2.Xarajatlarning tasniflanishi
Xarajatlarni tasniflashni ko`plab usullari mavjud, tashkilotlarda eng ko`p foydalaniladigani quyidagilar:
Boshqarish funksiyasiga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari;
Ular xom ashyoni tayyor maxsulotga aylantirish uchun fabrikada sarflanadigan xarajatlardir. U ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallarning narxini yoki to`g`ridan to`g`ri mehnat va umumiy zavod xarajatlarini o`z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;
tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);
energiya va yoqilg’ining hamma turlari;
materiallarning tabiiy kamayishi.
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:
bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;
qo’shimcha to’lovlar;
ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:
ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;
nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar.
Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi:
asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar:
ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar;
ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;
asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;
o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar;
ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |