Mavzu: Ishlab chiqarish tadbirkorligining moxiyati
Download 36.13 Kb.
|
BIZNES REJALASHTIRISH
Mavzu: Ishlab chiqarish tadbirkorligining moxiyati 1. Kirish 2. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati 3. Tadbirkorlik turlari 4. Ishlab chiqarish korxonasi 5. Xulosa 6. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
Ishlab chiqarish tadbirkorligi xilma-xildir. Har qanday bizni qayta ishlab chiqarish sikli–mahsulot va xizmatning ishlab chiqarish, tovarlarni almashtirish va taqsimlash, ularni iste’mol qilish bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgani uchun tadbirkorlik faoliyatining quyidagi turlarini: ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy tadbirkorlikni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari keyingi o‘n yilliklarda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hammasida tadbirkorlikning maslahat-konsultativ turi(konsalting) alohida mustaqil turga aylanmoqda. Shu bilan bir vaqtning o‘zida tadbirkorlikning sanab o‘tilgan turlari bir nechta kichik turlarga bo‘linadi. Umumiy tasavvurda tadbirkorlikning turlari va kichik turlarini tasvirlash mumkin (quyidaga qaralsin). Ishlab chiqarish tadbirkorlikni yetakchi turi deb atash mumkin. Bunda mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi. Biroq bozor iqtisodiyotiga o‘tishda aynan shu faoliyat sohasi eng ko‘p salbiy o‘zgarishlarga duchor bo‘ldi: xo‘jalik aloqalari uzildi, moddiy-texnik ta’minot buzuldi, mahsulotni sotish keskin pasaydi, korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlashdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi yillarda tijorat tadbirkorligi jadal rivojlandi. U tovarlar va xizmatlar bilan xarakterlanadi. Bunda tezroq natijaga erishish mumkin. Ilgari kun tomondan cheklangan bu soha asosan xususiy, yakka tartibdagi tadbirkorlik sifatida shiddat bilan rivojlana boshladi. Bu sohaga ko‘plab chaqqon, tashabbuskor, kuchga to‘la odamlar o‘z kuchlarini yo‘naltirdilar. Ba’zan ularning orasida ilgari “soyadagi” iqtisodga mansub deb hisoblashgan odamlarni firmaga, odatda, 10-12 foiz rentobillikni ta’minlasa, tijorat firmalari 20-30 % hatto undan ham ortiq rentabillikka erishishlari mumkin. Moliyaviy (yoki moliya-kredit) tadbirkorligi tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Uning faoliyat sohasi–muomala, qiymatlar almashinuvidir. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish faoliyatiga ham, tijorat faoliyatiga ham kirib boradi, biroq u bank, sug‘urtasini va boshqa shakllarda mustaqil ham bo‘lishi mumkin. Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining oldingi turlaridek uncha katta rentabillik me’yorini ko‘zda tutmaydi: bu kattalik 5-10 foizni tashkil etishi mumkin. Download 36.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling