Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda tashkil topishining xususiyatlari Reja: Kirish


Download 78.62 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi78.62 Kb.
#1506162
1   2   3   4   5
Bog'liq
um1d

2.Xarajatlar, turlari bo’yicha
Mahsulot birligini ishlab-chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni xisoblash uchun o’rtacha umumiy, o’rtacha doimiy va o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi.
Mahsulot (yoki xizmat) birligini ishhlab chiqarishga sarflangan xarajatlar o’rtacha xarajatlar deb ataladi.
O’rtacha xarajatlar turlari:
O’rtacha umumiy xarajatlar (ATC);
Umumiy yoki yalpi xarajatlarning (TC) ishlab chiqarilgan tovarlar (Q) miqdoriga nisbatan, ya’ni: ATC = TC / Q ;
O’rtacha doimiy xarajatlar (AFC);
Doimiy xarajatlarning (FC) ishlab chiqarilgan tovarlar (Q) miqdoriga nisbati, ya’ni: AFC = FC / Q ;
O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar (AVC);
O’zgaruvchi xarajatlarning (VC) ishlab chiqarilgan tovarlar (Q) miqdoriga nisbati, ya’ni: AVC = VC / Q
O’rtacha Umumiy xarajatlar (ATC) o’rtacha doimiy xarajatlar bilan (AFC) o’rtacha o’zgaruvchi xaraajatlar (AVC) yig’indisiga teng: ATC = AFC + AVC.
Me’yoriy xarajatlar-(MC) qo’shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlardir.
Xozirgi paytda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni asosiy qismini xom-ashyo va materiallar sarfi egallaydi. 100 birlik mahsulot ishlab chiqrish uchun qilingan hamma sarf xarajatlarni AQSH da 60%, Yaponiyada 57%, Germaniya, Angliyada 54%, Fransiyada 52%, Italiyada 49%, Rossiyada 50% dan ortig’ini xom-ashyo tashkil etsa, qolganini mehnat, elektr energiya va yoqilg’I sarflari hamda amortizasiya tashkil etgan. Bizning respublikamizda ham xarajatlar tarkibi shu ko’rsatkichlardan unchalik katta faqr qilmaydi.
Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari:

8

Qisqa davr- bu oraliqda korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o’zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom-ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko’paytirish orqali ortishi mumkin. Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o’zining doimiy quvvatlariga o’zgaruvchi ressurslar miqdorini qo’shib boorish yo’li bilan ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish mumkin;


Uzoq muddatli davr- bu korxonaning ishlab chiqarish quvvtlarini va butun band bo’lgan resurslar miqdorini ko’paytirish uchun yetarli bo’lgan davrdir. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o’zgaradi. Shu sababli davrda o’rtacha xarajatlarning o’zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o’sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo’ladiki, korxonada ishlab chiiqarish hajmi o’sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o’rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bu omillar:
1) Mehnatning ixtisoslashuvi;
2) Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi;
3) Kapitaldan samarali foydalanish;
4) Ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari:
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish;
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini importning o’rnini bosadigan va eksportga layoqatli tovarlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan tarzda o’zgartirish;
Ishlab chiqaruvchilarning o’z mehnatlari natijallaridan manfaatdorligini ta’minlash;
Resurslardan oqilona, tejab-tergab foydalanish;
Xodimlar malakasini oshirish va yetuk mutaxasislar tayyorlash;
Ishlab chiqarish intensivligini ta’minlaydigan texnologiyalarni qo’’lash;
Ishlab chiqarishni to’g’ri jotylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.
Modernizasiyalsh- mahsulotlarning raqobatbardishliligini oshirish maqsadida texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirish. U inglizcha “modern” so’zidan olingan bo’lib “yangi”, “zamonaviy” kabi ma’nolarni anglatadi.
Diversifikasiyalash-( lotincha “diversys”- har xil, “facese” qilmoq, bajarmoq) ishlab
9
chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida korxonalar faoliyat sohalarini
kengaytirish, chiqariladigan mahsulotlar turlarini ko’paytirishga qaratilgan jarayondir.
Xarajatlarni kamaytirish va mahssulot tannarxini pasaytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdaa mahalliylashtirish darajasini o’’stirib boorish muhim ahamiyatga ega.
Mahalliylashirish – mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xom-ashyo va materiallardan foydalanishga ustuvorlik berishni anglatib, bu pirovardida nafaqat tannarxni pasaytirish, balki import qilinadigan tovarlar hajmini qisqartirish imkonini ham beradi. Importning qisqarishi sof eksportni ko’paytirish orqali milliy iqtisodiyot samaradorligini o’sib borishiga olib keladi. 2017-2021 yillarda O’zbrkiston Respublikasini rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi” da ishlab chiqarishning mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda eng avvalo iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish xisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo’nalishi sifatida qaraldi.

10


Download 78.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling