Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 23.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqHISOBOT AMALIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisoboti
- Ilmiy amaliyot rahbari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI INGLIZ TILI KAFEDRASI 70230203 - Badiiy tarjima (Ingliz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Maxmudova Bibirayxon Begbuta qizi Ilmiy-amaliyot (stajirovka) bo‘yicha Hisoboti Pedagogik amaliyot rahbari: Prof.Ravinder G Magistrant: Maxmudova B.B Samarqand-2023 UMUMIY MA’LUMOT Hisobot topshiruvchi 2021-yil oktabr oyidan boshlab ingliz tili kafedrasining magistranti sifatida ta’lim olmoqda. Ilmiy tadqiqot mavzusi: “The problems of studying equivalences in the English translation titled “Starry Nights” by I.M.Tukhtasinov at al from Pirimkul Kadirov’s Uzbek novel “Yulduzli Tunlar”” Ilmiy rahbar: Professor Ravinder Gargesh Ilmiy amaliyot muddati: 2023-yilning 20-fevralidan 25-martgacha Ilmiy amaliyot o‘talgan tashkilot: Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Tarjirna nazariyasi va arnaliyoti kafedrasi Ilmiy amaliyot rahbari: Qo’ldoshev O’.O’. Amaliyot o‘talgan tashkilot rahbari: To’xtasinov I.M. 2023-yilning 20-fevraldan 25-martiga qadar Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Tarjirna nazariyasi va arnaliyoti kafedrasida amaliyot olib bordim. Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Tarjirna nazariyasi va arnaliyoti kafedrasi da olib borilgan 5 haftalik ilmiy-amaliyot davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi: 20-fevraldan 25-fevralga qadar birinchi haftalikda Ilmiy amaliyot (stajirovka) jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, o‘quv-uslubiy ishlar rejasi va bu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandim. Ilmiy amaliyot (stajirovka) rejasi bilan to‘liq tanishib, mutaxassislar nazoratida o‘tiladigan tajribaga tayyorgarlik ko‘rdim va amaliyot o‘tadim. Ilmiy amaliyot (stajirovka) davomida bajariladigan tadqiqot ishlarida magistrlik dissertatsiyalari bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratib, o‘z ilmiy ishimni davom ettirdim. DTPIning axborot-kutubxona markazining tartib-intizom qoidalari, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishib chiqdim hamda to‘liq rioya qildim. 20-fevradan 7-martga qadar ilmiy amaliyot (stajirovka) rahbarim bilan Yozma tarjima, Tarixiy obidalar, sinxron tarjima, Ketma-ket tarjima darslariga kirib dars jarayonlari bilan tanishib chiqdik, kutubxona fondida bo‘lgan o‘zimizga tegishli manbalar miqdori bilan tanishdik. Dissertatsiyaga tegishli bo‘lgan manbalar bazasini yaratdik, manbalarni izlash usullarini o‘rgandik; 8-martdan 13-martga qadar ilmiy-kutubxonadagi badiiy asarlar fondi, u yerda mavjud ilmiy adabiyotlar bilan tanishib, ulardan o‘rganib chiqdim. Shu bilan birgalikda, kompyuterxonalardan kerakli ma’lumotlarni, saytlarni topish bo‘yicha ham izlanishlar olib bordim va elektron bazalardagi manbalardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldim. 13-martdan 18-martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i davomida o‘zbek tili va ingliz tilida yozilgan jurnal hamda maqolalardan mavzuyimga mos maqolalarni o‘rganib chiqdim. Mavzu doirasidagi ilmiy-adabiy tanqidiy maqolalar bilan tanishdim. Dissertatsiyamga oid ma’lumotlarni topishga harakat qildim; Ilmiy-amaliy kutubxonada saqlanayotgan ilmiy asarlar tahlil qilindi; Milly o‘quv dasturi doir turli tadbirlar, ma'naviy-tarbiyaviy ishlar o‘tkazilish jarayoni va ularni tashkil etish ko‘nikmalari bilan tanishib chiqdim; Ilmiy tadqiqotim borasida 1ta maqola respublika ilmiy konferensiyasiga taqdim etildim. 23-martdan 25-martga qadar bo‘lgan oxirgi hafta davomida malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash, hisobotga qo‘shib topshiriladigan hujjatlar, hisobotni taqdimot shaklida himoya qilishga tayyorgarlik bilan shug‘ullandim. Umuman olganda, ilmiy amaliyot davomida menga yuklatilgan topshiriqlarga asosan, ingliz tili darslar, badiiy tarjimalar va frazeologik lug‘atlar bilan yaqindan tanishib, dissertatsiyamning ma’lum qismini tugatdim va o‘zim uchun tajriba hosil qildim. Download 23.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling