Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda


Download 0.56 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1151368
Bog'liq
Tojiboyev Aziz

Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda

Tojiboyev Aziz BDA-91

Reja:

  • Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va turlari
  • Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi

Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va turlari

Ishlab chiqarish xarajatlari tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha iqtisodiy resurs sarflarini anglatadi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.

Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarfxarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.

Jalb qilinish manbaiga ko‘ra xarajatlarining turkumlanishi


Ishlab chiqarish xarajatlari
Tashqi xarajatlar
Ichki xarajatlar
Ishchi kuchiga sarflar
Xomashyo xarajatlari
Bank-tijorat xizmatlari uchun sarf-xarajatlar
Transport-aloqa xizmatlariga xarajatlar
Yonilg’i-energiyaga xarajatlar
Mashina-uskuna amortizatsiyasi
Qarz pul mablag’lari va ular uchun foizlar
Me’yordagi foyda
Bino-inshoot amortizatsiyasi
Ijara haqi

Кorxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli, ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozor narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan to‘lov-normal (me’yoridagi) foyda ham, renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga qarab xarajatlarni turkumlash


Umumiy xarajatlar
Doimiy xarajatlar
O’zgaruvchi xarajatlar
  • Korxona to’lov majburiyatlari
  • Soliqlar
  • Amortizatsiya ajratmalari
  • Ijara haqi
  • Qo’riqlash xizmati xarajatlari
  • Boshqaruv, xodimlar maoshi va boshqalar
  • Xomashyo
  • Material
  • Yonilg’i
  • Transport xizmati
  • Ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun xarajatlar

Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. Mahsulot narxiga qo‘shilish xarakteriga ko‘ra to‘g‘ri va egri xarajatlar farqlanadi:


To’g’ri xarajatlar
Egri xarajatlar
Bevosita tannarxda aks etib, mahsulot narxi tarkibiga kiradi
Tannarxda aks etmaydi va mahsulot narxiga ustama hisoblanadi

Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi

Кorxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotdan olingan yalpi pul tushumi unga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Кorxonalarda mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Кorxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deyiladi.

Кorxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi

Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki usulidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.


– foyda normasi
foyda massasi
– iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari
– foyda normasi
– foyda massasi
– korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati

E’tiboringiz uchun rahmat!

25.04.2022


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling