Mavzu: Bolalarni shifoxona sharoitida ovqatlantirishni tashkil qilish Bolani ovqatlantirish usullari


Download 52.28 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi52.28 Kb.
#1183679
Bog'liq
Kamoldinova


Mavzu: Bolalarni shifoxona sharoitida ovqatlantirishni tashkil qilish
Bolani ovqatlantirish usullari:

  • Bolani ko`krak suti bilan ovqatlantirish

  • Ko`krak sutini saqlash

  • Qo`shimcha ovqat va uning berish qoidalari

  • Aralash ovqatlantirish Sun`iy ovqatlantirish

Ilk yoshdagi bolalar organizmining fiziologik, morfologik, biokimyoviy xususiyatlariga to‘la mos keladigan ozuqa – ona sutidir. Faqat ona suti bilan boqilayotgan ko‘krak yoshidagi bolalar sun’iy va aralash ovqatlanayotgan bolalarga nisbatan 2,5 marta kam kasallanishar ekan. Bu ona suti tarkibidagi immunoglobulin A ga bog‘liq. Immunoglobulin A bola organizmining infeksiyalarga nisbatan qarshiligini oshiradi. Bolaga beriladigan ovqat tarkibi o‘zining sifati va miqdoriga nisbatan go‘dak oshqozon-ichak tizimining o‘ziga xos xususiyatlariga hamda moddalar almashinuvi jarayoniga mos bo‘lishi kerak.
Qo`shimcha ovqatlantirish
Qo'shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi, lekin bola buni istamasa-chi? U holda shoshilmaslik ayni muddao. Aslida 1 yoshgacha bola o'ziga kerakli barcha vitamin va mikroelementlarni ko'krak sutidan yoki smesdan kerakligicha oladi. Shuning uchun bola yaxshi rivojlanib, vazni kerakligicha oshib, o'zini yaxshi his qilayotgan bo'lib, qo'shimcha ovqatdan bosh tortsa, bundan havotir olmang. Demak hali erta. Vaqti kelib, albatta qo'shimcha ovqat yeyish istagi paydo bo'ladi. Lekin kuch bilan bola istamagan holda unga qo'shimcha ovqat yedirish jismonan ham, ruhan ham bolaga hech qanday foyda keltirmaydi. Olti oyda yeyishni istamayotgan bo'lsa, ozgina vaqt kutib keyin yana harakat qilib ko'ring. Ba'zi bolalar meva yeyishni hush ko'rsalar, ba'zilari sabzi va kartoshka kabi sabzavotlarni hush ko'radilar.

SUN`IY OVQATLANTIRISH
Sun'iy ovqatlantirishda bola ko'krak suti o`rniga sutli aralashma bo'ladi. Sun'iy ovqatlantirishda aralash ovqatlantirishdek sut aralashmalari beriladi. 2 oygacha bolani 7marta har 3soat beriladi. 2 oydan 4 oygacha 6 marta har 3,5soatda. 4 oydan yuqori 5 marta har 4 soatda ovqatlantiriladi.
Aralashma turi, massasi va tezligi shifokor tomonidan belgilanadi. Sun'iy ovqatlantirishda ovqat miqdori hamshira tomonidan ovqatlanish varog`iga kiritiladi, bu har bir bolada bo'ladi. Ovqatlanish uchun toza idishlar ishlanadi.

Download 52.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling