Mavzu: Ishlab chiqarish omillari turlari va funksiyalari. Reja: 1-Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi


Download 246.13 Kb.
bet3/14
Sana28.12.2022
Hajmi246.13 Kb.
#1014083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 word Ishlab chiqarish omillari turlari va funksiyalari

Boshqacha qilib aytganda «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bolgan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir. Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda tuproq unumdorligi, o'doqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e ’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslaming bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko'rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o‘z ifodasini topadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni

 Ishlab chiqarish jarayoni — bu kishilami o'zlarining iste’moli uchun zarur bolgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko'rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.

M a’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalaming ko‘rinishini o'zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng aw alo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari o‘zaro ma’lum munosabatda bo'ladilar. Kishilar o'zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o'zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo'lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar hamda tabiat o'rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o'zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o'zining mehnatga bo'lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo'llashni kengaytirib boradi.


Download 246.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling