlash, sifatini ta’minlash, iste’molchi mahsulot sifati bilan qoniqqanligi darajasinini baholash.

Mahsulot hayetiy siklining oxirgi bosqichi uni foydalanishga tiklash (utilizatsiya) va qayta tiklangan moddalardan tо‘liq foydalanishdir.



Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling