Mavzu: Ishlab chiqarish tiplari va ishni tashkil etish shakllari. Mavzu rejasi


 Operasiyalar boglanish koeffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab


Download 15.86 Kb.
bet3/3
Sana30.01.2024
Hajmi15.86 Kb.
#1816903
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Ishlab chiqarish tiplari va ishni tashkil etish shakllari-fayllar.org

2. Operasiyalar boglanish koeffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab 
chiqarish turini aniqlash. 
Turli texnologik amallar soni O-ni, bir oyga teng rejalashtirilgan davr ichida
bajargan yoki bajariluvchi ishchi joylar soni I-ga nisbati amallar bog’lanish
koеffisienti К
bk
deb ataladi.
К
bk
= O / I
j
Amallar bog’lanish koеffisienti ishlab chiqarish tipining asosiy tavsiflaridan
biridir (GOST 3.1121-84). Yuqoridagi GOST ga binoan: К
bk
= 1- ommaviy
(ko’plab) ishlab chiqarish uchun; 1< К
bk
< 10 - yirik seriyalab ishlab chiqarish
uchun; 10 <К
bk
<20 -o’rta seriyalab ishlab chiqarish uchun; 20 < К
bk
< 40 - mayda
seriyalab ishlab chiqarish uchun belgilangan. Yakka ishlab chiqarish uchun
belgilanmagan.
Yuqoridan aniq bo’ldiki, ishlab chiqarish turiga beshta tipdagi ishlab
chiqarishlar kirar еkan: yakka, mayda seriyali, seriyali, yirik seriyali va ommaviy
(yalpi).
3. Xar bir ishlab chiqarish turida ishni potokli yoki potoksiz tashkil 
qilish usullari. 
Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ishni tashkil qilish ikkita usuli
(patokli va patoksiz) to’g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko’ra bu usullar ishlab
chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’lib, potoksiz ishni tashkil qilish - yakka va
mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo’llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish
usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llaniladi va yana u,
quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar;
to’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab
chiqarishlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy potokli
ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik
liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi.
To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-
uskunalar texnologik jarayon marshruti bo’yicha amallarni bajarish ketma-
ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, tanavorlarni bitta ishchi joydan
boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va
yumalatuvchi tarnov (lotok), yuk ko’taruvchi kran va boshqa moslama va


qurilmalardan foydalaniladi. Xar bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa


ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda, "zadel"
deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi.
Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko’pincha pozision avtomatik
konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu
liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi.
Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida tanavorlar yoki qismlar
ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab
chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
t
ich
= 60*F
x
*m / N, min.
Bu erda: F
x
- rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy
vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish
dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3).
Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi F
x
, nominal
F
n
dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan
kichikdir, va h.k.
F
x
= F
n
* n , soat,
bunda n-dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffisienti.
Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir
smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch
smenalab ishlaganda 6210 soat bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt
yo’qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi.
Potokli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka
ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi
bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va
seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi.
Tekshirish uchun savollar 

1. Yakka ICh-ni tavsiflab bering?


2. Seriyalab ICh qanday turlarga ajratiladi? Tavsiflab bering
3. Ommaviy ICh-ni tavsiflab bering?
4. Operatsiyalar boglanish koefisenti deb nimaga aytiladi?
5. To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishni ta`riflang.
6. Ishlab chiqarish taktini ta`riflang.

http://fayllar.org



Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling