Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish


Download 355.43 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi355.43 Kb.
#1399789
Bog'liq
boshqaruv hisobi

Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish

Bizga ma’lumki, har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining faoliyatidan kelib chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqadi va unda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usulini belgilaydi. Demak, yuqorida yoritilgan usullarning qaysi birini qo’llash uning texnologik jarayoni, mahsulotining turlari, tarmoq xususiyati va tashkiliy tarkibiga bog’liq.

Хarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subyektlarda qo’llaniladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtma usulini joriy qilish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Ushbu usulni joriy qilishning asosiy sharti bu tegishli buyurtmaga asosan yoki bitta ayrim olingan mahsulotni yoki ushbu mahsulotlarning guruhini ajratish imkoniyatini yaratish va ishlab chiqarilgan har bir mahsulot yoki bajarilgan ishning o’rtacha emas, balki yakka holdagi tannarxi to’g’risida ma’lumotlarni olish sharoitini tug’dirishdir. 

Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi bir necha variantlar bo’yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.

Nazorat schyotlari- bu xarajatlar va ular bilan korrespondensiyada bo’ladigan schyotlarni moliyaviy hisobning odatdagi tartibida ochilishini ko’zda tutuvchi schyotlar tizimi hisoblanadi. Хarajatlarning analitik schyotlari xarajatlar to’plami kartochkalarida ko’rsatilgan- ularda to’g’ri xarajatlar umumlashtiriladi. Egri xarajatlarni esa taqsimlash hisoblari bo’yicha hisobot davri tugagandan so’ng kiritiladigan "buyurtmalar kartochkalari"da hisobga olib boriladi. Kartochka buyurtmada ko’rsatilgan hamma ishlar bajarilgandan so’ng yopiladi. Hamma buxgalterlik yozuvlar qaydnomalarga qayd qilinadi, natijalar bosh kitob schyotlariga o’tkaziladi.

Shartnoma bo’yicha kalkulatsiya tizimi qo’llanilganda bu tizim uchun o’rnatilgan prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi, ya’ni: shartnoma bajarilishining erta davrlarida foydani hisoblamaslik- bu daromad va xarajatlarni baholashning past ishonchliligi; ziyrak bo’lish- hisobot davrida aniqlangan zararlar shu davrda realizatsiya qilingan ishlarning tannarxiga kiritilishi kerak. agar zararlar kutiladigan bo’lsa, unda ularning summasi realizatsiya qilingan mahsulotning tannarxiga zararlar ehtimoli aniqlangandan so’ng kiritiladi. Masalan, ta’til summalarini to’lash bilan bog’liq ishchilar ta’tili va qo’shimchalarni to’lash uchun zaxira yaratiladi. 35-85% atrofida bajarilgan shartnomaga ketgan anchagina xarajatlarga ziyrak bo’lish kerak. Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Har Bir subyektda xarajatlarni hisobga olishning usulini tanlash ushbu subyektning tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lekin umumiy taklif sifatida ushbu xarajatlarni hisobga olishning me’yoriy hisobini tashkil qilishning uchta turini ajratish mumkin:

A. Me’yoriy xarajatlar bo’yicha hisobga olish. Ushbu usulda sarflangan haqiqiy xarajatlar quyidagi ko’rinishda aniqlanadi: Me’yoriy xarajatlar ± me’yordagi xarajatlardan chetga chiqish = haqiqiy xarajatlar.

Ushbu tartibda buxgalteriya hisobida moddiy qiymatliklarning harakati belgilangan me’yorlar bo’yicha baholanishi shartidan kelib chiqiladi. Ushbu faoliyat jarayonida aniqlangan chetga chiqishlar ro’yobga chiqish holatida yig’ilib boriladi va hisobot davrining oxirida me’yordagi xarajatlarning hajmiga qo’shiladi.

V. Haqiqiy va me’yordagi xarajatlarni bir yo’la hisobga olish. Ushbu usul ishlab chiqarishdagi xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ikki bahoda: haqiqatda yig’ilgan xarajatlar bo’yicha; haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning hajmiga sarflangan me’yoriy xarajatlarning miqdorida yoritishni nazarda tutadi.

Aralash usulda hisobga olish. Ushbu usul ikkita yo’l bilan hisobni yuritishni nazarda tutadi. Birinchi yo’l. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning amaliyotida keng tarqalgan va mamlakatimizda ham qo’llanishi tavsiya qilingan. Lekin hisobot davri davomida jami chetga chiqishni aniq darajada hisobga olish imkoniyati mavjud emas. Hisobot oyining oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning me’yoriy tannarxi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning me’yordagi hajmi bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning me’yoriy tannarxining farqi ko’rinishida aniqlanadi. Natijada oy davomida yoki boshqa hisobot davrida hisobga olinmagan chetga chiqish summasi hisobot davrining oxiridagi ishlab chiqarishning qiymatida qo’shiladi

Ikkinchi usul. Asosiy xarajatlar bo’yicha tasdiqlangan me’yorlarga rioya qilish ustidan kundalik nazoratni o’rnatishni nazarda tutadi. Hisobot davri davomida me’yordan chetga chiqish bo’yicha olingan ma’lumotlar buxgalteriya hisobining tegishli registrlarida umumlashtirilmaydi va schyotlarda qayd qilinmaydi.

Etiboringiz uchun rahmat


Download 355.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling