Mavzu: Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish
Download 10.65 Kb.
|
Kurs ishim 2kurs
Mavzu: Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish I.Kirish. II.Asosiy qism. 1.Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish. 2.Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari. 3.Korxonada ishlab chiqarish dastagini samarasini aniqlash tartibi. III.Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar. V.Ilovalar. Kirish Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi. Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida ishlab chiqarish. resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ishlab chiqarishni tashkil etish eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chiqarish grafiginit buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va bunda namoyon boʻladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.Ishlab chiqarishni tashkil etish xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, ishlab chiqarishning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-texnik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, ishlab chiqarish boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari ham Ishlab chiqarishni tashkil etishga kiradi. U mahsulot ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, ishlab chiqarish. boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot i.ch.ning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni minimal sarflash hisobiga ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish imkoniyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil etishdir. Ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.Ishlab chiqarishni tashkil .etishning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va ishlab chiqarishni kombinatsiyalash orqali yangi ishlab chiqarishni tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, ishlab chiqarish uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy ishlav chiqarish majmualari darajasida Ishlab chiqarishni tashkil etish ) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.Ishlab chiqarishni tashkil etishning xususiyatiga koʻra, potokli (ishlab chiqarishning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish o'rni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot kuplab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda namoyon boʻladi) va partiyalab, toʻp-toʻp qilib ishlab chiqarish(potokli va yakka tartibda mahsulot ishlab chiqarishni ham oʻzida mujassam etadi) koʻrinishlari bor. Ishlab chiqarishni tashkil etishda ishlab chiqarish sikli davomiyligini vaqt jixatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda texnikadan unumli foydalanish va ularni oʻz vaqtida sifatli qilib taʼmirlash Ishlav chiqarishni tashkil etishning muhim vazifasiga aylangan. Ishlab chiqarish Download 10.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling